Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) O’zbekistondagi ilk O’rta asrlar falsafasi



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə21/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

23) O’zbekistondagi ilk O’rta asrlar falsafasi.
Markaziy Osiyo, jumladan hozirgi O‘zbekiston zamini arab istilosidan va bu yerga islom dini yetib kelmasidan oldin ham madaniyati, ilm-fani, o‘z davriga nisbatan rivojlangan maskan edi. Arab istilosi bu madaniyatni ma’lum darajada yakson qildi. Lekin Markaziy Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi qulatilib, mamlakatga rahbarlik mahalliy feodal dinastiyalari qo‘liga o‘tgach, ilm-fanning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Xorazm, Buxoro, Hirotda-mahalliy xonliklarda ilmiy markazlar tashkil topdi.
Butun dunyoga dong taratgan buyuk yurtdoshlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Al-Buxoriy, Abu Nosir Forobiy, Ibn sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar ana shu davrda ijod qildilar. Mahmud Koshg‘ariyning mashhur «Devoni lug‘atit-turk» asarining yaratilishi shu davrga to‘g‘ri keladi.
Bu davr ilm-fani taraqqiyotining o‘ziga xosligi o‘rganilganda, ilm- fanda dunyoviy ma’rifatga intilish, tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, aql kuchiga ishonish, insonni ulug‘lash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, qomusiy ilm va bilimga intilish kabi xususiyatlarni bilib olish mumkin. Xullas, madaniyatda, ilm-fanda yoppasiga yuksalish, rivojlanish ko‘zga tashlanadi. Shu sababli bu davr Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Sharq Uyg‘onish davri nomi bilan ataladi.


24) Islom dini va falsafasi.
Islom so’zi arabcha tangriga o’zini topshirish, itoat, bo’ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini bayrog’i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo’yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan.
Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o’z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to’ldiradi. Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to’g’ri yo’l, ilohiy yo’l demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo’nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid masalalarda o’zaro farqlanib turadi.
Xorijiylar yo’nalishi o’rta asrlar davrida ko’pgina oqimlarga bo’linib, keyinchalik yo’qolib ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan.
Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda bir-biridan farq qiladi.
Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan ajralib turadigan diniy guruhlardir. Shialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan.
Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo’yicha yuzaga kelgan o’zaro kelishmovchiliklar natijasidir.
Islomda hanafiylik, ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniy-aqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə