Mavzu: Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish apparat oqsillari



Yüklə 16,9 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü16,9 Kb.
#162442
  1   2   3   4
Mavzu Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish a-fayllar.org


Mavzu: Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish apparat oqsillari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

_________________________________FAKULTETI


________________________________________YO’NALISHI

SIRTQI TA’LIM


__________________________________________FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish apparat oqsillari.

Bajardi:______________________


Qabul qildi:___________________

Toshkent-2023


Mavzu: Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish apparat oqsillari

Reja:

  1. Muskul qisqarishi

  2. Harakatchan va qisqaruvchan jarayonlar


3.Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Muskul qisqarishi

Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi. Silliq muskullar kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy muskullar deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organoidlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil muskullarga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. Muskullar shakliga koʻra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va h. k. Muskullarga ajratiladi. Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi. Baʼzi muskullarning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). Muskullarning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. Muskullarda kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan muskullar sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.


Muskul qisqarishi normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri .Qisqarish muskulning kattalanishiyoki taranglashida namoyon bo’ladi. Muskul qisqarishi odatda biror ish bajarilishini taminlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chog’ida har ikki oqsil o’zaro tasir etib aktomiozni komplesksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi uchun zarur energiya aktomiozin va adenozintrifosfat kislota o’zaro tasirlashuvidan yuzaga keladi. Bundan tashqari muhitdan malum miqdorda kalsiy ionlari Sa+2 bo’lgandagina muskul qisqarishi ro’y berishi aniqlangan. Muskullar odam va hayvonlar gavdasi azolari nerv impulslari tasirida qisqarish xususuyatiga ega to’qima (muskul to’qimasidan) tashkil topgan. Silliq kondalang targ’il va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakat ----borliqning ajralmas xususiyati bo’lgan o’zgaruvchanlikni (qarang barqarorlik va o’zgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya.Muskul tolasining qisqarish jarayonini L.Xaksli, J.Xanson va M.Xaksli kabi olimlar tomonidan yaratilgan sirpanuvchi tolalar nazariyasi tushuntiradi. Ammo bu nazariya miozin koʻprikcha boshchalarining aktin tola bilan bogʻlanishi va undan ajralishi jarayonini toʻla ochib bermaydi. Devis tomonidan bu jarayon quyidagicha tushuntiriladi. Yaʼni aktin va miozin molekulasi oʻrtasida hosil boʻluvchi koʻprikchalar miozin molekulasi oxiridagi spiral holatda oʻralgan polipeptid zanjirdan iborat boʻlib, bu strukturaning hosil boʻlishi juft manfiy zaryadlarning oʻzaro itarilishi natijasida kelib chiqadi.



Yüklə 16,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə