116
Afrika qit’asida missionerlikning targ‘iboti
Jumladan, Afrikaning
shimoliy-sharqiy qismida joy
-
lashgan Sudan Respublikasining asosiy neft zahiralari
joylashgan janubiy hududlari o‘tgan
asr davomida kato-
lik va protestant missionerlari tomonidan faol xristian-
lashtirilgan edi.
2011-yili Afrikadagi eng yirik davlat hisoblangan
Sudan Respublikasi ikkiga – musulmonlar ko‘pchilikni
tashkil etuvchi Sudan va aholisining asosiy qismi xris
-
tianlardan iborat Janubiy Sudan Respublikasiga bo‘li-
nib ketdi. Indoneziyaning xristianlashtirilgan shimoliy
hududlari – Sumatra, Sulavesi
va Molukko hududlarida
muttasil ravishda musulmonlar va xristian prozelitlari
o‘rtasida diniy nizolar asosida to‘qnashuvlar, qotilliklar,
terrorchilik harakatlari ro‘y berib turadi.
Hozir (2017 y) musulmon aholisining soni bo‘yi-
cha birinchi o‘rinda turadigan Indoneziyada 27324 ta
xristian missionerlari faoliyat yuritmoqda.
Ayrim yan
-
Inson o‘zi-
ga-o‘zi bo‘ysu-
nishni va o‘z
qarorlariga itoat
qilish ni o‘rgan
-
mog‘i lozim.
Sitseron
IJODIY FAOLIYAT
Sitseron «Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni»
deganida nimani tushun-
dingiz. «
o‘z qarorlariga itoat qilishni»
degandachi? Fikringizni «Fikrga
qarsh fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat» tamoyili bi
-
lan bo‘g‘lab tushuntiring.
117
gi paydo bo‘lgan diniy jamoalarda izdoshlarning ongini
nazorat qilish, xo‘rlash va hatto o‘z-o‘zini o‘ldirishga
majburlash holatlari kuzatilmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun noan’anaviy
bo‘lgan yangi diniy jamoalarning safi asosan islom di
-
niga e’tiqod qilgan tub aholi va avval pravoslav dinida
bo‘lgan xristianlar hisobiga kengaymoqda. Qozog‘iston
va Qirg‘izistonda missionerlik
qonunan man etilmagan
bo‘lib, missionerlar yangi diniy jamoalarning g‘oyala-
rini ochiq targ‘ib qilish imkoniyatlariga ega. Targ‘ibot-
tashviqot ishlari maxsus tele va radiodasturlar,
Internet
tarmog‘i, e’lon va reklamalar orqali olib borilmoqda.
O‘zbekistonda (2017 y.) ayrim noislomiy diniy
konfessiyalarning vakillari, shu
jumladan, norasmiy ja-
moa a’zolari tomonidan qonunga xilof ravishda noqo
-
nuniy yo‘llar bilan diniy
adabiyotlarni respublika hu-
dudiga olib kirish va tarqatish, aholi ichida o‘zlarining
diniy ekspertizadan o‘tkazilmagan buklet, jurnal, elek-
tron disklarini tarqatish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l
qo‘yilmoqda.
Dostları ilə paylaş: