Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


sitokin va ularga nisbatan eruvchan retseptorlarni aniqlash (interleykinlar, interleronlar)



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə27/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Иммунология

sitokin va ularga nisbatan eruvchan retseptorlarni aniqlash (interleykinlar, interleronlar);

  • immunogistologik tekshiruvlar;

  • immunogenetik antizardob yoki zanjirli polimeraza reaksiyasi orqali tekshiruvlar (HLA);

  • genotipik va fenotipik tiplarini, zardob oqsillari allotipini, immun sistemaning genotipik nuqsonlarini aniqlash.

    Yuqorida keltirilgan yondashuvlar immun tizim faoliyatiga va uning funksional holatiga to'liq baho bera oladi. Ammo shuni aytish lozimki, keltirilgan usullarni to'liq qo'llab, odam immun tizimiga baho berish klinik amalivotda deyarli mumkin emas. Shuning uchun Rossiya olimlari R.V. Petrov boshchiligida immunologik usullarni o'rganib chiqib, ularni bajarish murakkabliklarini hisobga olgan holda immun tizimga baho berish testlarini ikkita darajaga bo'lishgan.
    1 daraja-dastlabki baho, II darajada esa immun tizimga chuqurlashgan tekshirish orqali baho beriladi.
    Immunologik tekshiruvlarning I darajasi immun tizimga quyidagi usullarda baho beradi:
    1) periferik qondagi limfotsitlarning nisbiy va absolyut miqdoriga baho berish;

      1. Г va В limfotsitlarning nisbiy va absolyut miqdoriga E va EM - rozetka hosil qilish testlari orqali aniqlash;

      2. qon zardobi tarkibidagi asosiy immunoglobulinlar klassi (G, M, A) miqdorini aniqlash;

      3. neytrofillarning fagotsitar aktivligini o'rganish.

    Agar 1 darajali dastlabki baho berishda immun tizimda kamchiliklar kuzatilsa, maxsus laboratoriyalarda II darajadagi immunologik tekshiruvlar oUkaziladi.
    Uslubiy ko'rsatmalar
    T va В limfotsitlarga baho berishda tekshiruv obyekti limfotsitlar hisoblanadi. Shuning uchun limfotsitlarning toza populyatsiyasini ajratib olish muhim ahamiyatga ega.
    Limfotsitlarni fiкol-verografin zichligi gradiyentida ajratib olish.

        1. Tekshirish uchun tirsak venasidan qon (2-5 ml), ivib qolmasligi uchun geparin (25 birl/ml) qo'shilgan probirkaga olinadi. Olingan geparinli qonni 199 muhitda 2-3 marotaba suyultirish mumkin.

        2. Geparinli qon probirkaga olingan (1-1,5 ml) fikoll-verografin zichligi gradiyentiga (1,077) sekin-asta probirka devori bo'ylab qatlamlashtiriladi. Gradiyent zichlik bilan qon o'rtasidagi nisbat 1:3 teng bo'lishi kerak.


        3. Yüklə 0,54 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə