Mavzu: Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish apparat oqsillari


Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari



Yüklə 16,9 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü16,9 Kb.
#162442
1   2   3   4
Mavzu Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar. Muskul qisqarish a-fayllar.org

3.Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari
Qo‘l panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliroq rivojlanadi. 8 yoshda qo‘l panjasi muskullari juda tez harakatlarni bajara boshlaydi. Bo‘g‘imlarda muskul harakatlari tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlari tezligining ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari almashinishning o‘zaro aloqadorligiga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga bog‘liq. Tolalari uzun parallel bo‘lgan muskullar patsimon va yelpig‘ichsimon muskullarga nisbatan uyg‘unlashgan nozik harakatlar qiladi va tezroq qisqaradi. 7-8 yashar bolalarda muskullar qisqa muddat ichida nozik harakatlarni chaqqon bajara olmaydi. Chaqqonlik bolada asta-sekin hosil bo‘ladi va yosh kattalashishi bilan ortib boradi. Aniq, uyg‘unlashgan nozik harakatlar qilish ko‘nikma hosil bo‘lishiga bog‘liq. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqkrnlikni orttiruvchi omillardan hisoblanadi. Jismoniy mashq bilan shug‘ullangan odamlarda deyarli barcha guruhdagi muskullarning harakat tezligi yuqori darajada bo‘ladi. 20–30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirip davri juda qisqaradi. 30 yoshdan so‘ng uzayadi va harakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi muskullar tezkorligi o‘ng tomondagilarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha harakat sur’ati 1,5 marta ortadi.Bolalarda chaqqonlik rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi. Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda aniq bo‘lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarniig aniqligi va uchiichisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan ifodalanadi. Qo‘llar harakatidagi aniqlik va chaqqonlik, qo‘llarning kichik burchak hosil qilib harakatlanishi yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik ma’lum guruh muskullar ish qobiliyatining uzoqroq saqlanib turish, ya’ni charchashga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidan iborat. Chidamlilik ichki organlar, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas olish sistemalari xususiyatiga bog‘liq. Organizmning chidamliligi bajariladigan ishping tabiatiga va jadalligiga qarab o‘zgarib turadi. Ish qanchalik tez bajarilsa, chidamlilik shuncha kam bo‘ladi. Ish jadalligi ikki marta ortganda chidamlilik 100 martagacha kamayishi mumkin.Yosh ulg‘aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo‘lmaydi. 8-10 yashar qiz va o‘g‘il bola larning chidamliligi bir xil bo‘ladi. 12-15yoshda ayniqsa o‘g‘il bolalarda ortadi. 14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga nisbatan 70% ni, 16 yoshda 80% ni tashkil etadi.Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va yurishni ta’miplovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14–16 yoshda muskullar bilan birga bo‘g‘im, bog‘lam apparati rivojlanib boradi.

Xulosa
Muskul kimyoviy energiyani ish bajara oladigan mexanik energiyaga aylantirish xususiyatiga ega. Bu ish ixtiyoriy harakatlarni bajarish, shuningdek, ichki organlarning harakati uchun sarf bo’ladi. Muskullar o’z xossalariga ko’ra odatdagi qattiq jismlardan farq qiladi va elastomerlar, ya’ni kauchuk tipidagi materiallar jumlasiga kiradi. Buning sababi shuki, muskullar bilan kauchukning elastiklik moduli taxminan bir xil (1108n/m ) muskul bilan kauchuk cho’zilganida rentgen nurlari difraksiyasiningo’zgarishlari bir xil bo’ladi, harorat o’zgarishlariga muskul ham, kauchuk ham bir xil reaksiya ko’rsatadi. Muskul qisqaruvchan va elastik elementlardan tashkil topgan. Bu tizimning xossalari gliserin bilan ishlangan muskul preparatlar membrana borligidan kelib chiqadigan xossalarni yo’qotib qisqaruvchan tizimlarni saqlab qoladi. Bundan tashqari, aktomiozin eritmasi yoki aktin va miozin preparatlaridan qisqaruvchan modda iplarini sintezlash mumkin.Qiskaruvchan tizimlar biofizikasi qisqaruvchi elementlar strukturasi, muskullarning qisqarish faoliyatining molekulyar asoslari va bu jarayonda kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Muskul toʻqimasi elastomer xususiyatga ega boʻlib, tarkibiga kiruvchi biopolimerlar mexanik va kimyoviy taʼsir natijasida oʻz uzunligini oʻzgartirish xususiyatiga ega. Muskul toʻqimasining qisqarishini taʼminlovchi strukturasi aktin va miozin oqsilidan tuzilgan. Aktin molekulyar massasi 50 - 80 kD atrofida boʻlib, molekulasi uzunligi 103 A0 ni tashkil etadi. Miozin oqsili esa molekulyar massasi 42 kD ni, molekula uzunligi 1600 A0 ni tashkil etib, skelet muskul toʻqimasining 60 % massasidan iborat.

Yüklə 16,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə