Qur’oni
karim. «Rum»
surasi 22-oyat
128
sionerlik kabi xatti-harakatlarga qarshi amalga oshiri
-
layotgan tadbirlarda faol qatnashmoqdalar. Ularning
xalqaro anjumanlarda mamlakatimizda e’tiqod erkinligi
-
ni ta’minlash, millatlararo va dinlararo totuvlikni barqa
-
rorlashtirishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi
ma’ruzalari dunyo jamoatchiligining mazkur islohotlar
bilan yaqindan tanishuvida muhim ahamiyat kasb etmo
-
qda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, dinshunoslik va dunyo
dinlari tarixi bilan bog‘liq mavjud ma’lumotlardan dars
jarayonida unumli foydalanish lozim. Bunda O‘zbekis-
ton va u bilan chegaradosh mintaqalarda diniy-mafku
-
raviy holatning shakllanishida islomdan tashqari xris
-
tianlik, yahudiylik, buddaviylik kabi dinlarning o‘rni
mavjudligini hisobga olish maqsadga muvofiq. Dinlara
-
ro bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik kabi tamoyillar-
ning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimiz-
da olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya
ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga
ko‘tarish, yosh avlodni har tomonlama mustaqil fikrlay
-
digan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalash lozim.
Buning uchun dinlararo hamjihatlikning huquqiy asosla
-
rini mustahkamlashga e’tiborni qaratish talab etiladi.
Konfessiyalararo
muloqot
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Diniy bag‘rikenligik madaniyatini shakllantirish zaruratining vu-
judga kelishi qanday omillar bilan bog‘liq.
2.
Diniy bag‘rikenglik islom dinida va milliy urf-odatlarimizda qan
-
day talqin etiladi?
3.
Mamlakatda tinchlik, barqarorlikni saqlashda bag‘rikenglikning
o‘rni qanday? Fikringizni misollar bilan asoslang.
|