Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57

155
solinadi. O‘simlikni sun’iy zararlash usullari turlicha bo‘lib, tadqiqot
maqsadi va kasallik qo‘zg‘atuvchilarining xususiyatlari e’tiborga
olinadi.
1. Tuproq orqali zararlash usuli tuproqda hayot kechiruvchi
zamburug‘lar karam kilasi (Plasmodiophora brassicae), kartoshka
raki (Sunchutrium endobioticum), boshoqdoshlar dog‘lanish
kasalliklari  (Ophiobiolus Cercosporella), so‘lish (Fusarium,
Verticillium) kabi kasalliklarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Urug‘ni zararlash quruq va ho‘l usullardan foydalanib amalga
oshiriladi. Bu usul bilan ishlanganda zamburug‘ sporalarining
urug‘ yuzasiga to‘liq tushishini  ta’minlash kerak. Qorakuya
kasalligining bug‘doyni zararlashini o‘rganish uchun 1 kg
bug‘doy doniga 1—10 g miqdorda xlamidosporadan foydalaniladi.
Zamburug‘larning rivojlanishiga sharaoit yomon bo‘lgan yillarda
infeksiya miqdori oshiriladi. Bu usuldan foydalanib quyidagi
kasalliklarning kasallanish darajasini aniqlanadi: bug‘doy
qorakuyasi (Tilletia levis, T. caries, T. cjntroversa), arpaning
tosh kuyasi (Ustilago nuda), sulining qorakuyasi (Ustilago
kolleri), makkajo‘xorining chang qorakuyasi (Sorosporium
reilianum).
Bargni zararlash usulida zamburug‘lar sporasi, sporalar
suspenziyasi, bakterial suspenziya yoki viruslarning  ekstraktlaridan
ularga sepish, purkash va artish usullaridan foydalaniladi. Buning
uchun infeksiya manbai purkagich, cho‘tka va paxta bilan o‘simlik
bargining ostki tomoniga  tushiriladi.
Laboratoriya sharoitida  o‘simlik a’zolarining kasallanish
xususiyatlarini kuchaytirish uchun nam kamera usulidan ham
foydalaniladi. Bu usuldan foydalanib un shudring, zang, bakterial
kasalliklarni o‘rganiladi. Virus kasalliklari bilan kasallantirishda
viruslarning xususiyatlari e’tiborga olinib, hujayra shirasi yoki uning
eritmasi foydalaniladi. Kantakt yo‘li bilan tarqalmaydigan viruslar
payvandlash yo‘li bilan kasallantiriladi.
Gulni zararlash usulidan qorakuya, gelmintosporioz
kasalliklarini o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulda zamburug‘ sporasi
yoki uning suspenziyasi zamburug‘ guliga yoki tugunchasiga kiritish
bilan amalga oshiriladi. Buning uchun zamburug‘ xlamidosporalari
dokaga solinib, bug‘doy guli ustiga sepiladi. E.E.Geshele (1964)
bug‘doy boshog‘ini kasallantirishda ayrim gullarni va butun
boshoqni kasallantirish usulini tavsiya qilgan.


156
Keyingi yillarda seleksiya ishlarida boshoqni kasallantirish uchun
vakuum usulidan foydalaniladi. Bu usulda  silindr ichiga
joylashtirilgan boshoqqa nasos bilan spora suspenziyasi sepiladi.
Kasallik belgilarining namoyon bo‘lishiga qarab navlarning
chidamliligi yoki kasallanish darajasi belgilanadi.
O‘simliklarning chidamliligini baholashda o‘ziga xos talablarga
amal qilishga to‘g‘ri keladi. Dala sharoitida ko‘pgina kasalliklarning
kelib chiqishi, zarari har xil bo‘lganligidan ularni turlicha
baholash mumkin emas. Shuning uchun kasallikning zararini
ko‘rsatish maqsadida bargning zararlanish usulidan foydalaniladi.
Bu usuldan foydalanib kartoshkaning fitoftoroz, bug‘doyning ildiz
chirish, zang bilan kasallanishi aniqlanadi. Buning uchun, o‘simlik
bargi 0,00004 % benzimidazol eritmasiga solinib, 12 soat ichida
20 °C haroratda zararlanadi. Daraxt o‘simliklarini T shakldagi
kesilgan joyidan zararlantiriladi.
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi patologik
jarayonning borishi, o‘simlikning himoyalanish xususiyati bilan
bog‘liqdir. Shuning uchun dastlab infeksiya bor-yo‘qligi
aniqlanadi.
Absolut chidamli navlarda kasallik namoyon bo‘lmaydi.
Chidamsiz navlarda kasallikning ichki va tashqi belgilari namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun navlarni sinashda chidamli va chidamsiz
navlar  ajratiladi.
Yaratilgan o‘simlik navlarining chidamliligini baholash tabiiy
sharoitda kasallik eng kuchli tarqalishi mumkin bo‘lgan joylarda
olib  boriladi. Lekin tabiiy sharoitda hamisha kasallik yoki
hasharotlar ko‘payish imkoniga ega bo‘lavermaydi. Tabiiy sharoitda
ma’lum navni zararlovchi rassalar ham bo‘lmasligi mumkin.
Shunday rassalar hosil bo‘lishi ham muhimdir.
Navlarni sinash ishlarini ko‘ngildagidek tashkil qilish uchun
infeksion fonlarni tashkil qilish talab qilinadi. Buning uchun
o‘simliklarni maxsus tashkil qilingan fonlarda laboratoriya usullaridan
foydalanib, ularning kelib chiqishini  bashorat qilib sinab ko‘riladi.
Laboratoriya sharoitida hosil qilingan fonlar kasallikning
agressiv formalarini tanlab olish asosida ularning kelajakda namoyon
bo‘lish mexanizmini ochish imkonini beradi.
Seleksioner o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga qarab  haqiqiy va
nisbiy chidamlilikni aniqlaydi. Haqiqiy chidamlilikda o‘simlikda


157
kasallik bor yoki yo‘qligi aniqlanadi, xolos. Nisbiy chidamlilik 3 ta
usul yordamida aniqlanadi:
1. So‘lish, virus  va qorakuya kasalliklari tajriba va nazorat
variantidagi kasallik belgilarining miqdorini solishtirish asosida
hisoblanadi.
2. Zang, kalmaraz, gelmintosporioz kasalliklari barg, poya,
novda yuzasida hosil bo‘lgan dog‘ va yostiqchalar miqdoriga qarab
aniqlanadi. Buning uchun maxsus shkalalar ishlab chiqilgan (36-
rasm).
3. Seleksiya ishlarida yaratilgan navlarning chidamliligi ularda
belgilar namoyon bo‘lishiga qarab maxsus shkalalar bilan
hisoblanadi. Masalan, bug‘doyning poya  zangiga chidamliligini
aniqlash uchun 5 balli shkala ishlatiladi. Bunda 0—2 ball chidamli,
3—4 ball chidamsiz deb belgilanadi (37-rasm).
36-rasm. 
Boshoqli don ekinlarining qo‘ng‘ir zang kasalligi bilan
zararlanishini aniqlash shkalasi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə