501
•
Xanatal va xantal paketchalari.
•
Lotok, iliq suv (harorat 40-45 °C).
•
Ko’rpa, papiros qog’oz yoki doka salfetka.
•
Paxtali tamponlar, sochiq, vazelin.
•
Ishlatilgan anjomlar uchun lotok.
Bajarilish ketma-ketligi:
1.
Xantal yaroqliligini tekshirish:
ishlab chiqarilgan sana, xantal
sochilib
ketmasligi kerak, xantalni namlaganda o’tkir xidning
paydo bo’lishi.
2.
Xantal qo’yish
joyini aniqlash, teri qoplamlarini ko’zdan
kechirish.
3.
Bemorni yotqizamiz (rasm.1).
4.
Xantalni 5-10 daqiqa iliq suvga solamiz (harora 40-45 °C),
suvni chayqatamiz va xantal tomoni bilan teriga yopishtiramiz
(terida yuqori sezuvchanlik bo’lsa
va chaqaloqlarda xantal
ostiga pipiros qog’oz yoki doka salfetka qo’yiladi yoki ikkita
xantalni bir-biriga ichki tomoni bilan yopishtiriladi).
5.
Bemorni
avval sochiq bilan, keyin ko’rpa bilan o’raymiz. Bir
necha daqiqadan so’ng bemor terisida issiq va ozgina jizillashni
sezishi kerak.
6.
5-15 daqiqadan keyin xantal olinadi (terida giperemiya bo’lishi
kerak).
7.
Teridagi xantal qoldiqlari nam salfetka bilan artiladi va sochiq
bilan teri quritiladi.
8.
Teridagi qizargan sohalar vazelin yog’iga
namlangan paxta
tamponlar bilan artiladi.
9.
Bemor issiq qilib o’raladi.
10.
O’tkazilgan protseduradan keyin bemor 30-40 daqiqa
yotishi lozim.
Asorati:
•
Uzoq vaqt xantal terida qolib ketsa
pufakchalar hosil qilgan
holda teri kuyishini chaqiradi.
•
Xantalni bir necha bor bir xil joyga qo’yilsa terini Shu
sohasida pigmentatsiya yuzaga keladi.