Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


-jadval Immunomodulyatorlarning asosiy gruppalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə37/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Иммунология

33-jadval

Immunomodulyatorlarning asosiy gruppalari

Kelib chiqishi

Immunomodulyator preparatlar

Endogcn Ekzogen

Sitokinlar
Tabiiy birikmalar (mikroorganizmlar va ularning komponentlari) Sintetik yuqori va past molekulyar preparatlar

II., IFN, kolonaaktivlashtiruvchi faktor, FNO, eritropoetin va boshq. Bakteriya va virus vaksinalari, LPS, glikanlar, prodigazan, salmazan, pirogenal, ribomunil, imudon va boshq.
Polifosfatlar, polikarboksilatlar, polisul- fatlar, levamizol, inozipleks, diutsefon va boshq.






34-jadval
Klinik ahamiyati mavjud bo'lgan immunomodulyatorlar

Preparatlar

Asosiy ta'sir mexanizmi

Diutsefon

IL-2 sekretsiyasini aktivlashtiradi

Levamizol

T-limfotsitlar va fagotsitlar funksiyasini korreksiyalash xususiyatiga ega

Izoprinozin

T-limfotsitlarni faollashtirish xususiyatiga ega

Miyelopeptid

B-limfotsitlarni faollashtirish xususiyatiga ega

Dibazol, metiluratsil, pentoksil, pirogenal, prodigiazan, enterobak- teriyalar-LPS, salmazan

Fagotsitlar, B-limfotsitlar xususiyatini leykopoez, monotsitlarning sitotoksik xususiyatini faollashtiradi

IL-4, IL-5, IL-6

B-limfotsitlarning shakllanishini faollashtiradi

T-aktivin, timozin, timotropin, timalin, immunmodulin

T-limfotsitlar funksiyasini korreksiyalaydi, IL-1, IL-2, IL-3 va limfoid hujayralar sintezi va sitotoksik aktivligini oshiradi

Polifosfatlar va polikarboksillar

lmmunkompetent hujayralarni poliklonal faollashtiradi

IFN induktorlari

INF sintezini faollashtiradi

INF

100 dan ortiq effektlari aniqlangan


Stafilokokk aulovaksinasini tayyorlash bosqichlari. O'ldirilgan autovaksina bemor organizmidan bevosita ajratib olingan qo'zg'atuvchi shtammidan tayyorlanadi:

  1. Stafilokokk qiyalantirilgan oziqli agarga ekiladi.

  2. O'stirilgan kulturaning tozaligi (mikroskop ostida surtma tayyorlab) tekshiriladi.

  3. Mikrob hujayrasining birlamchi suspenziyasi natriy xloridning 5 ml izotonik eritmasi bilan yuvib tayyorlanadi.

  4. Bakteriya suspenziyasi 70-80° С da bir soat davomida suv hammomida qizdiriladi.

  5. Qizdirilgan suspenziyani oziqli muhitga ekib, uning sterilligi tekshiriladi.

  6. Optik standart yordamida vaksinalar standartlanadi: 1 ml qizdirilgan mikrob suspenziyasi natriy xloridning ma'lum miqdoridagi steril izotonik eritmasi bilan suyultiriladi, quyqaligi optik standart bilan solishtiriladi - 1 mlrd/lml; bakteriya suspenziyasining qolgan qismiga natriy xloridning izotonik eritmasidan tegishli miqdorda qo'shilib suyultiriladi.

Flokkulatsiya reaksiyasi. Toksin yoki anatoksinning toksinga qarshi zardob bilan o'zaro birlashishi natijasida parcha-parcha flokkulat cho'kmasi hosil bo'ladi (67- rasm). Antigen va antitela ekvivalent nisbatda bo'lgan probirkada flokkulatsiya («initsial») erta sodir bo'ladi va yaqqol ko'rinadi.
Reaksiya 2 ta bosqichda qo'yiladi:
1. Standart qon zardobi yordamida toksinning 1 ml dagi Lf (Limes flocculationis) soni aniqlanadi. Lf toksini, uning miqdori, ya'ni («initsial») flokkulatsiya bera oladigan xalqaro birlik (XB) bilan aniqlanadi. Toksin kuchi aniqlangach, zardob kuchi aniqlanadi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə