Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə300/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Pul zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Pul munosabatlarining mavjudligi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek iqtisodiyotni rivojlantirishda mamlakatda faoliyat yuritayogan tijorat banklarining bajarayotgan operatsiyalari va ko’rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari muhim ahamiyatiga ega. O’z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo’g’indir. Shunga ko’ra, iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan kadrlarga alohida talablar qo’yiladi. Pul va banklar fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, iqtisodiyot bo’g’inining ajralmas qismi hisoblangan bank - moliya tizimiga kadrlar etkazib berishda muhim rol o’ynaydi.





  1. Fanning maqsad va vazifalari



Fanning maqsadi – talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo’yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning mohiyati va printsiplari, kreditning shakllari va turlari, bank tizimi va uning tarkibi, tijorat banklari operatsiyalari, nobank moliya kredit institutlari faoliyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.
Pul va banklar fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • pul va banklar kategoriyalarining paydo bo’lishi va ularning evolyutsiyasi;

  • pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari;

  • pul aylanmasi tushunchasining mohiyati;

  • pul muomalasi va uni tashkil qilish asoslari;

  • pul tizimining mazmuni va uni tashkil qilish asoslari;

  • inflyatsiya va uning yuzaga kelish sabablari;

  • kredit tushunchasi va uning zarurligi;

  • kredit munosabatlari yuzaga kelishining sabablari va shart-sharoitlari;

  • banklarning dastlabki operatsiyalari;

  • Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi;

  • tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari;

  • tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalari;

  • nobank moliya-kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi;

  • kredit tizimi va uning tarkibi;

  • valyuta munosabatlari asoslari;

  • xalqaro moliya institutlari faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • pul, kredit va banklarning shakllari va turlarini;

  • pul nazariyalarining o’ziga xos xususiyatlarini;

  • naqd va naqdsiz pul aylanmasini;

  • pul agregatlari va ularning tarkibini;

  • pul tizimining elementlari va uning rivojlanishini;

  • inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini;

  • kredit qonuniyatlari va munosabatlarining rivojlanish bosqichlarini;

  • kreditning turlari, shakllari va funktsiyalarini;

  • banklarning turlari va bank tizimining elementlarini;

  • Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini;

  • tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini;

  • tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarining tarkibini;

  • nobank kredit tashkilotlari resurs bazasining shakllanishi va aktiv operatsiyalarini;

  • kredit tizimining elementlari va turlarini;

  • milliy valyuta tizimi va uning elementlarini;

  • xalqaro moliya institutlarining rivojlanishini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • pul, kredit va banklarning funktsiyalari va ularning o’zaro aloqadorligiga baho berish;

  • zamonaviy pul nazariyalari ahamiyatini anglash;

  • pul aylanmasini tashkil etish;

  • pullarga bo’lgan talab va taklifni aniqlash hamda pul islohotlarini amalga oshirish;

  • pul muomalasini barqarorlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  • kredit shakllaridan foydalanish;

  • kredit tizimining barqarorligini ta’minlash;

  • O’zbekiston Respublikasi bank tizimini tartibga solish;

  • tijorat banklari aktiv operatsiyalarining riskliligi va daromadliligini baholash bo’yicha malakaga ega bo’lishi lozim.




  1. Yüklə 18,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə