Dinlari tarixi


O‘ZBEKISTONDA DINIY TA’LIM



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

O‘ZBEKISTONDA DINIY TA’LIM
27-§
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
O‘ZBEKISTONDA DINIY TA’LIMNING
TARIXIY ILDIZLARI 
Vatanimiz tarixida diniy ta’lim uzoq o‘tmishga borib 
taqaladi. Ilk o‘rta asrlardayoq yurtimizda keng miqyos
-
da faoliyat yuritgan madrasalarda diniy bilimlar bilan 
bir qatorda dunyoviy bilmlar ham o‘qitilgan. O‘z davri
-
da madrasalar, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim vazifasini 
to‘laqonli bajargan. 
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlar 
eng yirik ilm markazlari bo‘lib, XV-XIX asrlarda bu 
yerlar butun musulmon olamining oliy ta’lim markazlari 
sifatida tan olingan. 
Podshoh Rossiyasi istilosidan keyingi davrlarda mad-
rasalar faoliyati sustlashdi. Ayrimlari yopilib ham ketdi. 
YAQIN TARIXDA 
XIX asr oxiriga kelib Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, 
Turkiston o‘lkasida esa 348 ta madrasa ro‘yxatga olingan edi.
1. O‘zbekistonda diniy ta’limning tarixiy ildizlari. 
2. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan madrasa va seminariyalar. 


130
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, jadid 
maktablari faoliyati yuzaga keldi. Toshkent, Samarqand, 
Qo‘qon shaharlari jadidchilik maktablarining markaziga 
aylandi. 
1917-yilning boshlarida Turkistonda 100 ga yaqin 
yangi usul maktablari faoliyat yuritib, ularda 4 mingdan 
ortiq o‘quvchi ta’lim olgan. Bu maktablarda islom dini 
asoslari bilan bir qatorda chet tili, fizika, kimyo, mate
-
matika, psixologiya, gigiyena, agronomiya, iqtisod, hi
-
sob-kitob kabi zamonaviy fanlar o‘qitilgan.
Sovet Ittifoqi tuzilgach, din va madrasalarga qarshi 
ayovsiz kurash avj oldi. Biroq, Ikkinchi jahon urushi 
yillarida sovet davlati o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida 
dinga munosabatini bir oz yumshatdi. 
1943-yilda Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘is-
ton musulmonlari idorasi (SADUM) tashkil etilib, u 
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, 
Tojikiston Respublikalarining diniy tashkilotlari faoliya-
tini muvofiqlashtirish dan iborat bo‘ldi. 
1945-yilda Buxoroda Mir Arab madrasasi uzoq yil
-
lik tanaffusdan so‘ng qayta ishga tushirildi. Keyinroq 
Toshkentdagi Baroqxon madrasasi faoliyatini boshlab
1971-yilda u Imom Buxoriy nomli Toshkent islom ins-
tituti nomini oldi. 1990-yilga qadar Sobiq Sovet hudu
-
dida mazkur ikki bilim yurtidan boshqa islomiy ta’lim 
TARIXGA NAZAR 
Mang‘itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligida ko‘plab yi-
rik inshootlar – Shayx Jalol darvozasi va honaqohi, (18 asr 2 yarmi), 
Domullo Tursunjon madrasasi (1796-97), Xalifa Xudoydod ansambli 
(1777-1855), Chorminor (1807), Amir madrasasi (XX asr boshlari), Si-
torai Mohi Xosa (19-20 asr boshlari) va boshqa bino va inshootlar barpo 
etildi. 
«Yevropaga 
hayot bag‘ishla-
gan nafaqat 
tabiat ilmlari, 
balki Islom ma-
daniyati Yevro-
paga ilk nurini 
yuborganidayoq 
har tomonlama 
Yevropaga o‘z 
ta’sirini o‘tkaz-
gan edi».

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə