Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


Valyuta pariteti – Валютный паритет - Currency parity



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə297/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

Valyuta pariteti – Валютный паритет - Currency parity – milliy valyuta qiymatining xorijiy valyuta qiymatiga nisbati bo‘lib, valyutalarning xarid qobiliyatlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Valyuta kursi – Валютный курс – Exchange rate– milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbati bo‘lib, valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab aniqlanadi.
Valyuta riski – Валютный риск- Currency risk – valyuta kurslarining tebranishi natijasida zarar ko‘rish xavfi.
Valyuta interventsiyasi – Валютная интервенция - Currency intervention – milliy valyuta kursining favqulodda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish maqsadida Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutani sotib olinishi yoki sotilishi.


21-Mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari


Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti – организация экономического сотрудничества и развития - organization for economic cooperation and development - Hozirda bu tashkilot o‘z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga – tashkilotga a’zo mamlakatarda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish, moliyaviy barqarorlikka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion qarama – qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish kabilar kiradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Европейский банк - европейский банк реконструкции и развития - European Bank for Reconstruction and Development -Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda Evropa parlamentining yig‘ilishida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. SHundan so‘ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan EETB ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi – международный валютный фонд - International Monetary Fund - jamg‘armaga a’zo mamlakatlarning valyuta – kredit munosabatlarini tartibga solish va ularning to‘lov balansi defitsetini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o‘rta va uzoq muddatga kredit berish bilan shug‘ullanadi.

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə