Iqtisodiy ta'limotlar


Neoliberalizmning boshqa oqimlari



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

19.4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari 

F. Fon Xayek 
 
Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi 
asosiy namoyan-dasi asli Avstriyadan chiqqan 
amerikalik Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning 
eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. 
Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. 
Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga 
asoslangan sotsialistik xo`jalik va hukumat tomonidan 
tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mum-
kin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks et-
tirmaydi. Uningcha, sotsializmning "tartibga solinadi-
gan iqtisodiyot"i rejalarni o`zboshimchalik bilan tuzadigan tashkilotchi-
larning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro`y beradi. Yagona oqil 
siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin al-
mashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy 
asarlari 
quyidagilar: 
"Liberalizm", 
"Insoniy 
harakat: 
iqtisodiyot 
Fridrix fon Xayek 


346 
to`g`risidagi traktat", "Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari" va 
boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi asli nemis bo`lib, asosiy faoliyatini Angliyada 
ko`rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati 
bo`lgan. U o`zining "Qullik sari yo`l" asarida har qanday iqtisodiy 
erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya'ni yakkaho-
kimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo`jalikda bozor tiz-
imining "aralash" va "buyruqbozlik" iqtisodiyotidan ustunligini ko`rsatib 
beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e'lon qiladi, kapitalizm davrida ek-
spluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik 
g`oyalari to`la tushkunlikka mahkumligi va o`z tabiatiga ko`ra halokatli 
ekanligini ta'kidlaydi. 
Bu ta'limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi 
tanish bo`lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberal-
izmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi 
Ludvig Erxard (1897-1877) yaratgan nazariya "ijtimoiy yo`naltirilgan bo-
zor xo`jaligi"ning asosini tashkil etadi. U o`z nazariyasini yaratdi va uni 
GFRda kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning 
asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin 
raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat 
bozor xo`jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy 
yo`naltirilgan rivojlanishini ta'minlashi kerak. Bu g`oyalar L.Erxardning 
1956 yilda chop etilgan "Barcha uchun farovonlik" kitobida ifodalab beril-
gan. Nemis olimlari A.Ryustov, Vol'ter Oyken (1891-1950), shveysariyalik 
V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya'ni "o`rta yo`l" ta'limotiga asos 
solgan bo`lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular "inson-
parvar jamiyat", "xo`jaliklarning ideal tiplari" haqida fikr yuritadilar. 
Bu model "asoschilari"dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke 
kapitalizm va sotsializm orasidagi "uchinchi yo`l" borligini ko`rsatib berdi. 
Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo`lmish GFR, Shvetsiya va boshqalar 
shu yo`lni tanladilar (Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., "Sharq" 
NMK, 1996, 5-bet). 
Dastlab 1961 yilda paydo bo`lgan "ratsional kutilmalar" nazariyasi 
hozirgi davrda keng targ`ib etilmoqda. J.F.Mut tovarlar va qimmatli 
qog`ozlar bozoriga bag`ishlangan maqolasida "nima uchun biron bir qoida 
yoki formula hech qachon narxlarning o`zgarishini to`g`ri prognoz qila 
olmaydi?" degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, 
amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta 


347 
ishlanadi va ularning ko`ra bilishi, demak "kutilmalar" ratsional bo`lib 
chiqadi. 
70-yillarda keynschilik siyosati AQSH iqtisodiyotida makro-
ekonomik masalalarni hal etishda samarasiz bo`lib qoldi, shunda 
R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan 
g`oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini "ratsional 
kutilmalar" asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy 
agentlar ham o`z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo`lidagi in-
formatsiya asosida shakllantiradilar va o`z-o`zidan tushunarliki, iqti-
sodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun hara-
kat qiladilar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda, 
ya'ni narxlar o`zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash 
kabi usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato 
bo`ladi, degani emas va ko`ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot 
tasodifiy, oldindan aytib bo`lmaydigan shok o`zgarishlariga uchrab turadi, 
bu esa narxlarning subektiv kutilmalarining o`rtacha miqdoriga yoki "ma-
tematik kutilma"ga teng bo`ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Ratsional 
prognoz yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har 
doim nolga teng bo`ladi. R.I.Lukas "ratsional kutilmalar" nazariyasi uchun 
1995 yilda Nobel mukofoti laureati bo`ldi. 
XULOSA 
Neoliberalizm keynschilik ta'limoti davrida yuzaga keldi, ammo 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat 
"sport sudyasi" vazifasini bajarishi, ya'ni erkin iqtisodiyot qonun-
qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo`nalishning yirik uch marka-
zi Germaniya, AQSH va Angliya paydo bo`ldi. Germaniya ijtimoiy bozor 
xo`jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat 
iqtisodiy siyosati darajasiga ko`tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, 
xususan, 
mustaqil 
O`zbekistonda 
ham 
muvaffaqiyatli 
amalga 
oshirilmoqda. 
Chikagoda paydo bo`lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi 
bilan mashhur bo`ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning 
qattiqqo`l pul siyosatidir, har yili kon'yukturaga bog`lanmagan holda pul 
massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo`l AQSHda yaxshi natija berdi. 


348 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə