Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda milliy va xorijiy tajribalar



Yüklə 279,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix04.10.2023
ölçüsü279,67 Kb.
#125317
1   2   3   4   5   6   7
1523-Текст статьи-4730-1-10-20221113

Образование и инновационные исследования (2022 год №7)
ISSN 2181-1717 (E)
251
http://interscience.uz
qiziqishlari va manfaatlari turishi lozim. Bolalarning psixologik beqarorligini 
bartaraf qilish uchun tarbiyachi tomonidan samarali innovatsion yondashuvlarni 
moslashtirgan holda qo‘llash zarur. Xususan, interfaol usullar pedagogik jarayonda 
ishchi, ijodiy muhit yaratish imkonini beradi. Bolalarning jismoniy, ma’naviy, 
psixik-emotsional (ruhiy-hissiy) sog‘ligi ta’minlanadi, shaxslararo munosabatlari, 
o‘zaro hamkorligi amalga oshadi. O‘quv jarayonida bolalar diqqati beqarorligi 
sababli qo‘yilgan maqsadga erishishda to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Mana shu 
jarayonda tarbiyachidan pedagogik improvizatsiya va metodlar transformatsiyasini 
amalga oshirish talab etiladi. Ba’zida og‘zaki metodlardan foydalanish samara 
beradi, tarbiyachi atrof olam haqida Ona Vatan, buyuk siymolar, milliy bayramlar, 
kattalar mehnati, transport vositalari, buyumlar, kiyimlar haqida hikoya qiladi, 
tushuntirish beradi, suhbatlar o‘tkazadi, badiiy adabiyotlar o‘qib beradi. Ayrim 
vaziyatlarda bolalarda tomosha qilish istagi paydo bo‘ladi, bunda esa ko‘rgazmali 
metodga o‘tiladi: Vatan, milliy bayramlar, buyuk siymolar, tana a’zolari, gigiena 
va sog‘lom bo‘lish haqida videoroliklar namoyish etiladi. Bolalarda atrof olam 
haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratiladi ya’ni 
atrofdagi borliq, voqea-hodisalar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar maktabgacha 
ta’lim jarayonidan tashqari vaqtda ya’ni ijtimoiy jarayon va oilada ota-onalar 
tomonidan kutilmagan holatlarda ham beriladi. 
Bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlarni 
o‘qish muhim sanaladi. “So‘zlasang-unutaman, ko‘rsatsang-eslab qolaman, o‘zim 
bajarishimga imkon bersang-tushunaman” tamoyiliga rioya etish maqsadga 
muvofiqdir. Agar bolalar eshitib, ko‘rib, tajribani o‘zi mustaqil bajarsa, uni bir umr 
esda saqlab qolishi mumkin. Maktabgacha ta’lim jarayonida tajribalarni qo‘llash 
imkonini beradigan “NBIC” texnologiyasidan foydalanildi. 
Bunda bolalar tajriba yoki tadqiqot o‘tkazib nafaqat yangi ma’lumot olishi, 
balki yangicha izlanishlar, kashfiyotlar yaratishiga harakat qilish kerak. Tarbiyachi 
bolani bilimlarni o‘zlashtirishga ortiqcha majburlamasligi, “nima uchun” va 
“qanday” savollariga o‘zi mustaqil javob izlashi uchun pedagogik sharoit yaratishi 
lozim. “Ilm-fan va tabiat” markazida bolalar kichik tadqiqotlar o‘tkazadi.
Tajriba o‘tkazish orqali bolalarning bilish faolligi rivojlanadi, qiziquvchanligi 
oshadi, mustaqil fikrlash va tushunishga intilishi kuchayadi. Tabiat haqidagi bilim 
va ko‘nikmalari kengayadi, ularni amaliyotda qo‘llab tajribada sinovdan o‘tkazish 
orqali tabiat haqidagi tasavvurlari chuqurlashadi. Tajriba o‘tkazish orqali bolalarda 
fanlarga oid elementar bilimlar shakllanadi, atrof olam haqidagi tasavvurlari
kengayadi, mustahkamlanadi. 
Tajriba vaqtida bolalarda mikroskop, lupa va jihozlardan foydalanish 
ko‘nikmalari shakllanadi. Eng muhimi bolalarda aqliy qobiliyat rivojlanadi
kommunikativlik, mustaqillik, kuzatuvchanlik, o‘zini nazorat qilish va o‘z 
harakatlarini boshqarish kompetensiyalari shakllanadi. Bolalarning tadqiqotchilik 
faoliyati yo‘nalishlaridan biri bu shaxsiy tajribadir. Bolalar tajribada sinab ko‘rishni 
juda yoqtiradilar. Maktabgacha yoshda tajriba metodi yetakchilik qiladi, 5-7 yoshda 
bolalar atrof olamni amaliy va tabiiy usulda anglaydilar. Har bir tarbiyalanuvchini
shaxsiy tajribani mustaqil bajarishiga undash lozim. Bola kuzatuvchi emas, balki 
tadqiqotchi bo‘lishi uchun sharoit yaratilishi kerak. Tarbiyachining harakatlari 
qiziqarsiz bo‘lsa, bola uni kuzatishdan tez charchab qoladi.
Natijada bolalarda bilim olishga bo‘lgan motivatsiya pasaya boshlaydi. 
Mashg‘ulotlardagi ishtiroki ham samarasiz bo‘ladi. Tajribalar bolalarning, masalan 
taxmin, kutilayotgan natija, vazifalarni yechish yo‘lini izlash, sinab ko‘rish haqidagi 
fikr va farazlarni ilgari surishi bilan olib boriladi. Tajriba yordamida bolalar 
mustaqil tadqiqot o‘tkazishni o‘rganadi, fikrlaydi, o‘z fikrini himoya qiladi, tajriba 
natijalarini umumlashtiradi. Tajriba o‘tkazish bolalarda ekologik madaniyatni 
shakllantirishning eng samarali yo‘li bo‘lib, tafakkur, mantiq, ijodkorlik rivojlanadi.



Yüklə 279,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə