30-Mavzu: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish
imkoniyatlari.
Reja:
1.
Zamonaviy matn muharrirrlari.
2.
Matn muharrirlari funksiyalari.
3.
Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan
aniq amallar bajarilishini
ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish,
fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio
ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar
misol bo`la oladi.
Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil
qilishda va amaliy dasturiy ta'minot bilan ishlashda, ishni odatda matn
redaktorlaridan boshlanadi
Matn kiritish dasturlar.
Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p
sahifali matnli
ma`lumotlarni kiritish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu
yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar uchun qulay va ularning ish samaradorligini,
hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir marotaba kiritilgan ma`lumotni
kompyuterning xotirasida uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish kiritishi, nusxa
olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.
Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan
quyidagi vazifalarni bajaradi:
matnni faylga yozish; qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar,
qatorlar,
matn parchalarini almashtirish; orfografiyani tekshirish; matnni turli
shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga
bo’lib tashlash; so’z va jumlalarni izlash va almashtirish;
matnga sodda bezaklar
kiritish; matnni terib tayyorlash.
Kompyuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini
tayyorlash, tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib,
imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va
bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2,
Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturlar misol bo’laoladi;
- yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama
varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga
chiqarishga imkon beruvchi vositalar.
Bularga WinWord, Word Perfect, Word
Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’laoladi;
- murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini
beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark
Xpress kabi dasturlar misol bo’la oladi.
Grafik dasturlar. Bunday dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va
yaratishga muljallangan. Grafikaga misol qilib rasm chizish, tasvirlarni qayta
ishlash, fotosuratlarni qayta ishlash, 3D yoki uch tomonlama ko`rinadigan
ob`yektlarni yaratish, badiiy grafika, illyustrasiya yaratish
kabi amallarni olish
mumkin. Undan tashqari bunday dasturlarda tasvirlardan nusxa olish, tayyor
ob`yektlarga o`zgartirish kiritish, uzatish, qabul qilish, kengaytmalarini
o`zgartirish, grafo-montajlar qilish hatto matn kiritish kabi amallarni bajarish
mumkin.
Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur
ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga
tayanadi. Kompyuter
grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda
va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi.
Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X,
Corel Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D
MAX, Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation
Master, Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi.
Video – audio dasturlar.
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar
asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan.
Masalan video kliplar,
reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda,
ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni
qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga
misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini
taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat
videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli
asbobdir. Adobe Premier Effects 6.0 DVD
va Web sahifalardagi video
maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir.
Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI,
VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni
ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida
ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO,
Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar
Buxgalteriya tizimlari.
Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval
dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi.
U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni
avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan
tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan
formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar
korxonalarning
ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks
ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida
ham bajarish mumkin. Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini
bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir.
Nazorat savollari !
1.
Amaliy dasturlar nima?