Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

 TARIXGA NAZAR
1920-yillarning oxirida sho‘rolar tuzumining ateizmga asoslangan 
diniy siyosati keskin tus olgan. 1929-yilning aprel oyida RSFSR Xalq Ko
-
missarlari kengashining «Diniy uyushmalar haqida»gi qarori qabul qilin
-
gan. Unga ko‘ra, diniy uyushmalarga yig‘in o‘tkazish, muqaddas ziyoratlar 
uyushtirish, xayriya bilan shug‘ullanish, kutubxonalar ochish kabi faoliyat-
lar man etilgan. Kommunistik (b) partiya Markaziy Kengashining 1929-yil 
29-iyunida o‘tkazilgan XI plenumida «Musulmon ruhoniylari va maktabi 
to‘g‘risida»gi qarorida «Islom boshqa dinlar kabi sotsialistik madaniyat va 
proletariat g‘oyalari rivojlanishi hamda mustahkamlanishi, umuman, sot-
sializm qurilishi yo‘lidagi katta g‘ovdir», deb ta’kidlangan.
Buxoro 
yahudiylari 
kongressi
Maqsadimiz – tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot.


108
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI
O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) 1995-yil-
ning dekabr oyida tashkil etilgan. Bugungi kunda O‘MI 
tarkibiga respublikada rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan hol-
da faoliyat ko‘rsatayotgan 2045 ta masjid, to‘qqiz
-
ta mad rasa – o‘rta maxsus islom bilim yurti, Toshkent 
islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy 
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va «Movarounnahr» 
nashriyoti kiradi. 
 TARIXGA NAZAR
1943-yilning 20-oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va 
Qozog‘iston ulamolarining 1-Qurultoyi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘rta Osiyo 
va Qozog‘iston musulmonlarining Diniy boshqarmasini tuzish haqida 
qaror qabul qilingan. Diniy boshqarmaga rahbar va muftiy etib Eshon 
Boboxon saylangan. Diniy boshqarma tarkibiga mintaqadagi beshta 
respublika — O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va 
Qozog‘istonda qozilar rahbarlik qiladigan Diniy boshqarmaning vakil
-
liklari kiritilgan.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə