O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasida aktuar hisoblarni amalga oshirish



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

9.2. Hayot sug„urtasida aktuar hisoblarni amalga oshirish 
Yoshga nisbatan yillik vafot etish ehtimolligining o‗zaro bog‗liqligini vafot 
etish jadvallari orqali tasvirlanadi. Yillik vafot etish ehtimolligi statistik 
ma‘lumotlar asosida aniqlanadi. Boshqa qo‗shimcha ko‗rsatkichlar, masalan 
hayotning davomiyligi ko‗rsatkichi ham yuqoridagi ma‘lumotlar asosida 
hisoblanadi. 
Vafot etish jadvalini hisoblash uchun zarur ma‘lumotlar: 
- biror bir davr uchun, masalan kalendar yili uchun insonlarning jinsi va 
yoshi kesimida vafot etganlar soni; 
- o‗rganilayotgan davrda, masalan bir yoshgacha, bir yoshdan ikki 
yoshgacha va hokazo davrlarda jinsiy tarkib bo‗yicha erkak va ayollar soni. 
Natijada erkak va ayollar uchun yoshga nisbatan vafot etishning empirik 
o‗zaro bog‗liqligi ko‗rsatkichi qx topiladi. 1a rasmdagi o‗zaro bog‗liqlik o‗zgarmas 
emas. Vafot etish darajasi katta yoshda kichik yoshdagilarga nisbatan past bo‗lishi 
mumkin. Bu bir qancha qoidalardan kelib chiqishi mumkin, masalan hayotning 
birinchi yilida vafot etish darajasi boshqa yillarga nisbatan yuqori bo‗ladi. 
Vafot etish jadvali yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning gipotetik guruhlari uchun 
tuziladi, bunda bir kunda tug‗ilgan 100 ming chaqaloq olinishi mumkin. Bu vafot 
etish jadvali quyidagilarni ko‗rsatadi: 
- vafot etishning yillik ehtimolligi, q
x

- navbatdagi tug‗ilishga qadar yashaganlar soni, I
x

- hayotning har bir yilida vafot etganlar soni, d
x

- ma‘lum yoshgacha etganlarning qolgan hayotining davomiyligi X, e
x
.


116 
Vafot etish jadvallari erkaklar uchun alohida va ayollar uchun alohida 
tuzilishi yoki birgalikda tuzilishi mumkin, bundan tashqari quyidagilar bo‗yicha 
ham alohida jadvallar tuzilishi mumkin: 
- shahar va qishloq aholisi uchun; 
- alohida hududlar uchun; 
- aholining turli qatlamlari uchun, masalan AQSHda oq tanliliar uchun 
alohida, qora tanlilar va ispan tilida so‗zlashuvchilar uchun alohida tuziladi. 
Vafot etish jadvalini tuzish uchun quyidagi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi: 
- yangi tug‗ilgan chaqaloqlar soni l0 bilan belgilanadi va buning uchun 
bolalar sonini masalan 100 000 deb olish mumkin; 
- qx - vafot etishning yillik ehtimolligi ko‗rsatkichi bo‗lib, u statistik 
ma‘lumotlardan olinadi; 
- hayotining birinchi yilida vafot etganlar soni d0 =I0 x q0; 
- bir yoshgacha yashaganlar soni l =I0- d0; 
- hayotining ikkinchi yilida vafot etganlar soni d0 =I1 x q1; 
- ikki yoshgacha yashaganlar soni l2 =I1- d1 va hokazo. 
Hayot sug‗urtasining jamg‗arma turlari bo‗yicha faoliyatni tartibga solish va 
zamon talablari asosida boshqarish sohani barqarorlashuviga va tez sur‘atlarda 
rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omil bo‗lib, mamlakat iqtisodiyotda muhim o‗rin 
tutadi. Sug‗urtaning bu turida Sug‗urtalovchining ijtimoiy jihatdan javobgarligi 
darajasining yuqoriligi bilan hayot sug‗urtasi faoliyati ustidan davlat nazorati 
o‗rnatilishini talab etadi. Soha faoliyatda davlat nazoratining zarurligi hayot 
sug‗urtasining mazmun-mohiyatidan ma‘lum.
Qoidaga ko‗ra, jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasi shartnomalari 5-10-
15-20 va undan yuqori bo‗lgan muddatlarga tuziladi. Hayotni sug‗urtalovchi 
sug‗urta tashkilotlari sug‗urta qildiruvchilardan olingan sug‗urta mukofotlari 
evaziga sug‗urta xodisasi yuz berganda, bir necha o‗n yillardan keyin o‗z 
majburiyatlarini bajarishiga qat‘iy ishonch bo‗lishi lozim. Hayot sug‗urtasi 
shartnomasi tuzilishi bilan sug‗urtalovchi va sug‗urta qildiruvchi o‗rtasida uzoq 


117 
muddatli munosabatlar o‗rnatiladi. Bunda sug‗urta qildiruvchilarning manfaatlarini 
himoya qilishda davlat ko‗magi zarur bo‗ladi.
Hayot sug‗urtasi faoliyati bo‗yicha davlat nazorati sug‗urtalovchilarni 
moliyaviy holatini va tuzilgan shartnomalar doirasida olingan majburiyatlarini 
bajara olishini, ya‘ni to‗lov qobiliyatlilik darajasini muntazam kuzatib borish va 
tartibga solishda namoyon bo‗ladi. 
Sug‗urtalovchida olingan majburiyatlari bo‗yicha javobgarlikni bajarish 
uchun yetarlli mablag‗ning bo‗lmasligi nafaqat shartnoma bo‗yicha 
sug‗urtalovchiga, balki butun sug‗urtaga bo‗lgan ishonchni yo‗qolishiga olib 
keladi. Aholining sug‗urta bo‗lgan ishonchi yo‗qolishi natijasida ularning davlat 
moliya institutlariga bo‗lgan shikoyatini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning 
uchun ham davlat sug‗urtalovchilarni moliyaviy barqarorligini nazorat qilish bilan 
birga sug‗urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish va shu bilan 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‗batlantirishi lozimdir.
Hayot sug‗urtasi faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirishning 
ahamiyatga molik yo‗nalishlari – sug‗urtalovchilarni moliyaviy barqarorligini va 
to‗lovga qobiliyatlilik darajasini oshirish hisoblanadi. Bularni amalga oshirish 
yo‗lida mamlakat sug‗urta qonunchiligida quyidagi ko‗rsatmalar berilgan: a) 
litsenziya olish majburiyligi; b) ustav kapitalning shakllantirilganligi; c) sug‗urta 
zahiralarini shakllantirish va ularni joylashtirish tartibi; d) qayta sug‗urtaga berish. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi PQ-1544-
sonli ―Sug‗urtalovchilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq sug‗urta faoliyatini yanada 
takomillashtirish, sug‗urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini 
oshirish, shuningdek sug‗urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari 
himoya qilinishini ta‘minlash maqsadida sug‗urta faoliyati turlariga qarab
sug‗urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012-2014 yillar 
mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borish belgilandi. 
Unga ko‗ra hayotni sug‗urtalash tarmog‗i bo‗yicha ustav kapitalning eng kam 


118 
miqdorlari 2012 yil 1 iyuldan 1 500,0 ming evro ekvivalentida, 2014 yil 1 iyuldan 
esa 2 000,0 ming evro ekvivalentida bo‗lishi kerakligi belgilab qo‗yilgan.
Sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyatining kafolatlari bo‗lib sug‗urta 
zahiralari va o‗zlik kapitali hisoblanadi.
2008 yil 15 dekabrdagi sug‗urtalovchilarning sug‗urta zahiralari to‗g‗risidagi 
nizomga muvofiq hayotni sug‗urtalovchi sug‗urta tashkilotlari hayotni sug‗urta 
qilishning jamg‗arilib boruvchi turlari bo‗yicha zahira (HJZ) va hayotni sug‗urta 
qilishning boshqa turlari (jamg‗arilib boruvchi turlaridan tashqari) bo‗yicha 
zahiralarni (HZ) shakllantirishlari lozim. Bunda mukofotlar zahirasi va zararlar 
zahirasi kabi texnik zahiralar shakllantiriladi.
Mukofotlar zahirasi hayotni sug‗urta qilishning jamg‗arilib boruvchi turlari 
bo‗yicha zahira va hayotni sug‗urta qilishning boshqa turlari (jamg‗arilib boruvchi 
turlaridan tashqari) bo‗yicha zahirani qo‗shish yo‗li bilan aniqlanadi.
Hayotni sug‗urta qilishning jamg‗arilib boruvchi turlari bo‗yicha zahira 
sug‗urta shartnomasining amal qilish muddati to‗liq tugagunga qadar yoki sug‗urta 
hodisasi yuz bergunga qadar bazaviy sug‗urta mukofotining 92 foizidan va uni 
joylashtirishdan (unga hisoblangan foizlardan) olinadigan investitsiya 
daromadining 50 foizidan kam bo‗lmagan hajmda har bir sug‗urta shartnomasi 
bo‗yicha hisoblanadi. Bunda HJZning olingan hajmi sug‗urta shartnomasi bilan 
belgilangan qaytarib sotib olish summasidan (sug‗urta shartnomasini muddatidan 
oldin bekor qilinganda kafolatlangan) kam bo‗lmasligi lozim.
Umumiy holda HJZ har bir sug‗urta shartnomasi bo‗yicha hisoblangan 
HJZlarni qo‗shish yo‗li bilan aniqlanadi. Hayotni sug‗urta qilishning boshqa turlari 
(jamg‗arilib boruvchi turlaridan tashqari) bo‗yicha zahira har bir sug‗urta 
shartnomasi bo‗yicha «pro rata temporis» yoki «1/24» usuli bilan hisoblanadi. 
Umumiy holda HZ har bir sug‗urta shartnomasi bo‗yicha hisoblangan HZlarni 
qo‗shish yo‗li bilan aniqlanadi.
Zararlar zahirasi o‗z ichiga xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar 
zahirasini va sodir bo‗lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zahirasini oladi. Xabar 
qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zahirasi sug‗urta to‗lovlarini amalga 


119 
oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar bo‗lgan davrlarda sodir 
bo‗lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda sug‗urtalovchiga 
xabar qilingan sug‗urta hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan sug‗urta 
qildiruvchining mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararni (ziyonni) miqdorini 
baholash va kamaytirish bilan bog‗liq ekspert, maslahat yoki boshqa xizmatlarga 
haq to‗lash uchun sug‗urtalovchiga zarur bo‗lgan pul mablag‗lari summasini 
to‗lash bo‗yicha sug‗urtalovchining hisobot sanasiga bajarilmagan yoki to‗liq 
bajarilmagan majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi.
XZZ har bir bartaraf etilmagan da‘vo bo‗yicha aniqlanadi. Agarda zarar 
to‗g‗risida xabar qilingan bo‗lib, uning miqdori aniqlanmagan bo‗lsa, hisob-kitob 
uchun sug‗urta pulidan katta bo‗lmagan eng yuqori ehtimoli kutilgan zarar miqdori 
olinadi. XZZ xabar qilingan zararlarni hisobga olish jurnalida ro‗yxatga olingan 
hisobot davridagi xabar qilingan zararlar summasining hisobot davridan oldingi 
davrlarda bartaraf etilmagan zararlar summasiga qo‗shilgan va hisobot davrida 
to‗langan zararlar summasiga kamaytirilgan, hamda hisobot davrida bartaraf 
etilmagan da‘volar summasidan uch foizgacha miqdorda zararni bartaraf etish 
bo‗yicha xarajatlar qo‗shilgan summaga mos keladi. 
Sodir bo‗lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zahirasi sug‗urta to‗lovlarini 
amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar bo‗lgan davrlarda sodir 
bo‗lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda sug‗urtalovchiga 
hisobot davrida yoki unga qadar bo‗lgan davrlarda xabar qilinmagan sug‗urta 
hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan, o‗z ichiga zararlarni bartaraf etish 
bo‗yicha xarajatlarni olgan, sug‗urtalovchining hisobot sanasiga majburiyatlarining 
baholanishi hisoblanadi. Sodir bo‗lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zahirasi har 
bir sug‗urta turi bo‗yicha alohida, sug‗urtalovchining ushbu sug‗urta turi bo‗yicha 
sug‗urta to‗lovlarini amalga oshirish yuzasidan yig‗ilgan statistikani inobatga 
olgan holda, hisoblanadi. 
Sug‗urtalovchilarning moliyaviy barqarorligi ularning to‗lov qobiliyati 
bog‗liqdir. Shuning uchun ham sug‗urtalovchilar va qayta sug‗urtalovchilarning 
to‗lov qobiliyati to‗g‗risidagi nizomda belgilangan talablar doirasida faoliyat 


120 
ko‗rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur nizomda sug‗urtalovchilarning 
to‗lov qobiliyati normativlarini va ularni aniqlash tartibini, sug‗urtalovchilarning 
aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sug‗urta qilish operatsiyalariga 
oid talablari belgilangan.
Sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyati ta‘minlanishi uchun ular o‗z 
aktivlarini belgilangan tartibda joylashtirishlari lozim:
-
sug‗urtalovchilarning aktivlarini joylashtirishlari bo‗yicha belgilangan 
talabga ko‗ra, ular o‗z mablag‗lari manbalarining 50% miqdorida boshqa yuridik 
shaxslarning ustav kapitallariga aktivlarni joylashtirish;
-
sug‗urta faoliyati yoki sug‗urta faoliyatini ta‘minlashga yo‗naltirilgan 
faoliyatni amalga oshiradigan sho‗‗ba korxonalardan boshqa bir yuridik shaxsning 
ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxs ustav kapitalining 30 
foizi miqdorida;
-
ko‗chmas mulk ob‘ektlariga joylashtirishda ma‘lum bir ob‘ekt sifatida 
ko‗rilishi mumkin bo‗lgan ko‗chmas mulk ob‘ektlari majmuiga o‗z aktivlarining 
50 foizigacha; bank omonatlariga (depozitlarga) joylashtirishda, ya‘ni bitta tijorat 
bankiga joylashtirilgan mablag‗lar sug‗urtalovchi aktivlarining 40 foizigacha; 
-
kredit tashkilotlarida (tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga 
joylashtirishda, omonatlarning umumiy summasi sug‗urtalovchi aktivlarining 10 
foizidan oshmasligi zarur;
-
sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) o‗z ta‘sischilari, aksiyadorlari va 
xodimlariga, shuningdek u bilan hayot sug‗urtasi shartnomasini tuzgan sug‗urta 
qildiruvchilarga ushbu shartnomalar bilan kafolatlangan qarzlar berishga haqli. 
Bunda berilgan qarzlarning umumiy summasi sug‗urtalovchining (qayta 
sug‗urtalovchining) ustav kapitalining 10 foizidan oshmasligi shart. 
Sug‗urtalovchilarning mablag‗larini turli qo‗yilma ob‘ektlariga joylashtirish 
ularning moliyaviy barqarorligini va tolov qobiliyatini ta‘minlash orqali sug‗urta 
qildiruvchilarga o‗z vaqtida sifatli xizmat ko‗rsatishlarini ta‘minlaydi. 
Mamlakatda hayot sug‗urtasini rivojlanishi va investorlarni himoya 
qilishdagi sug‗urtani rolini oshib borishi quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 


121 
- sug‗urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va to‗lov qobiliyatining 
oshishi, o‗zlik kapitali xajmini oshirish orqali ichki va tashqi investorlar orasida 
nufuzining oshishi, ish tashkil qilish sifatining oshishi, olingan majburiyatlar 
bo‗yicha so‗zsiz majburiyatlarni bajarishi; 
- sug‗urtalovchilarning to‗lovga qobiliyatini doimiy nazorat qilib borish, 
to‗lov qobiliyati pasaygan sug‗urtalovchilarga o‗z vaqtida uni barataraf etish uchun 
choralar ko‗rish va ko‗rsatmalar berish; 
- sug‗urta bozorida raqobatbardosh hayot sug‗urtasi kompaniyalarini tashkil 
etish. 
- sug‗urta shartnomalari bo‗yicha majburiyatlar bajarilishini kafolatlash 
jamg‗armalarini tashkil etish. Bunday jamg‗armalar to‗lov qobiliyatini yo‗qotgan 
yoki bankrotga uchragan kompaniyalarning majburiyatlarini bajarishini 
ta‘minlaydi, shu bilan birga aholini sug‗urtaga bo‗lgan ishonchini mustahkamlaydi. 
Davlat 
hayot 
sug‗urtasini 
rag‗batlantiruvchi, 
asosiy 
rivojlanish 
yo‗nalishlarini belgilab beradi. Chunki hayot sug‗urtasi bozorining rivojlanishida 
davlat manfaatdorligi ham mavjud, sababi bu tarmoq ijtimoiy himoyani tashkil 
etishning ma‘lum bir muhim shakllaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham hayot 
sug‗urtasi bozorini tartibga solishning eng muhim yo‗nalishlaridan biri 
mamlakatda ushbu tarmoqqa tegishli bo‗lgan normativ-huquqiy bazani 
shakllantirish hisoblanadi.
Hayot sug‗urtasining jamg‗arma turlarini rivojlantirish uchun qo‗yilgan 
qadamlardan eng muhimi soliq imtiyozi berish orqali sohani rag‗batlantirishdir. 
2007 yil 10 aprelda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-618-sonli qarori 
qabul qilindi. Qarorda hayot sug‗urtasi bozorini rivojlantirish hamda yuridik va 
jismoniy shaxslarning hayot sug‗urtasida keng qatnashishlarini rag‗batlantirish 
uchun ular hayotni uzoq muddatli sug‗urtasi to‗laydigan sug‗urta mukofotlari 
soliqqa tortilmasligi belgilab qo‗yildi. O‗zbekiston Respublikasi Adliya 
Vazirligidan 2007 yil 25 iyunda 1693-son bilan ro‗yxatdan o‗tgan ―Mol-mulk 
sug‗urtasi va uzoq muddatli hayot sug‗urtasiga oid sug‗urta mukofotlari yuzasidan 
yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‗i va jismoniy shaxslarning daromad 


122 
solig‗i bo‗yicha imtiyozlar berish tartibi to‗g‗risida‖gi nizomda ushbu soliq 
imtiyozini qo‗llash tartibi ko‗rsatilgan. 
Davlatimiz tomonidan berilgan bu soliq imtiyozi uzoq muddatli hayot 
sug‗urtasini rivojlantirishga va aholini ijtimoiy himoya qilish va ularni moddiy 
barqarorligini ta‘minlashga xizmat qilmoqda.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə