Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

DUNYODAGI KONFESSIONAL
O‘ZGARISHLARNING SABABLARI
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas 
bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara yildan-yilga 
o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’ana-
viy ko‘rinishlari doirasidan chiqib borayotganligini ham 
alohida ta’kidlash lozim. 
Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi yo‘na-
lish va sektal paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masa
-
lan, mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asr-
ning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va 
boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. 
Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom etishini 
ko‘rsatadi.
Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalar
-
ning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyati
-
ning jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda. Ular aho
-
lining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning 
yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda, asosan, yoshlar va mod
-
diy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida ish olib borish yo‘li 
bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda
-
lar. Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdo-
U shoir emas, payg‘ambar. Undagi 
Qur’on – inson tomonidan ermak uchun yoki 
barchaga umumiy ma’lumot berish uchun 
yozilgan kitob emas, balki u ilohiy qonundir.
Iogann Volfgang fon Gyote. 
G‘arb 
muallifining Sharq haqidagi devoni
.
Londonda ibodat 
marosimlari


103
shlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik 
qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan 
voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining 
qattiq nazorat qilinishi ular faoliyatidan jamoatchilikning 
bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda. 
Ugandadagi 
«Oxirat kuni»
sektasi boshliqlarining fao
-
liyati bunga misol bo‘ladi. Oxiratni 1999-yilning 31-de-
kabriga «belgilagan» ushbu sekta rahbarlari o‘z tarafdor-
larini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga 
berishga va shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga 
chaqirgan. 
Qiyomatning 2001-yil 1-yanvarga «ko‘chi-
rilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishi-
ga olib kelgan.
Shundan so‘ng rahbarlar Kanungu qish-
log‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini aldab binoga 
qamab, ustilaridan o‘t qo‘yib yuborganlar. Ma’lumotlarga 
ko‘ra, yana to‘rt joyda ommaviy qabrlar topilgan. Bu sek
-
taning qurbonlari 1000 dan ortiq bo‘lgani qayd qilingan. 

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə