Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Azon va takbirning hukmlari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Azon va takbirning hukmlari 
Muqimliqda va safarda bo‘lsin, xoh yolg‘iz, xoh jamoat bo‘lib farz namozlarini o‘z vaqtida yoki 
qazosini o‘qish oldidan erkaklarning azon va takbir aytishlari sunnati muakkadadir. Ayollarga esa 
makruhdir. 
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bilan sahobalar bir kuni musulmonlarga namoz 
vaqti kirganini bildirish uchun biror usul yo vosita topish xususida suhbatlashib, eng ma’qul usulni 
izlashga kirishadilar. Barcha o‘z fikrini ayta boshlaydi. Kimdir zang (qo‘ng‘iroq) chalinsin, dedi. 
Payg‘ambarimiz "bu nasroniylar odatidir", debradqildilar. Kimdir "karnay (quvur) chalaylik" dedi. 
"Bu yahudiylar odatidir", dedilar Alloh Rasuli. Ba’zi sahobalar nog‘ora chalishni taklif qildilar. 
Payg‘ambarimiz: "Bu Bizans (sharqiy Rum) odatidir ", dedilar. Ba’zilar olov yoqaylik dedi. 
Sayg‘ambarimiz: "Bu majusiylar odati", debqabul qilma-dilar. Kimdir "masjid tomiga bayroq. tikaylik, 
ko‘rganlar namoz vaqti bo‘lganini bilsin " dedi. Bu fikr ham Payg‘ambarimizga yoqmadi. Aniq bir 
fikrga kelmasdan tarqalishdi. Abdulloh ibn Zayd ham ularning oralarida edi. O’sha kunni eslab 
shunday deydi: "O’sha tunda shunday xayol tushunchalar bilan uyquga yotdim. Uyqu va bedorlik 
aralash holatda chiroyli kiyingan bir kishini ko‘rdim, Devor ustida qo‘liga zang ushlagan holda 
menga tikilib o‘tirardi. Unga: "Qo‘lingdagini menga sotasanmi?" dedim.
— Nima qilasan ? — dedi.
— Namoz paytida u bilan musulmonlarni masjidga chaqiraman, dedim.
Bundan chiroyliroq usulni o‘rgataymi? — dedi va o‘rnidan turib, bizga ma’lum jumlalar bilan azon 
aytdi. Biroz o‘tirganidan so‘ng yana turib, bizga ma’lum shaklda takbir aytdi. Ertalab uyg‘ongach, 
darhol Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga borib, tushda ko‘rganlarimni so‘zlab 
berdim. Shunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, "O’sha yashil libosli kishi sizga 
o‘rgatgan jumlalarni Bilolga o‘rgating, bizga aytib bersin. Uning ovozi chiroylidir ", dedilar. Biroz 
o‘tgach, Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, vaziyatdan xabar topgach: "Xuddi shunday tushni men 
ham ko‘rdim, lekin Abdulloh ibn Zayd biroz ertaroq, Harakat qilibdi ", dedilar. Bu orada bir necha 
sahobalar ham kelib xuddi shunday tush ko‘rganlarini aytadilar. Bu xususda Nayg‘ambarimizga ham 
alohida vahiy kelgan edi. Bir rivoyatga ko‘ra, Xazrati Umar, roziyallohu anhu, ko‘rgan tu-shini aytish 
uchun, erta tong Payg‘ambarimizning huzurlariga yuguradilar. U zot, sollallohu alayhi va sallam, 
o‘zlariga ham shunday vahiy kelganini aytadilar. Demak, azon bugungi jumlalari bilan arab tilida 
ba’zi sahobalarga tush, Payg‘ambarimizga esa, vahiy orqali o‘rgatilgan. Shu bois azon lafzlarini 
o‘zgartirish, boshqa tilda aytish, tush va ilhom orqali ma’lum qilingan ilohiy maqsadga zid bo‘ladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə