Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

MA’LUMOT UCHUN
Komil narsa 
ortiqchalikni 
ham, kamchilik-
ni ham qabul 
etmaydi.
Abu Rayhon 
Beruniy
Qozog‘istonda musulmon (2517 ta diniy tashkilot) va pravoslav (323) 
diniy jamoalari yetakchi o‘rinlarda boryapti. Ular mamlakatdagi e’tiqod qi
-
luvchi aholi qatlamining 95% ni tashkil qiladi.
Turkmanistonda 99 ta 
diniy tashkilot islom dinining sunniylik yo‘na-
lishi, 5 tasi shia oqimi, 13 ta rus pravoslav cherkoviga (3 tasi Ashxabod 
shahrida joylashgan) va 11 tasi boshqa din vakillariga (Katolik cherko
-
vi – 1 ta, Krishnani anglash jamoasi – 1 ta, Bahoiylar – 1, Baptistlar – 1, 
Pyatidesyatniklar – 1, Velikaya blagodat – 1, Yettinchi kun adventistlari – 
1 ta va Yangi apostol jamoasi – 1 ta) tegishli.Tojikistonda taxminan 3000 
dan ziyod masjidlar mavjud. Shuningdek, Rus pravoslav, Yevangel xris-
tian-baptistlar, Rim-katolik, Yettinchi kun adventistlari, Yevangel lyuteran, 
Iegovo shohidlari cherkovlari, bahoiy, zardushtiylik, yahudiy diniy jamoa-
lari kabi noislomiy diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan.


104
Bunday sektalar ayrim insonlarning jismoniy va ruhiy 
ojizligi, va tushkunlik holatidan chiqishga bo‘lgan intili
-
shlaridan o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydala
-
nadilar. Natijada 
adept – sektalarga a’zo bo‘lganlar
dan 
o‘zlarining manfaatlari uchun xizmat qildiradlar. 
Hozirda diniy ta’limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni 
davr talabiga moslashtirish, modernizatsiya qilish jarayo
-
nini kuzatish mumkin. Masalan, Rim Papasi O‘rta asrlar-
da cherkov tomonidan amalga oshirilgan inkvizitsiya va 
salb yurishlari xato bo‘lganini tan olib rasman kechirim 
ham so‘radi. 1992-yilda Papa Ioann Pavel II o‘z paytida 
Galileo Galileyning haq bo‘lganini tan olib, barchadan 
uzr so‘ragani ham bunga misol bo‘la oladi. 
Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish hududida 
jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini ta’kidlash zarur. 
O‘tgan asrda, asosan, xristianlar yashab kelgan Yevropa-
da bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar is
-
tiqomat qilmoqdalar. 
Jumladan, Buyuk Britaniyada – 3 million, Germaniya-
da – 5 million, Fransiyada – 6-7 million islomga e’tiqod 
qiluvchi fuqarolar yashamoqda. 
Aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga 
e’tiqod qilib kelgan o‘lkalarda xristianlikni yoyishga in
-
tilish kuzatilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra xristian
-
likning o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi. 
Germaniya
Moskva
Fransiya
London
MA’LUMOT UCHUN
Birlashgan millatlar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yil-
lik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar mu
-
sulmon aholi soni Shimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda 
– 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga 
ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 
4,73 foizga kamaygan. 


105
Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini 
O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayot-
gan diniy konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. 
Xristianlikka mansub bo‘lsa-da, yurtimizdagi 11 ta yo‘na-
lishning har biri o‘zini alohida diniy konfessiya, deb hi-
soblashi fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Sharja
Quddus
Avstraliya

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə