Dinlari tarixi


Muhammad  Nurulloh Saydo



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Muhammad 
Nurulloh Saydo 
Jazariy


95
MA’LUMOT 
UCHUN 
«Axborotlar 
urushi» iborasini 
ilk qo‘llagan fizik 
olim Tomas Roi 
hisoblanadi. U 
1976-yili ushbu 
masalaga barcha 
mas’ul kishilar 
e’tiborini qaratdi.
ga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etadilar. Har safar 
jangarilar tomonidan chiqarilgan videolavha avvalgisi
-
dan farq qiladi. Bunday lavhalar xalqaro jamoatchilikka 
qanday ta’sir etishini ko‘rib, kuzatib, shunga yarasha ish 
tutadilar. 
Shuning uchun global tarmoqdan oqilona foydala
-
nishni o‘rganish lozim. Buning uchun axborot olish va 
uzatish, internetdan foydalanish madaniyatiga rioya qi
-
lish zarur. Faqat shundagina globall tarmoqqa qo
‘yilgan 
«o
‘rgimchak to‘riga
» 
tushib qolmaysiz.
Qoshimcha o‘qish uchun
Quyidagi hayotiy voqeani o‘qing. Inter-
netga mukkasidan ketish va undan oqilona 
foydalanmaslik qanday ayanchli oqibatlarga 
olib kelishi mumkinligini muhokama qiling.
«Men Moskva shahriga ishlash maqsadida borgan 
edim. Bo‘sh vaqtlarimda internet saytlarga kirishni 
odat qildim... Asta sekin ijtimoiy tarmoqda tashkil etil
-
gan turli guruhlarga a’zo bo‘la boshladim. Bu guruhlar orqali bir qancha yangi 
do‘stlar orttirdim. Bu «do‘stlarim» meni o‘zlaricha dinning turli ahkomari bi-
lan tanishtira boshladilar. 
Keyinchalik esa, Moskva shahrida bir necha yangi «birodarlar» bilan tanish-
dim... Internet imkoniyatlarini ishga solib, Pokiston, Afg‘onistondagi jangarilar 
lagerlarida bo‘ladigan suhbatlarni va Suriyadagi mojarolar tushirilgan video-
lavhalarni ko‘rdim. Men negadir ularning ishlariga o‘ta qiziqish bilan qarar
-
dim.
Moskvadan uyga qaytayotganimda oila a’zolarim va do‘stlarimga ham 
tanish tirish, o‘rgatish maqsadida o‘zim bilan birga fleshkaga yozilgan ma’ru
-
zalar, internetdan olingan videolavhalarni ham olib keldim. Ming afsuski, men 
xorijda yurib, Internetda topganlarim quruq sarob, buzg‘unchi ma’lumotlar 
ekanini, «birodarlar» menga tushuntirgan narsalar haqiqiy islom dinidan butkul 
uzoq, tagi puch gaplar ekanini kech anglab yetdim».

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə