125
O‘zbekistondagi konfessiyalar vakillarining o‘zaro
hurmat asosida qurilgan munosabatlarini tarixiy jihat
-
dan o‘rganish yurtimizda diniy bag‘rikenglik an’anala-
ri asrlar davomida shakllanganini ko‘rsatadi va bunday
fazilatlarning yoshlar tafakkurida mustahkamlanishiga
xizmat qiladi.
Diniy soha mutaxassislari o‘z faoliyatlarini din va
davlat munosabatlaridagi asosiy jihat – bu dinning siyo-
satga aralashmasligi, har qanday din, birinchi o‘rin
-
da ma’naviy-axloqiy jihatlarni o‘z ichiga olishi haqida
ma’lumot beruvchi bilimlarga tayangan holda amalga
oshirishi maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatda tinchlik va barqarorlikka tahdid solishi
mumkin bo‘lgan omillardan biri missionerlikdir. Qonu-
nan man qilinganiga qaramay, amalda mavjud bo‘lgan
diniy bag‘rikenglik tamoyillariga zid, dinlararo nizolar-
ga olib keluvchi missionerlar faoliyatini tahliliy o‘rgani-
sh ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
«Tolerantlik» tushunchasi bu nafaqat ma’naviy
burch, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj. Ilmiy manbalar
o‘lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, budda
-
MA’LUMOT UCHUN
Mamlakatimiz aholisi bugungi kunda 32 mln. dan ortiq bo‘lib,
shulardan 80 % ini o‘zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini rus, 3,6 % ini
qozoq va 7,7 %ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar tashkil etdi.
Ko‘p millatli davlat ko‘p konfessiyalilikka asos bo‘ladi. Jami 130 dan
ziyod millat va elat vakillari orasida islomdan tashqari xristianlik, yahu
-
diylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchilar ham
bor.
Bilimsiz ki-
shilarning kongli
hurofotga moyil
boladi.
Dostları ilə paylaş: