Altar – (lot. «baland») xristian cherkovida ibodatxonaning mehrob
va minbar o‘rnatilgan eng baland qismi.
Apokalipsis (Vahiynoma) – «Yangi Ahd»ning tarkibiy qismi bo‘lib,
uni «Injil» mualliflaridan biri Ioann ilohiy ilhom orqali yozgan, deb
e’tiqod qilinadi.
Aqida – arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma’nosini angla-
tadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.
Vojib – Hanafiy mazhabi ta’limotiga ko‘ra, Qur’oni karimda to‘g‘ri
-
dan-to‘g‘ri buyruq kelmagan holda bajarilishi shart bo‘lgan amallarga
nisbatan ishlatiladi.
Diakon (yunoncha — xizmatchi) – xristian cherkovlaridagi eng quyi
ruhoniylik darajasi.
Yepisko p – (qad. yunon. «nazorat qiluvchi») ko‘p xristian cherkovla
-
rida – oliy ierarx. Barcha arxiereylarning (patriarx, mitropolit, arxiepis-
kop) umumlashgan nomi.
Zakot – (arab. «tozalanish, poklanish») islomning besh ruknidan
biri. Mol-mulk hisobiga (muayyan miqdorga) yetgach, uning qirqdan
biri (2,5 %) kambag‘allar foydasiga sadaqa sifatida beriladi.
Ikona – xristianlikdagi avliyolar portreti tushirilgan rasmlar. Ular
cherkovlarda ibodat buyumi bo‘lib xizmat qiladi.
Indulgensiya – katolik cherkovi tomonidan dindorlarga qilingan
yoki qilinishi mumkin bo‘lgan gunohlarni kechirish haqida beriladigan
guvohnoma.
Kalom – so‘z, nutq ma’nosini bildiradi. Mo‘taziliylar paydo bo‘lgan
-
dan keyin aqida ilmining nomi «kalom» deb atala boshlangan.
Kardinallar kollegiyasi – Rim katolik cherkovidagi oliy kengash.
GLOSSARIY
139
Karomat – (arab. «ulug‘lik, buyuklik») islom ta’limotiga ko‘ra, Al-
loh tomonidan uning do‘stlari – avliyolarga ato etiladigan sehrdan farqli
g‘ayrioddiy qudrat.