115
1990-yillarda sobiq sotsialistik lager parchalanib ke
-
tishi munosabati bilan Sharqiy Yevropa va sobiq So
-
vet Ittifoqi hududida vujudga kelgan mustaqil davlatlar
G‘arb mamlakatlarida joylashgan turli protestant ja-
moalarining o‘ta faollashuvi kuzatildi. Mahalliy aholi
uchun an’anaviy bo‘lmagan diniy jamoa targ‘ibotchila-
ri jamiyat va davlat oldida ijtimoiy totuvlikni saqlash
bo‘yicha hech qanday mas’uliyat olmagan va his etma
-
gan holda faqat o‘z safini kengaytirish bilan mashg‘ul
bo‘lgan. Masalan, Rossiyaning o‘zida 2000-yillarning
oxirida 4,5 mingdan ziyod protestant cherkovi rasmiy
ro‘yxatdan o‘tgan.
Bugungi kunga kelib,
Ukraina xristian missionerlik
tashkilotlarining MDH davlatlari ichidagi eng yirik
qo‘nimgohiga aylandi.
Mazkur mamlakatning qonun
-
chiligida chet elliklar uchun vizasiz kirish imkoniya-
ti berilgan. Shuningdek, diniy tashkilotlarga xorijdan
mustaqil xayriya yordamlarini olib, tarqatish ham ruxsat
etilgan. Diniy targ‘ibotga cheklovlar qo‘yilmaganligi
yangi diniy konfessiyalar, ayniqsa, yevangelchi protes
-
tant jamoalariga keng imkoniyatlarochib berdi.
Bir millatga mansub, bir tilda gaplashuvchi, umumiy
tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan fuqarolarni diniy
omil asosida bo‘lib tashlashga qaratilgan harakatlarni
mazkur jamiyat uchun tahdid sifatida baholash mumkin.
Noan’anaviy diniy jamoalar konfessiyalararo nizo-
lar chiqishi mumkinligini ham hisobga olmay o‘z safini
kengaytirishga harakat qilishi og‘ir oqibatlarga olib ke
-
ladi.
Masalan, Afrika va Osiyo mintaqasidagi qator
mamlakatlarda missionerlik va prozilitizm tub aholining
diniy tarkibidagi muvozanatni buzishi oqibatida turli din
vakillari orasida doimiy ravishda mojarolarning kelib
chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Baxtni
birovlarning
ostonasidan
qidirishning o‘zi
baxtsizlikning
boshi.
Dostları ilə paylaş: