Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
84019 (2)

33
7- MAVZU
IQTISODIY FAOLIYAT TAHLILI
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Poyabzal sexi 2012- yilda 20 mln so‘m foyda olgan edi. U 2015- yilda 
23 mln so‘m, 2018- yilda esa 30 mln so‘m foyda oldi.
Narxlar 2012- yilga nisbatan 2015- yilda 18 % ga, 2018- yilda esa
30 % ga qimmatlashgan. 
1. 2015- yilda 23 mln so‘m pulga tadbirkor 2012- yilda 20 mln so‘m 
pulga olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? Nega bunday?
2. 2018- yilda 30 mln so‘m pulga 2012- yilda 20 mln so‘m pulga 
olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? 2015- yilda 23 mln 
so‘mga olganchalik tovar va xizmatlarni-chi?
3. Shularni e’tiborga olgan holda, 2015- yilda firma foydasi haqiqatan 
ham ko‘paygan deb ayta olamizmi? 2018- yilda-chi?
Firmaning tovarni sotishdan olgan kirimini hisoblashda sotilgan tovar 
miqdori tovar sotilayotgan paytdagi bozor narxiga ko‘paytiriladi. Firmaning 
yillik daromadi esa uning mana shunday kirimlarining yig‘indisidan 
iboratdir. Firmaning joriy yildagi daromadini uning oldingi yillardagi 
daromadlari bilan solishtirmoqchi bo‘lsak, biz qanday yo‘l tutishimiz 
kerak bo‘ladi? Inflatsiya natijasida tovarning narxi o‘zgargan. Bu esa o‘z 
navbatida ishlab chiqarilgan tovar miqdori o‘zgarmagan taqdirda ham 
firma daromadining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada firma foydasining 
ham o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham real daromad va real 
foyda tushunchalarini kiritishimizga to‘g‘ri keladi. Firmaning joriy narx-
lardagi daromadi yoki foydasi firmaning 
nominal daromadi 
yoki 
nominal 
foydasi
deb ataladi. Firma daromadi yoki foydasining narxlar o‘zgarishini 
inobatga olgandagi qiymatlari firmaning, mos ravishda,
 real daromadi
yoki 
real foydasi 
bo‘ladi. Narxlarning o‘zgarishi darajasini aniqlovchi 
ko‘rsatkich — bu 
narxlarning o‘zgarish indeksi
dir. Bu indeks joriy yildagi 
o‘rtacha narxlarning taqqoslash uchun olingan yildagi o‘rtacha narxlarga 
3 – E. Sariqov, B. Xaydarov
http:eduportal.uz



Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə