Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Burhoniddin 
Marg‘inoniy
Tarixda «Hudaybiya sulhi» deb nomlangan tinchlik bitimida musul-
monlarning tinchlik parvar siyosatlari Qur’oni karim oyatlari asosida 
ekanligi namoyon bo‘ladi. Bu sulh, musulmonlarning ziyoniga tuzilsa-da, 
islom dining tinchlikparvarligini va qon to‘kilishini oldini olishdagi o‘rni
-
ni ko‘rsatib berdi.
«Agar sulhga moyil bo‘lsalar, Siz ham unga moyil bo‘ling va Allohga 
tavakkul qiling»
Qur’oni karim. «Anfol» surasi 61-oyat.


124
Arman apostol cherkovi vakili «Hech kim o‘z dini-
ni boshqalarga tiqishtirish yoki boshqa e’tiqoddagilarni 
kamsitish huquqiga ega emas»ligini ta’kidlab, Fridrix 
Velikiyning «Hamma dinlarga sabr-toqat bilan muno
-
sabatda bo‘lmoq darkor, chunki har bir inson najotga 
o‘z yo‘li bilan erishadi», deb ta’kidlashi turli konfessiya 
vakillarining yurtimizdagi diniy bag‘rikenglik tamoyil-
larini qo‘llab-quvvatlashidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan konfessiya 
vakillari turli e’tiqodda bo‘lgan fuqarolar o‘rtasidagi 
totuvlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda o‘z 
hissalarini qo‘shmoqdalar. Bugungi kunga qadar yur
-
timizda bag‘rikenglikning ijtimoiy mohiyati, namoyon 
bo‘lish shakllari, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi 
o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan bir 
qancha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
IJODIY FAOLIYAT
Mazkur matndagi hikoyani tinchlikparvarlik va bag‘rikenlgik tamoyillari 
bog‘lang.
Elchi Kastiliya qiroli huzuriga tashrif buyurib, Temurbeknning maktubu 
sovg‘alarini, qimmatbaho toshlar va odatga ko‘ra, u yuborgan kanizaklar
-
ni taq dim etdi. Ulug‘ davlatpanoh qirol Temurbek yo‘llangan maktubi 
sovg‘alarni qabul qilib, uning yozma va og‘zaki aytib yuborgan so‘zla
-
rini tinglagach, do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash niyatida muno-
sib-sovg‘a salomlarni tayyorlash va yuborishni buyurdi. Ilohiyot magistri 
Fra Alfonso Poes de Santa Mariya, Rui Gonsales de Klavixo va qirolning 
shaxsiy soqchisi Homes de Salazarni Temurbek huzuriga elchilikka, ular 
orqali esa o‘z maktubi hamda sovg‘alarini yo‘llashga qaror qildi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə