126
viylik, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik
tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlikla-
ridan dalolat beradi. Bunday holatni hozirgi O‘zbekis-
tondagi islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa
konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari misolida ham
ko‘rish mumkin.
Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatimizda
millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik soha-
sida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat
hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-er-
kin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. Bugungi
voqyelik buning yorqin isbotidir.
Konstitutsiya asosida qabul qilingan «Vijdon erkinli
-
gi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq,
«Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totu-
vlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi din
-
dorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar
(prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missio
-
nerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga
aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
javobgarlikka tortiladilar».
MA’LUMOT UCHUN
«Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi»dagi «tolerant» so‘zi
o‘zbek tiliga «bag‘rikenglik» deb tarjima qilinganidan keyin u tilimiz
-
da o‘rnashib qoldi. Rus tiladi «terpimost» so‘zi boshqachasiga aytgan
-
da «sinisxoditelnost», ya’ni bag‘rikenglik, kengfe’llik ma’nolarini an-
glatadi. Diniy soha haqida gap ketganida ruslar «veroterpimost» so‘zini
ishlatishadi. O‘zbek tilida «diniy bag‘rikenglik» iborasi aynan shunga
adekvat hisoblanadi.
«... biror qavm
(kishilari)ni yoq
-
tirmaslik sizlarni
ularga nisbatan
adolatsizlik qili
-
shga undamasin»
Dostları ilə paylaş: