Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə40/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

1 - asosiy masala:
1.1. RauF Parfi va Halima Xudoyberdieva sheriyatida yangicha yo’nalishlar.
O’qituvchining maqsadi:
Talabalarda yangi sheriyat haqida tasavvur xosil qilish, Rauf Parfi va Halima Xudoyberdieva sheriyati haqida kengroq tushuncha berish. Talabalarda mulohaza yuritish ko’nikmasini hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.1. Sheriyatdagi yangi yo’nalish xaqida so’zlab beradi.
1.1.2. RauF ParFi sheriyati haqida umumiy malumot beradi.
1.1.3. Shoir sheriyatida ramzlarning ishlatilishini aytadi.
1.1.4. X.Xudoyberdieva sheriyatida Vatan mavzusining talqini haqida gapiradi.
1.1.5. Shoira sheriyatida ayol mavzusining ishlanishi tug’risida so’zlab beradi.
1 - asosiy masalaning bayoni;


HALIMA XUDOYBERDIEVA
Qisqa biograFik ma’lumot: 1947 yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi Lenin nomli kolxozda tavallud topgan.1972 yilda ToshDu jurnalistika fakultetini bitirgan.1975-77 yillarda Moskvadagi Gorkiy nomli Oliy adabiyot kurslarida o’qidi. Dastlabki she’riy to’plami 1969 yilda "Ilk muhabbat"nomi bilan bosilgan. Shundan so’ng shoira quyidagi to’plamlarni e’lon qildi.
"Oq olmalar" -1973
"Chaman" -1974
"Suyanch tog’larii" -1976
"Bobo kuyosh” -1977
"Issiq qor" -1979
"Sadoqat" -1983
"Muqaddas ayol" -1987
"Ko’kragimnmng og’riq nuqtalari" -1991
"Bu kunlarga etganlar bor"-1993
Moskvada rus tilida uch she’riy to’plami bosilgan. 1990 y. "Mukaddas ayol" to’plami uchun Hamza mukoFoti soxibasi bo’ldi. O’zbekiston xalq shoiri. Halima Xudoyberdievani kitobxonlar xaqli ravishda Zulfiyadan keyingi eng yirik xalq shoirasi deb bilishadi. Shogirdining ayrim o’rinlarda ustozdan ham o’tib ketganligi-bu adabiyotmmizning,xalqimizning baxti deb qarash kerak. X.Xudayberdieva she’riyatini uning ichki yo’nalishlariga qarab shunday shartli guruhlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir.


HAYoT HAQIDA MULOXAZALAR
Halima opa o’z davrining va xalqining katta,keng qamrovli shoirasi sifatida atrfida kechaetgan hayot haqida tinimsiz muloxaza yuritadi,uning nuqsonlaridan kuyunadi Fazilatlaridan suyunadi.Chunki u davr Farzandi, u-shoira ,xalqining vijdoni, shuning uchun ham u indamay, befarq yashay olmaydi.
Men o’ylasam kesilgan zabonlar tilga kirgay
Daryolar to’silgan zamonlar tilga kirgay
Ne-ne juvonmarg,koshi kamonlar tilga kirgay
Dilim o’t olib tursa,aytmay qandoq yashayman.
Bir yonimda Tumaris desa"bolam xoling tang"
Nafaqat dala-to’zing, kunglim ichi toshu sang
Bir yon bugunchilardan qo’nim to’lmay Temurlang
Xayolga tolib tursa,aytmay qandoq yashayman.

Aytganimdan boshimga toshlar kelmoqligiday


Boshmi garovga tikib,Foshlar kelmokligiday
Boshim ketib urniga kuyoshlar kelmoqligiday -
Bir ishonch g’olib tursa,aytmay qandoq yashayman
("Aytmay qandoq yashayman")
Shoiraning"Dorilomon kunlar keldi", "Dag’al qo’llar", "Qo’msash","Ko’klam o’ylari", "O’zbekiston", "Hayot bilan sirlashuv", "Yurt xaqida o’ylar", "11yon shu tuprok kuychisiman","Keksa daraxtning deganlari", "Gunox", "Ko’zlarimda katta jaxon", "O’ylar", "Xayollarmi parday to’zg’ir” va boshqa o’nlab she’rlarida hayot ziddiyatlarm, quvonchu tashvishlari o’zining yuksak poetik ifodasini topadi. Xalima Xudoyberdievani millati, Vatani kelajagi o’ylantiradi: yurtni yanada obod, hayotni yanada Farakbaxsh etish uchun nima qilish kerak:
Bugun turkka ne kerakdur
Chuqur anglar ong kerak
Gudaklari ertagi kun
Taratajak dong kerak
Garchand har kun yuki ortar
Xarobasi dilni o’rtar
Otni tinmay oldga tortar
Bir yovqur sulton kerak
Bor ko’ngil,chil-chil, kerakdir
Bor o’zilgan qil kerak
Bor kesilgan til kerakdir
Bor butun iymon kerak
To turon zaminda turk bor
O’lmagay or ,o’lmagay or
Xon emas, erkka talabgor
Erki uchun qurbon kerak
Tillaridan o’chmagay ox
kul-kul bulur zindonu chox
Fakat bor turkka bir Ollox
Bittadan Kur’on kerak.
("Bugun turkka ne kerak")



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə