MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
O‘zbekiston hududidagi eng yirik ilm markazlari qaysilar?
2.
Sovet Ittifoqi davrida yurtimizda qanday diniy ta’lim muassasalari
faoliyat yuritgan?
3.
Mustaqillikdan so‘ng diniy ta’lim sohasida qanday islohotlar amal
-
ga oshirildi?
4.
Yurtimizda qanday noislomiy diniy ta’lim muassasalari mavjud?
137
QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN
Amir Shohmurod barcha tashlab qo‘yilgan vaqf
mulklarni (»diniy fondlarni») ulardan tushadigan so-
liq va boshqa majburiy to‘lov lar hisobidan barcha eski
madrasa, masjidlar, honaqolar, maktablar, mozorlarni
qayta tikladi hamda yangi madrasa va masjidlar quri-
lishida shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘ldi. Madrasa mu-
darrislari, muftiylar, imomlar, qozilar va boshqa di-
niy mansablarga tayinlashda ularning shariat huquqiy
normalariga amal qilish darajasini, ularning huquqiy
bilimlarini va huquqiy savodxonligiga qarab lavozim-
ga tayinlar edi. O‘z sohasida ko‘p yil ishlagan, shariat
huquqi normalarini o‘sha davr talabi darajasida bilma-
gan qozilar, imomlar, muftiylar hamda madrasa mudar-
rislari Amir Shohmurodning farmoni bilan o‘z lavozimi-
dan ozod etildi. U shariat huquqi normalarini chuqur
o‘zlashtirgan madrasa talabalariga soliqlar hisobidan
qo‘shimcha talabalik haqlari berish bilan madrasa ta-
labalarini qo‘llab-quvvatlar edi. U nafaqat o‘zining
islom huquqi normalarini keng ta’lim jarayonida isloh
ettirdi, balki butun Buxoro amirligining barcha viloyat-
larida islom huquqi normalarini bilishlikni amalda ta-
lab etdi va uning uchun ulkan imtiyozlar va sovg‘alarni
va’da qildi. Tarixnavis olim Xumuliyning ta’kidlashicha,
Amir Shohmurod «butun shaharga va Buxoro amirligi-
ning barcha viloyatlariga buyuk olimlarning va haqiqiy
islom huquqi normalariga asoslangan odatlarning (mu-
htasib) barcha aholini masjid va mad rasalarga yig‘ib,
ularga islom huquqi normalarini, majburiyatlarni
tushuntirishni, ularning shar’iy huquqiy bilimlari dara-
jasini yanada oshirishni viloyat hokimlaridan talab qil-
di».
|