Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos


Gormonlarni hujayra membranasi faoliyatiga ta'siri



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə20/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Hujayradagi hayotiy jara

4.3.1. Gormonlarni hujayra membranasi faoliyatiga ta'siri
Gormonlar ichki sekretsiya bezlari orqali ishlanib to‘g‘ri qonga beriladi. Ularda, maxsus chiqarish yo‘llari yo‘q. Endokrin yoki ichki sekretsiya bezlariga qalqonsimon bez, qalqon oldi bezlari, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezining alohida qismi: jinsiy bezlar: urug‘don, tuxumdonlar, gipofiz yoki miya o‘sig‘i, bo’qoq bezi kiradi. Ulardan ajraladigan gormonlar fermentlarni aktivlab yoki pasaytirib membranalarni o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, moddalar o‘tkazuvchanligida ham ishtirok etadi.
Masalan, glyukokortikoidlar uglevodlarni aminokislota va yog‘ kislotalardan hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Hujayra membranasini o‘tkazuvchanligiga ta'sir qiladi.
Mineralkortikoidlar Na+ va K+ ionlarini almashinuvini boshqarib natriyni ushlab qolishga kaliyni esa siydik bilan ko‘proq chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
Gormonlar hujayralar faoliyati asosida yotuvchi almashinuv jarayonlariga
ta`sir etib, ular funksiyasini boshqarib turadi. Gormonlar hujayra membranasi bilan bog`langan joyda glyukoza, aminokislotlar, ba`zi bir ionlar o`tkazuvchanligini o`zgartiradi. Gormonlar membrana transport sistemasiga allosterik ta`sir ko`rsatadi.
Gormonlarni membranali ta`sir etishi alohida holda kam uchraydi. Buni insulin misolida ko`rish mumkin. Insulin bir vaqtni o`zida membranali va membrana hujayra ichki turlari bo`yicha ta`sir etadi. Insulin membrana orqali ionlar, glyukoza va aminokislotalar transportini osonlashtiradi. Shuningdek, glyukozani fosforlanishida ya'ni uglevod almashinuvida qatnashishda va uni hujayra membranasidan o‘tkazishda katta rol o‘ynaydi. Insulin glikogenni sintezini jigarda va to‘qimalarda to‘planishda qatnashib, yog‘li to‘qimalardan yog‘ kislotalarini ko‘chirilishiga halaqit beradi, oqsil sintezini tezlashtiradi.
Insulin va o`sish gormonlari hujayraning tashqi pardasiga, paratgormon va tiroksin mitoxondriyalar membranalariga, gidrokortizon lizosoma membranalariga ta`sir etadi. Ushbu mexanizm hujayra ichiga o`tolmaydigan oqsil tabiatli gormonlar uchun xarakterlidir. Shu xususiyatiga ko`ra gormonlar modda almashinuviga hujayra ichki kimyoviy vositachilari orqali ta`sir etadilar.



Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə