Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57

149
12-BOB. O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini
yetishtirish usullari
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda,
ularning kasalliklarga nisbatan chidamliligini ta’minlashda
agrotexnik tadbirlar bilan birga seleksiya fani yutuqlaridan
foydalanish muhim iqtisodiy samara beradi. Seleksiya yo‘li bilan
yaratilgan navlardagi xususiyatlar o‘simlikning genetik
mexanizmi bilan bog‘langan bo‘lib, nasldan-naslga o‘tib borishini
nazarda tutib, chatishtirish usullarini to‘g‘ri tanlash muhim
nazariy ahamiyatga egadir.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarni
yetishtirish uchun yalpi tanlash, gibridlash va yakka mutagenez
usullaridan foydalaniladi.
Yalpi tanlash chidamli navlarni yaratishda keng qo‘llaniladigan
usuldir. Bunda o‘simlikning kasallik va hasharotlarga nisbatan
chidamlilik xususiyatini yakka tartibda tanlab olinadi. Ma’lum
navdagi o‘simliklarning geterozigota populatsiyalari har xil bo‘ladi.
Bir xil sharoitli infeksion fonda o‘sayotgan o‘simliklar ichida
ayrim  o‘simliklar chidamlilikni namoyon qilsa, ayrimlari esa
nisbatan chidamsizlikni namoyon qiladi. Eng chidamli
xususiyatlarni namoyon qilgan o‘simliklar tanlab olinib, turli
kasalliklarga chidamli navlar hosil qilingan. Masalan, shu usuldan
foydalanib kungaboqarning shumg‘iya va qorakuyaga, zig‘ir
o‘simligining fuzariozga chidamli navlari yaratilgan. Yalpi
tanlash usuli har yili o‘simliklar ichidan kasalliklarga chidamlisini
yangidan tanlab olib borishni talab qiladi. Bu usuldan foydalanib
infeksion fonda o‘sgan kungaboqarning qorakuya va shumg‘iyaga
chidamli navlari, kanopning fuzariozga chidamli navlari
yaratilgan.
Chatishtirish (gibridlash) usuli o‘simliklarni tur ichida,
turlararo va oilalararo chatishtirishda qo‘llaniladi. Chatishtirish
jarayonida chidamlilik xo‘jalik ahamiyatiga ega xususiyatlarni bir
navda namoyon qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni hosildorlik,
mahsulot sifati, kasallikka chidamlilik xususiyati nazarda tutiladi.
Madaniy o‘simliklar orasida chidamli navlarni uchratish qiyin,


150
lekin yovvoyi turdagi o‘simliklarda chidamlilik yorqin
ifodalangan. Masalan, yovvoyi g‘o‘zada viltga chidamlilik
xususiyati, begona o‘tlarda hasharotlarga chidamlilik yorqin
ifodalangan.
Tabiiy genofonda uchraydigan o‘simliklarning bunday
xususiyatlaridan madaniy o‘simliklarning foydali xususiyatlarini
umumlashtirish uchun ularni chatishtirib yangi navlar yaratish
maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlardan foydalanib g‘o‘zaning viltga
chidamli navlari yaratilgan. Meksikada o‘suvchi yovvoyi kartoshkani
madaniy kartoshka bilan chatishtirib, fitoftoroz kasalligiga chidamli
navlari yaratilgan.
Bu boradagi tadqiqotlar N.I. Vavilov tamonidan ekologo-
geografik tamoyil asosida amalga oshirilib o‘simliklarning kelib
chiqishi Osiyo, Markaziy Osiyo va Yevropa markazlari misolida
tushuntirilgan.
Sun’iy mutagenez usuli  chidamli navlar yaratishda yangi
yo‘nalish hisoblanadi. Bunda radiaktiv nurlanish, neytronlar,
kimyoviy moddalar va fizik-kimyoviy faktorlar ta’siridan
foydalaniladi. Bu faktorlar ta’sirida tabiatda yo‘q mutatsiyalarni olish
imkoni tug‘iladi. Masalan, qorakuya kasalligiga chidamli bug‘doy
navlari gamma nurlar ta’sirida hosil qilingan.
Turlararo va oilalararo farq qiladigan o‘simliklarni
chatishtirish jarayonida gullarining gullash davridagi tafovuti yoki
gul tuzilishidagi tafovutlar mavjudligi uchun ular chatishmaydi,
urug‘ hosil qilmaydi va steril qoladi.
Vegetativ usulda ko‘payuvchi o‘simliklardan kartoshka, uzum,
mevali va rezavor o‘simliklar vegetativ ko‘payish xususiyatiga
ega bo‘lganligidan ularda ko‘payish to‘xtamaydi. Bunday o‘simliklarda
uzoq formalarni chatishtirish ahamiyatga ega. Lekin urug‘ uchun
o‘stirilgan o‘simliklarda avlodlarni chatishtirish jarayonida kam urug‘
hosil qilish xususiyatining hosil bo‘lishi yechimini topish lozim
bo‘lgan masaladir.
M a x s u s   k i m y o v i y   u s u l l a r n i   q o ‘ l l a s h   n a t i j a s i d a
xromosomalar  sonini orttirish usuli ishlab chiqilgan. Masalan,
Kolxitsin moddasi ta’sirida xromosomalar soni 2 marta orttiriladi,
lekin hujayra bo‘linishi saqlanib qoladi.  Natijada poli plod
xromosomaga ega bo‘lgan hujayralar hosil bo‘ladi. Sun’iy hosil
qilingan poli plod turlarning chatishmaslik xususiyatini yo‘qotadi.
Masalan, kartoshkaning yovvoiy turi Solianum bulbacastanum


151
2 n-24 xromosomaga, madaniy turi Sollanium tuberasum 2 n-
48 xromosomaga ega bo‘lganligidan ular bir-biri bilan
chatishmaydi. Yovvoyi kartoshka o‘simligi fitoftora kasalligiga
yuksak chidamlilik xususiyatini namoyon qiladi. Undagi
xromosomani ikki barobar ortirib kasallikka chidamli navlar
hosil qilingan. Lekin bunday tadqiqot ishlarida chatishtirish
jarayonida foydali xususiyatlari bilan birga, yovvoyi nav
uchun xos bo‘lgan kam hosil berish, mahsulot sifatining
yomonlashuvi ham kuzatiladi. Bunday yomon ko‘rsatkichlarni
yo‘qotish uchun yaratilgan yangi navni madaniy navlar bilan
qayta chatishtiriladi. Seleksiya davomida yomon xislatlar
muntazam yo‘qotilib boriladi.
Yangi nav yaratishda murakkab chatishtirish usulidan ham
foydalaniladi. Bu usulda chatishtirishda foydalanilgan navlar areali
kengaytirilib, o‘simliklarning kompleks xususiyatlaridan
foydalaniladi.
Kasalliklarga chidamli navlarni yaratish jarayonida hosil
bo‘lgan gibridlarning keyingi avlodlarida o‘simliklarning hasharot
va kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan munosabatda bo‘lishi hosil
bo‘ladigan belgilar miqdoriga bog‘liqdir. Seleksiya ishlarida
navlarning kasallik va hasharotlarga chidamliligi nav sinash
uchastkalaridagi tabiiy zararlangan joylarda olib boriladi. Lekin
tabiiy sharoitlarda kasallik qo‘zg‘atuvchilar va hasharotlar zarari
bir xil miqdorda o‘simlikka ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun
ularning chidamlilik darajasini tekshirish ishlari maxsus hosil
qilingan infeksion fonlarda yoki provokatsion fonlarda o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqdir.
 Savollar
Kasallikka chidamli navlarni yetishtirishdan maqsad va vazifalar
nimalardan iborat?
O‘simliklarni chatishtirish usullari va muammolari qanday?
Ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarini yetishtirishda yalpi tanlash,
gibridlash va yakka mutagenez usullarining mohiyati nima?


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə