O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Sug„urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi. Brutto va netto-stavkani



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

8.3. Sug„urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi. Brutto va netto-stavkani 
hisoblashning o„ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari 
Sug‗urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi
ya‘ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta‘minlanadi. 
Shunday qilib, har qanday sug‗urta turi bo‗yicha tarif stavkasi brutto-stavka 
sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‗urta qoplamasi to‗lovlari 
uchun zahira summasi) va sug‗urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u 
«yuk» deb ataladi) iborat bo‗ladi. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati, 
ularning mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-
stavka brutto-stavkaning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‗urta turiga 
qarab, 60-95 foizgacha ulush to‗g‗ri kelishi mumkin. «Yuk» hisobiga esa, shunga 
mos ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi.
Sug‗urta shartnomasi bo‗yicha qancha sug‗urta turi sug‗urtalanayotgan 
bo‗lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat bo‗ladi. Masalan, hayotni aralash 
sug‗urtalash bo‗yicha netto-stavka belgilangan davrgacha yashaganligi uchun, 
o‗lim holati yuz berganligi uchun, mehnat faoliyatini yo‗qotish holati uchun kabi 
netto-stavkalardan tashkil topadi.
«Yuk»da sug‗urta ishini olib borish xarajatlari aks etadi. U quyidagi 
qismlarni o‗z ichiga oladi:
- ma‘muriy-xo‗jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtatidagi xodimlarga 
to‗lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi); 
- sug‗urta polislarini joylashtirganligi uchun haqlar; 
- sug‗urta agentlari, menejerlar uchun haqlar. 
To‗lov shakllari, odatda brutto-stavka yoki «yuk»ka nisbatan foizlarda 
aniqlanadi. Foiz to‗lovlaridan tashqari rag‗batlantirishlar ham amalga oshirilishi 
mumkin.
Umumiy sug‗urta qilish tarmog‗i klasslari bo‗yicha «yuk» sug‗urta ishini 
yuritish xarajatlaridan tashqari ogohlantirish zahirasiga ajratmalar qilish va 


109 
rejalantirilgan foyda summalarini ham o‗zida aks ettiradi. Brutto-stavkani 
hisoblashda, dastlab netto-stavka aniqlab olinadi, so‗ngra unga «yuk» (odatda 
brutto-stavkaga nisbatan foizlarda) qo‗shib hisoblanadi. 
Brutto-stavka 
qo‗yidagicha aniqlanadi: 
(%)
100
Yu
NS
MS



Bu yerda, 
MS
– brutto stavka; 
NS
– netto stavka; 
Yu 
(%) – yuk (foizlarda ifodalanadi). 
Majburiy sug‗urta turlari bo‗yicha tariflar me‘yoriy hujjatlar bilan o‗rnatilsa, 
ixtiyoriy sug‗urtada esa, sug‗urtachi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Tarifni aniqlash uslubiyati, tarif stavkasi va uning dastlabki ma‘lumotlar 
manbasi, netto-stavka va «yuk» ulushlari ko‗rsatilgan holda tarif hisob-kitoblari 
maxsus vakolatli Davlat organiga taqdim etiladi. Mazkur organ tomonidan ruxsat 
berilganidan so‗ng sug‗urta tashkiloti o‗zi hisoblab chiqqan sug‗urta tarifini 
qo‗llash huquqiga ega bo‗ladi. Har bir sug‗urta shartnomasi bo‗yicha sug‗urta 
tarifining hajmi sug‗urta ob‘ektini tavsiflovchi qator holatlarni hisobga olgan holda 
tomonlarning o‗zaro kelishuviga ko‗ra belgilanadi.
Netto-stavka ikki qismdan - sug‗urta summasining zararlilik ko‗rsatkichi va 
risk «yuki»dan shakllantiriladi. Sug‗urta summasining zararlilik ko‗rsatkichi - eng 
katta ehtimollikka ko‗ra, sug‗urtalangan ob‘ektlar summasining to‗langan sug‗urta 
qoplamasi summasi nisbatidan kelib chiqadi.
Risk qoplamasi to‗lovining kattaligi sug‗urta hodisasi yuz berishi ehtimolligi 
darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Risk bo‗yicha sug‗urta mukofoti uning yuz berish 
ehtimolligining vaqt va kenglikdagi holatidan keltirib chiqariladi. Hayot sug‗urtasi 
tarmog‗ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko‗p jihatdan aloqador bo‗lsa, 
umumiy sug‗urta tarmog‗ida esa, nisbatan doimiy risk mavjuddir. Ammo ma‘lum 
vaqt oralig‗ida risk kattaligi o‗zgarishi ham kuzatiladi.


110 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə