O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasida muammoni aniqlash. Qaror qabul qilish



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

 
7.2. Hayot sug„urtasida muammoni aniqlash. Qaror qabul qilish. 
Tajribani monitoring qilish. 
Muammoni aniqlash biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish 
kerak degan savolga javob topishga yordam beradi. Umumiy ko‗rinishda javob 
oddiy – sug‗urtalovchi foyda keltiradigan biznesni sotishi kerak va bu jarayonda 
hosil bo‗ladigan risklarni bartaraf eta olishi kerak. Biznesni rivojlantirishda 
kompaniya rivojlanishning ko‗plab variantlaridan birini tanlashi zarur. Strategik 
darajada kompaniya quyidagilardan birini tanlashi mumkin: 
- qo‗shimcha kapital jalb qilishni talab qiluvchi agressiv tez rivojlanish; 
- mavjud mablag‗larga tayanuvchi, bir tyokisdagi, balanslashgan rivojlanish; 
- hayot sug‗urtasining barcha turlari bilan shug‗ullanuvchi (individual 
sug‗urta, jamoa sug‗urtasi, bank sug‗urtasi, annuitetlar sug‗urtasi va boshqalar) 
kompaniyani tashkil etish; 


94 
- hayot sug‗urtasining individual sug‗urta turlari bilan shug‗ullanuvchi 
kompaniyani tashkil etish; 
- ommaviylashmagan, kam qo‗llaniladigan, ammo shu bilan birga daromadli 
sug‗urta turlari bilan shug‗ullanuvchi sug‗urta kompaniyasini tashkil etish; 
- investitsion strategiyaning turli variantlarini qo‗llovchi kompaniyani 
tashkil etish. 
Taktik darajada aniq sug‗urta mahsulotlariga bag‗ishlangan xususiy savollar, 
umumiy strategik darajadagi aniq investitsiyaga taalluqli qarorlar, komission 
rag‗batlantirishdagi strukturaviy o‗zgarishlar bilan bog‗liq masalalar hal etilishi 
mumkin. 
Turli variantlarni tanlashda ushbu variantlardan kutilayotgan foyda va 
risklarning 
o‗zaro 
balansini 
hisobga 
olish 
zarur. 
Risklar 
albatta 
identifikatsiyalanishi va mumkin bo‗lsa shifrlanishi zarur. Oxir oqibatda 
kompaniya risklarning o‗rtacha darajasini ta‘minlash bilan bir vaqtda aksionerlar 
foydasini maksimallashtirishga yo‗naltirilgan qarorlar qabul qilishga harakat qilish 
zarur. Riskdan umuman qochishning, ayniqsa sug‗urtada iloji yo‗q. 
Hayot sug‗urtasining asosini uzoq muddatli biznes tashkil qiladi, shuning 
uchun mavjud risklar investitsiyalarning kelajakda daromad keltirish darajasi, 
sug‗urtalanganlarning vafot etish darajasi, xarajatlar va mavjud shartnomalarning 
muddatidan oldin bekor qilish ehtimolligi darajalariga bog‗liq. Bundan tashqari 
kompaniya barcha biznes turlari uchun taalluqli bo‗lgan marketing va operatsion 
risklar bilan ham yuzma-yuz keladi. Bu risklarning ko‗pchiligiga tijorat va 
iqtisodiy muhitdagi o‗zgarishlar ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bu bosqichda oldingi bosqichda o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni hal etish 
bilan bog‗liq qarorlar ishlab chiqiladi. Masalan, sug‗urta kompaniyasi o‗zining 
mahsulotlar lineykasini kengaytirish va yangi sug‗urta turlari bilan savdo qilishni 
rejalashtirilgan. Qaror qabul qilishdan oldin bu kompaniya quyidagilarni ko‗rib 
chiqishi zarur: 
- sug‗urta mahsulotlarining variantlari, mijozlar va sug‗urta kompaniyasi 
nuqtai-nazaridan ularning yutuq va kamchiliklari; 


95 
- aktuar ta‘minoti: sug‗urta mahsulotlarining tarifikatsiyasi, rezervlashtirish 
metodologiyasi, sotib olinuvchi summalar va bonuslar hisobi
- sotish kanallarining variantlari va ular bilan bog‗liq marketing siyosati, 
xususan reklama faoliyati va sotuvchilarni rag‗batlantirish; 
- komapaniya aktivlarini investitsiyalash strategiyasining turli variantlari; 
- riskni kamaytirish bo‗yicha tadbirlar, shu jumladan anderrayting va qayta 
sug‗urta; 
- kompaniyaning operatsion qismi ishlari: polislarni ma‘muriylashtirish, 
mijozlarga xizmat ko‗rsatish, avtomatlashtirish, zararlarni ko‗rib chiqish va 
boshqalar. 
Kompaniya tomonidan qabul qilingan har qanday qaror kompaniyaning 
kelajakdagi moliyaviy natijalariga taalluqli u yoki bu noaniqliklar, ya‘ni risklar 
bilan bog‗liq. Risklarni tahlil qilish uchun qabul qilingan qarorlarning kelajakdagi 
oqibatlarini prognoz qilishning turli modellaridan foydalaniladi. Ushbu 
modellarning xususiyatlaridagi umumiylik – vafot etish yoki kasallanish, 
investitsiyalarning daromadliligi, xarajatlar, yangi biznes hajmi va shartnomalarni 
muddatidan oldin bekor qilish kabi, kelajakdagi asosiy o‗zgarishlar (ya‘ni sug‗urta 
kompaniyasi faoliyatiga ta‘sir etuvchi faktorlar) to‗g‗risidagi taxminlardan 
foydalanish. Modellar sug‗urta kompaniyasida o‗rnatilgan me‘zonlarga asosan eng 
yaxshi (optimal) variantni tanlash imkoniyatini beradi. Bunday me‘zonlarga misol 
tariqasida kompavniyaga qabul qilish mumkin bo‗lgan risklar darajasini 
oshirmadan kutilayotgan foydani maksimallashtirish. Risk darajasi deganda 
sug‗urta kompaniyasining to‗lovga qobiliyatsizlik holatiga tushish ehtimolligi 
tushuniladi. Qabul qilinishi mumkin bo‗lgan risk darajasi sifatida bir yillik ish 
faoliyati natijalariga nisbatan 1 yoki 1,5 foizli to‗lovga noqobillik ehtimolligi 
bo‗lishi mumkin. 
Hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanuvchi sug‗urta kompanisi uchun asosiy 
model bo‗lib, sug‗urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan sug‗urta shartnomalari 
portfeli asosida shakllantiriladigan pul oqimlarini prognoz qilish imkonini beruvchi 
biznes modeli hisoblanadi. Kelajak haqidagi taxminlarning bunday jamlanmasida 


96 
bu model sug‗urta mahsulotlarini tarifikatsiyalashda qo‗llanilishi mumkin. 
Kompaniya o‗z biznesining kelajagini kelajakda soliqqa tortishdagi o‗zgarishlar 
yoki kompaniya kapitalining kelajakdagi hajmi kabi savollarga javob topish orqali 
prognoz qilishi mumkin. 
Birlamchi tahlil avvalam bor biznesni rivojlantirishda amalga oshish 
ehttimolligi yuqori bo‗lgan ko‗rinishlar bo‗yicha amalga oshiriladi. Agar birlamchi 
tahlil o‗zining ijobiy natijalarini bersa, quyidagi holatlarning rejalashtirilganiga 
nisbatan ehtimoldagilari o‗rtasidagi farqlar tahlil qilinadi: vafot etish
investitsiyalarning daromadliligi, sug‗urta shartnomalarini muddatidan oldin bekor 
qilish darajasi, yangi biznes va xarajatlar hajmi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə