Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

Asosiy tushuncha va iboralar. 
Islom; ribo; Ibn Xaldun; "Kitob-ul-ibar"; "Русская правда"; 
"Domostroy"; "beg`araz sovg`a"; "Utopiya"; "Oftob shahri"; ilk xayoliy 
sotsializm; "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi". 
Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
1. Feodal yer egaligi davri qachon boshlangan va uning rivojlanish 
bosqichlari qaysi? Bu davrda bosh iqtisodiy g`oya nimadan iborat bo`lgan? 
2. Islom dinida qanday iqtisodiy g`oyalar qo`llab-quvvatlangan va 
qaysilari inkor etiladi, nega? Ribo' nima? 
3. Islom aqidalari bo`yicha savdo foydasining eng yuqori foizi qan-
cha? 
4. Ibn Xoldunning bosh iqtisodiy asari qaysi va u qachon yozilgan? 
Asardagi asosiy iqtisodiy g`oyalarni ta'riflab bering. 
5. G’arbiy Yevropada feodalizm davridagi iqtisodiy g`oyalarning 
asosiy yo`nalishlarini aytib bering. 
6. Foma Akvinskiyning iqtisodiy ta'limotida qaysi masalalarga 
asosiy e'tibor berilgan? 


48 
7. Rossiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning asosini nima 
tashkil etadi? 
9. Xayoliy (utopik) sotsializmning asoschilari kim? Xususiy mulk 
va pulga bo`lgan munosabat hamda yangi jamiyatning asosiy aqidalari 
qanday? 
10. "Qo`ylar odamni yeb qo`ydi" iborasining mazmuni nima, bu 
ibora qachon va kim tomonidan aytilgan? 
Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov,
umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni
pok va but-butun asrashga burchlidir.
"Avesto"dan. 
3-BOB. O`RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR 
DAVRIGACHA BO`LGAN IQTISODIY FOYALAR 
3.1. "Buyuk ipak yo`li"ning Markaziy Osiyoda 
iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o`rni. 
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin 
Sharq, Yevropa davlatlarini bog`lovchi qadimgi savdo yo`li - Buyuk ipak 
yo`lidir. Bu yo`l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli "Ipak yo`li" 
nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo`l m.a. II asrdan to milodiy XV asrga-
cha, suv yo`llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, 
Yaqin Sharq hamda O`rta Yer dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotiq 
va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o`ynagan. 
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg`oqlaridan Xuanxe daryo-
sidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo`l Lanchjou orqali Dunxuan-
ga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g`arbga ikkinchisi 
janubi-sharqqa yo`nalgan. Karvon yo`lining umumiy uzunligi 12 ming 
chaqirim atrofida bo`lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu 
yo`nalishga ilk bor "Buyuk ipak yo`li" degan nisbat beradi va bu ibora 
muammola (istofoda) ga kiritiladi.
Shimoliy yo`l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg`ar, 
Dovon (Farg`ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi Sa-
marqand va Marg`iyona (Marv) ga yo`nalgan. Ipak yo`li Farg`ona vodiysi-
da yana juft tarmoqqa bo`lingan. Janubiy qismi O`zgandan O`sh, quva, 
Marg`ilon, qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. 


49 
Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o`tib, Iloq vohasi hamda 
Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo`lning uzviy bo`lagi 
hisoblangan. Bu yo`l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va G’arbni turli jab-
halarda bog`lovchi yo`ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va 
boshqalar). 
Shu karvon yo`l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlama-
lar, gilam va paloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho 
tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg`ona) dan ot va 
tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo`lning ahamiyati ancha pa-
saydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka 
erishuvi tufayli, bu yo`lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug`ildi. Xi-
toy, Qirg`iziston, O`zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali 
Ozarbayjon, Gruziya, qora dengizga chiquvchi undan Yevropa (Parij, Rot-
terdam) ga yetkazuvchi yo`l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, 
bu yo`lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O`rta Osiyoning Buyuk ipak yo`li o`rni 
va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, ho-
zirgi O`zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama 
(siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo`lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lu-
motlarga ko`ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o`rni, qazilma 
boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatse-
varligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo`yganligi va 
ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. 
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, 
boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha 
hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa, oltin ajnabiylarni ma-
gnit (ohangrabo) kabi tortganligi aniq. 
Bu o`lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan ze-
bu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po`lat olish va undan yasalgan as-
bob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, 
ipakdan to`qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko`rinishli qo-
rako`l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo`lgan. 
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asar-
lar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori 
bo`lgan. Miniatyura san'ati yuqori darajada edi. 
Shu sababli, bilim, ilm makoni bo`lgan kitob savdo-sotig`i yetakchi 
o`rinni egallagan. Hozirgi davrda ko`plab taniqli mutafak-kirlarimizning 
asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o`z vatani, 
O`zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, o`z davri-


50 
da kitob savdosi Buyuk ipak yo`lining asosiy faoliyatidan biri bo`lgan, 
demak, bu yerdan chetga ko`plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan. 
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo`lganligi 
ma'lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga 
juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini 
so`ralganda, ot olishni afzal ko`rgan. Otlar xalq xo`jaligining barcha tar-
moqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chov-
gan o`ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar 
eksportda yetakchi o`rinni egallagan. 
Qishloq xo`jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan 
mahsulot asosiy o`rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), 
bog`dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xi-
toydan kirib kelgan bo`lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum 
va beda yetishtirishni o`rganishgan. 
Vatanimiz hududida qorako`l teri beradigan qo`ylar parvarishi mu-
himdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Ho-
zirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O`zbekiston mustaqilli-
gini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha 
odam, ot, tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchi-
lar, xajga boruvchilar, harbiy qo`riqchilar bo`lgan. Butun yo`l boshidan-
oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o`tilgan. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə