Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Xalq hikmati


97
Ikkinchi hikoya
Aziz ukalarini qanday ish bilan band qilishni o‘ylab, 
oxiri ularga dedi: 
– Shu ham multfilm bo‘libdimi? Unda shahzodalar 
hech qanday qahramonlik ko‘rsatmaydi. Mana men zo‘r 
ertak bilaman, xohlaysizlarmi men uni sizlarga aytib be-
raman.
«Qadim zamonda bir podshohning go‘zallikda tengi 
yo‘q qizi bo‘lgan ekan"
– Xuddi Oppog‘oyimdekmi? – so‘radi singlisi.
– Yo‘q undan ham chiroyli, — deb javob berdi akasi. 
– Keyinchi, keyin nima bo‘libdi, – deb savol bera bo-
shladi ukasi. 
– Jim o‘tirib eshitsangiz aytaman, – dedi Aziz.
"Podshoh qizini turmushga bermoqchi bo‘libdi. 
Uning qo‘lini so‘rab kelgan shahzodalar, alpqomat yi-
gitlar juda ko‘p ekan. Shunda podshoh "Kimda-kim, du-
nyodagi eng noyob narsani topib keltirsa, shu yigitga 
qizimni beraman",– deb e’lon qilibdi.
Shu mamalakatda uch aka-uka yashar ekanlar, ular 
«qani bir baxtimizni sinab ko‘rayilikchi», – deb yo‘lga 
chiqishibdi. Aka-ukalar bir vaqt yo‘l uchga ayriladi-
gan joyga yetib kelishib, har birlari o‘z omadlarini si-
nab ko‘rish uchun uch tomonga tarqalib ketishibdi. 
Katta aka tog‘ oshib, dara oshib, hind mamlakati aho-
lisini yalmog‘izdan qutqaribdi. Mamlakat podshohi 
unga qimmatli narsalar sovg‘a qilib, o‘z mamlakatida 
IJODIY FAOLIYAT
O‘zbek xalq ertaklari g‘arb ertaklaridan nimasi bilan farq qiladi?
Siz ukalaringizga qanday ertaklar aytib bergan bo‘lardingiz?


98
qolishini taklif qilibdi. U esa dunyodagi eng 
noyob narsani qidirib yo‘lga chiqqanini ay-
tibdi. Shunda podshoh unga «Oynai jahon»ni 
sovg‘a qilibdi. Unga bir qaraganda, dunyoda-
gi barcha voqyea-hodisalarni ko‘rish mumkin 
ekan. Shunda katta aka «Men eng noyob nar-
sani topdim», — deb o‘ylab orqasiga qaytibdi. 
O‘rtancha o‘g‘il Chin yurtiga boribdi. U yurt-
da bir ajdaho odamlarning tinchini buzayotgan 
ekan. U ajdaho bilan uch kecha-yu uch kunduz 
olishibdi va nihoyat uni yengibdi. Shu yurtning 
podshohi unga ko‘p sovg‘alar beribdi. Ular-
ning orasida "Uchar gilam" ham bor ekan. 
O‘rtancha o‘g‘il, podshohning sovg‘alarini 
olib, gilamiga o‘tirib uyiga qarab uchibdi.
Endi gapni kenja botirdan eshiting. Ken-
ja botir borgan yurt Xuroson deb atalar ekan. 
Xuroson yurtiga bir dev hujum qilib, yurtni 
vayron qilayotgan, katta bir vodiyni egallab, 
undagi obi-hayot qudug‘ini ko‘mmoqchi bo‘lib 
turgan ekan. Kenja botir vaqtni o‘tkazmay, dev 
bilan olishuvga chiqibdi. Yetti kecha-yu yetti 
kunduz olishibdi. Oqibat devni yengibdi. Vodiy 
aholisini devdan qutqaribdi. Odamlar kenja 
botirga ham sovg‘alar berishibdi. Uning suv 
idishiga obi-hayot suvidan to‘ldirib, «Kimda-
ki, shu suvdan ichsa, kasal bo‘lsa, sog‘ayadi, 
o‘layotgan bo‘lsa, tiriladi», deb tayinlashibdi.
Ikki katta aka kenja botirni yo‘l uch-
ga ayriladigan joyda kutishibdi. Lekin, u 
hali uzoqroqda ekanligini sehrli oyna orqali 
ko‘rib, uchar gilamga o‘tirib, kenja ukala-
rining oldiga uchib borishibdi. Hammalari 
sog‘-omon ekanliklaridan xursand bo‘lishibdi. 
Ular bir-birlariga qo‘lga kiritgan o‘ljalari-


99
ni ko‘rsatishibdi. Oyna orqali malikaning 
holidan xabar olishmoqchi bo‘lishib-
di. Shunda ular malika og‘ir betobligi-
ni, u qattiq uyquga ketgan-u hech kim 
uni uyg‘ota olmayotganlini bilishibdi. 
Aka-ukalar gilamga o‘tirib, podshohning 
saroyiga uchib boribdilar».
– Endi malikani kim o‘padi? deb 
so‘rabdi singlisi.
Aziz singlisiga: – malikalarni sen 
ko‘rgan multifilmlardagidek o‘pish bu 
axloqsizlik, uyat bo‘ladi, – deb fikrini davom ettiribdi. 
«Malikaning oldiga begona yigitlarning yaqinlashi-
shi beodoblik hisoblangani uchun aka-ukalar obi-hayot 
suvini malikaning yaqinlariga berishibdi. Ular suvdan 
malikaning og‘ziga tomchilatib quyishibdi va uning 
yuzlarini yuvishibdi. Malika esa bir aksa urib, o‘ziga 
kelibdi. Podshoh agar mening uchta qizim bo‘lganida 
har biringizni kuyov qilgan bo‘lardim, endi u yog‘ini 
o‘zingiz hal qilinglar debdi. Kichik o‘g‘il, «agar oyna 
bo‘lmaganida biz malikaning holini bilmas edik, unga 
siz uylaning», debdi katta akasiga. Katta o‘g‘il bo‘lsa, 
«yo‘q, agar gilam bo‘lmaganida biz bu yerga yetib 
kela olmagan bo‘lardik, sen uylanaqol», debdi o‘rtan-
cha ukasiga. O‘rtancha o‘g‘il bo‘lsa, "Agar obi-hayot 
bo‘lmaganida oyna ham gilam ham foyda bermas edi. 
Agar malika rozi bo‘lsa kenja ukamizga turmushga 
chiqsin", deyishibdi. Malika rozi bo‘libdi. Podshoh to‘y 
qilib qizini kenja botirga uzatibdi. Ular murod-maq-
sadlariga yetishibdi».
– Aka, yana qachon shunday ertaklardan aytib bera-
siz, — so‘radi singlisi.
– Agar odobli bo‘lsangizlar, har kuni aytib beraman, 
— deb javob berdi Aziz.


100

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə