124
Arman apostol cherkovi vakili «Hech kim o‘z dini-
ni boshqalarga tiqishtirish yoki boshqa e’tiqoddagilarni
kamsitish huquqiga ega emas»ligini ta’kidlab,
Fridrix
Velikiyning «Hamma dinlarga sabr-toqat bilan muno
-
sabatda bo‘lmoq darkor, chunki
har bir inson najotga
o‘z yo‘li bilan erishadi», deb ta’kidlashi turli konfessiya
vakillarining yurtimizdagi diniy bag‘rikenglik tamoyil-
larini qo‘llab-quvvatlashidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda faoliyat olib
borayotgan konfessiya
vakillari turli e’tiqodda bo‘lgan fuqarolar o‘rtasidagi
totuvlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda o‘z
hissalarini qo‘shmoqdalar. Bugungi kunga qadar yur
-
timizda bag‘rikenglikning ijtimoiy mohiyati, namoyon
bo‘lish
shakllari, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi
o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan bir
qancha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
IJODIY FAOLIYAT
Mazkur matndagi hikoyani tinchlikparvarlik va bag‘rikenlgik tamoyillari
bog‘lang.
Elchi Kastiliya qiroli huzuriga tashrif buyurib, Temurbeknning maktubu
sovg‘alarini, qimmatbaho toshlar va odatga ko‘ra, u yuborgan kanizaklar
-
ni taq dim etdi. Ulug‘ davlatpanoh qirol Temurbek yo‘llangan maktubi
sovg‘alarni
qabul qilib, uning yozma va og‘zaki aytib yuborgan so‘zla
-
rini tinglagach, do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash niyatida muno-
sib-sovg‘a salomlarni tayyorlash va yuborishni buyurdi. Ilohiyot magistri
Fra Alfonso Poes de Santa Mariya, Rui Gonsales de Klavixo va qirolning
shaxsiy soqchisi Homes de Salazarni
Temurbek huzuriga elchilikka, ular
orqali esa o‘z maktubi hamda sovg‘alarini yo‘llashga qaror qildi.
Dostları ilə paylaş: