134
Farmonga ko‘ra O‘zbekiston
xalqaro islom akade
-
miyasi:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari
bo‘yicha qo‘mita muassisligidagi
Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf,
islom iqtisodiyoti va moliyasi,
xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz,
rus, urdu, turk va b.) va
boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan so
-
halar bo‘yicha malakali
kadrlarni tayyorlashga,
o‘rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi
ta’lim,
malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning
yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur
tadqiq qilish va asrab-avaylashga,
diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan ye-
takchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot
muassasasi hisoblanadi;
respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari
faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan
ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
MA’LUMOT UCHUN
Xalqaro maorif byurosining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya
Arabistoni va Yaman bugungi kunga kelib diniy ta’lim uchun eng ko‘p
o‘quv soatlari ajratiladigan mamla katlar hisoblanadi.
Jumladan, diniy
ta’lim uchun umum ta’lim maktab o‘quv dasturining dastlabki 6 yilida
Saudiya Arabistonida 1458 soat (shu davrgacha bo‘lgan umumiy o‘quv
soatlarining 31 foizi), Yamanda esa 1104 soat (shu davrgacha bo‘lgan
umumiy o‘quv soatlarining 28 foizi) ajratiladi. Ayni paytda, ushbu ko‘rsa
-
tkichlarning boshqa istalgan mamla katdagiga nisbatan uch baravar yuqori
ekanini ham alohida ta’kidlash joiz.
Manba: www.islamcenter.uz
135
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti ma-
blag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan moliyalashtiriladi;
huquq va majburiyatlar bo‘yicha
qayta tashkil eti
-
layotgan O‘zbekiston islom akademiyasining hamda Va-
zirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universite-
tining huquqiy vorisi hisoblanishi belgilab berilgan.
Shuningdek, mazkur farmonga ko‘ra O‘zbekiston
xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim
maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida
sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanish huquqi belgilab qo‘yildi.
Yurtimizda Rus Pravoslav va protestantlikka oid
To‘liq injil xristianlari cherkovlarining diniy semina
-
riyalari ham faoliyat olib bormoqda.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda
islom dini bi
-
lan bir qatorda boshqa diniy konfessiyalarning ta’lim
muassasalari ham faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyatlar
ochildi. Xususan, 1998-yildan Pravoslav hamda Protes-
tant seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi.
136
Rus pravoslav cherkovining Toshkent diniy semina-
riyasi besh yillik muddatga mo‘ljallangan ta’lim muas-
sasasi hisoblanadi. U yerda kelajakda rus pravoslav
cherkovining Markaziy Osiyo mintaqasidagi va boshqa
yeparxiyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan di-
niy xizmatchilar va oliy diniy ma’lumotli mutaxassilar
ta’lim oladilar.
Agar chor Rossiyasi davrida Toshkentdagi diniy se-
minariyalarni hisobga
olinmasa, Toshkent diniy semina-
riyasining tarixi unchalik katta muddatni o‘z ichiga ol-
maydi.
1990-yilda Arxierey rahnamoligida ikki yillik ta’lim-
ga mo‘ljallangan Toshkent diniy bilim yurti ochilgan.
Avvalda hech qanday bazaga ega bo‘lmagan Rus pra
-
voslav cherkovining Toshkent
diniy bilim yurti tezda
oyoqqa turdi. Mashg‘ulotlar uchun joy topildi, doimiy
o‘qituvchilar tarkibi shakllandi,
talabalar esa turar joy
va issiq ovqat bilan ta’minlandi.
1998-yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasi hukuma-
tining sa’y-harakatlari bilan qator binolar, bugungi kun
-
da Svyato-Usnensk soboriga tegishli bo‘lgan hududlar
ajratib berildi. Shundan so‘ng Toshkent va O‘rta Osiyo
yeparxiyasi idorasi to‘laqonli oliy ma’lumotli diniy xiz
-
matchilarni chiqara oladigan
Diniy seminariya tashkil
etildi.
Dostları ilə paylaş: