Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57

152
13-BOB. O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini
baholash
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini baholashda
ularning chidamliligini aniqlash usullari asosiy rol o‘ynaydi.
Chunki dala sharoitida kasallikning rivojlanishi uchun qulay
sharoit hamisha mavjud bo‘lavermaydi. Kasallikka chidamlilik
belgilarini aniqlay bilish va uning seleksion belgilarining kelgusi
avlodida namoyon bo‘lishi mutaxassis oldida turgan asosiy masala
hisoblanadi. Seleksiya ishlarida navlarning kasallikka chidamliligi
masalasi tabiiy kasallik manbalari va hasharotlar kuchli tarqalgan
dalalarda sinab ko‘rilishi kerak. Bunday dalalar kasallik va
hasharotlar tarqalishini oldindan prognoz qilingan dalalarida
ham rejalashtirilishi mumkin. Lekin tabiiy infeksiya manbalarida
monogen va poligen patogenlarning rivojlanishiga qulaylik
hamisha vujudga kelavermaydi. Shuning uchun o‘simliklarning
kasalliklarga chidamliligini baholashning maxsus laboratoriya
usullarini ishlab chiqish taqozo qilinadi. Laboratoriya usullarini
ishlab chiqish o‘simliklarni seleksiya qilishni tezlashtiradi,
seleksion belgilarning sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Masalan, bug‘doy va arpaning chang qorakuya kasalligiga
chidamliligi bug‘doy guli tumshuqchasida sporaning unish
tezligini e’tiborga olish asosida aniqlangan. Ungan sporalar
gulning tugunchasiga kirib kelish tezligiga qarab o‘simlikning
chidamlilik darajasi aniqlanadi. Natijada patogenning o‘simlikka
kirib kelish, tarqalish tezligi va xo‘jayin o‘simlikning chidamlilik
darajasi aniqlanadi.
Shunday qilib, laboratoriya sharoitida qo‘llaniladigan ekspress
usullarda o‘simliklar uchun xos bo‘lgan ayrim belgilarni chang
qorakuya kasalligi bilan zararlanishini tekshirish uchun
sporaning urug‘chi tumshuqchasida o‘sish tezligi va urug‘ning
zararlanish darajasi aniqlanadi. Laboratoriya usulidan foydalanish
patogenning o‘simlik ichiga kirib kelish mexanizmini va
patogenning tarqalish tezligini o‘z vaqtida aniqlash imkonini
beradi.


153
O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda va
ularning chidamliligini sinab ko‘rishda infeksion fon va infeksiya
miqdori asosiy rol o‘ynaydi. Infeksion fon o‘simlikni zararlash
imkoniga ega bo‘lgan kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tuproqda
mavjudligi va ularning o‘simlikni zararlay olish xususiyatiga aytiladi.
Infeksiya miqdori deb, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining (bakteriya
hujayrasi, zamburug‘ sporasi, virus donachalari) o‘simlik yuzasiga
ta’sir etuvchi miqdoriga aytiladi.
Infeksion fonlar hosil qilinishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
tabiiy va sun’iy infeksion fonlar.
Tabiiy infeksion fonlar tuproqda bir xil sharoitda uzoq muddat
davomida bir xil o‘simliklarni muntazam yetishtirish natijasida
hosil qilinadi. Bunday fonlar Respublikada paxta yakkahokimligi
vaqtida tuproqda Fusarium, Verticillium zamburug‘larining ko‘p
miqdordagi infeksion fonlarining hosil bo‘lishiga olib keldi. Bir
dala sharoitida bir xildagi g‘o‘za navlarini 10—12 yil davomida
yetishtirish  dalalarda vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi infeksiya
manbayining  muntazam to‘planib borishiga sabab bo‘lgan.
Tabiiy infeksion fonlarda tuproqda keng tarqalgan kasalliklardan
so‘lish, ildiz chirish, qorakuya kasalliklariga navlar chidamliligini
sinash yaxshi samara beradi. Bunday fonlarda o‘simliklarni uzoq
yillar davomida sinab ularning chidamlilik xususiyatlarini o‘rganib
borish mumkin.
Sun’iy infeksion fonlar hosil qilish uchun kasallik
qo‘zg‘atuvchisi laboratoriya sharoitida alohida o‘stirilib, keyin
o‘simlikka yoki tuproqqa solinadi. G‘o‘zaning viltga chidamliligini
tekshirish uchun sun’iy fon N. Solovyev (1950) usuli asosida
hosil qilinadi. Buning uchun Vertisillium, Fusarium zamburug‘lari
turlari alohida sterelizatsiya qilingan sulida o‘stirilib, bir gektar
yerga 400 kg miqdorda solinadi. Bunday hosil qilingan infeksion
fonlarga birinchi yil kasallikka chidamsiz navlar ekilib sinab
ko‘riladi. Kelgusi yildan boshlab yangi navlar sinab ko‘riladi.
Tuproqdagi ekologik holatni o‘zgartirish asosida namlik, tuproq
strukturasi, ekish muddatlarini o‘zgartirish asosida o‘simlikni
sinash uchun provokatsion fonlar hosil qilinadi. Bug‘doyning qor
ostida chirishini o‘rganish uchun F. nivale zamburug‘i, kanopning
zang kasalligi bilan kasallanishini aniqlash uchun Melamspora lini
zamburug‘ining kanop poyasidagi infeksiya tuproq bilan baravar
aralashtirilib,  o‘simliklar ekilib sinab ko‘riladi.


154
Infeksiya miqdori, deganda, kasallik keltirib chiqaruvchisini
o‘simlikka ta’sir etishga qodir bo‘lgan kasallik qo‘zg‘atuvchilari
spora miqdori tushuniladi. Ular miqdoriga qarab minimal,
maksimal, optimal bo‘lishi mumkin. Infeksiya miqdori
o‘simlikning kasallikka chidamlilik darajasi, patogenning
agressivligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Bug‘doyning qattiq
qorakuya kasalligini kelib chiqishini sinash uchun 1 kg bug‘doy
urug‘iga 1—10 g qorakuya zamburug‘i xlamidosporalaridan
foydalaniladi.
Infeksiyaning optimal miqdori kasallikka chidamsiz navni
turli konsentratsiyadagi zamburug‘ sporalari bilan zararlab
aniqlanadi. Masalan, kartoshka barglariga berilgan infeksiya
miqdoriga qarab bargda hosil bo‘lgan bujmayishlar miqdori
navning chidamliligiga qarab turlicha miqdorda belgilarni hosil
qiladi. Bunda konidiylar konsentratsiyasi 100, 50, 25 miqdorda
bo‘lishi mumkin.
O‘simliklarning kasallanishida infeksiya miqdori bilan birga
meteorologik sharoit va agrotexnik faktorlar ham asosiy rol
o‘ynaydi. Bug‘doyning qorakuya kasalligi bilan kasallanishida 6—
13 
0
C harorat xlamidosporalarning unishiga qulay sharoit yaratsa,
urug‘ning unishini sustlashtiradi. Natijada kasallanish ehtimoli
ko‘payadi.
Kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi va zararining ortib
borishida kasallik qo‘zg‘atuvchilarning manbalari asosiy rol
o‘ynaydi. Infeksiyani birlamchi manbai deganda, uning qayerdan
kelib chiqishi nazarda tutiladi. Birlamchi infeksiya tuproqda,
urug‘da, omborxonalarda, havoda, mehnat qurollarida bo‘lishi
mumkin. Ikkilamchi infeksiya deyilganda, kasallik o‘simlikda
tarqalib, uni zararlab qaytadan sporalar hosil qilish xususiyati
nazarda tutiladi. Ilmiy ishlar olib borishda infeksiya manbalari
tabiiy va sun’iy usulda hosil qilinadi.
Tabiiy infeksion fon deb tuproqda bir joyda uzoq muddat
davomida  bir xil o‘simlikni uzluksiz o‘stirish natijasida hosil
bo‘lgan  infeksiya manbaiga aytiladi. Masalan, Fusarium,
Verticillium - vilt kasalligi, bug‘doyzorlarda qorakuya
infeksiyalarining to‘plangan dalalar.
Ilmiy kuzatishlarda zarur kasalliklar uning qo‘zg‘atuvchisi
uchun ma’lum sharoitlarni tuproqqa to‘plash asosida hosil qilinadi.
Buning uchun zamburug‘ sof kulturasi o‘stirilib, keyin tuproqqa


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə