130
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, jadid
maktablari faoliyati yuzaga keldi. Toshkent, Samarqand,
Qo‘qon shaharlari jadidchilik maktablarining markaziga
aylandi.
1917-yilning boshlarida Turkistonda 100 ga yaqin
yangi usul maktablari faoliyat yuritib, ularda 4 mingdan
ortiq o‘quvchi ta’lim olgan. Bu maktablarda islom dini
asoslari bilan bir qatorda chet tili, fizika, kimyo, mate
-
matika, psixologiya, gigiyena, agronomiya, iqtisod, hi
-
sob-kitob kabi zamonaviy fanlar o‘qitilgan.
Sovet Ittifoqi tuzilgach, din va madrasalarga qarshi
ayovsiz kurash avj oldi. Biroq, Ikkinchi jahon urushi
yillarida sovet davlati o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida
dinga munosabatini bir oz yumshatdi.
1943-yilda Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘is-
ton musulmonlari idorasi (SADUM) tashkil etilib, u
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston,
Tojikiston Respublikalarining diniy tashkilotlari faoliya-
tini muvofiqlashtirish dan iborat bo‘ldi.
1945-yilda Buxoroda Mir Arab madrasasi uzoq yil
-
lik tanaffusdan so‘ng qayta ishga tushirildi. Keyinroq
Toshkentdagi Baroqxon madrasasi faoliyatini boshlab,
1971-yilda u Imom Buxoriy nomli Toshkent islom ins-
tituti nomini oldi. 1990-yilga qadar Sobiq Sovet hudu
-
dida mazkur ikki bilim yurtidan boshqa islomiy ta’lim
TARIXGA NAZAR
Mang‘itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligida ko‘plab yi-
rik inshootlar – Shayx Jalol darvozasi va honaqohi, (18 asr 2 yarmi),
Domullo Tursunjon madrasasi (1796-97), Xalifa Xudoydod ansambli
(1777-1855), Chorminor (1807), Amir madrasasi (XX asr boshlari), Si-
torai Mohi Xosa (19-20 asr boshlari) va boshqa bino va inshootlar barpo
etildi.
«Yevropaga
hayot bag‘ishla-
gan nafaqat
tabiat ilmlari,
balki Islom ma-
daniyati Yevro-
paga ilk nurini
yuborganidayoq
har tomonlama
Yevropaga o‘z
ta’sirini o‘tkaz-
gan edi».
Dostları ilə paylaş: