O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

Nazorat savollari: 
1. Hayot sug‗urtasiga bo‗lgan talabga mamlakatdagi ijtimoiy sug‗urtaning 
holati qanday ta‘sir ko‗rsatadi? 
2. O‗zbekiston milly sug‗urta bozorida hayot sug‗urtasini amalga oshirishda 
va ushbu faoliyatni rivojlantirishda qanday muammolar mavjud? 
3. Hayot sug‗urtasi bo‗yicha mavjud muammolarni bartaraf etishning 
qanday yo‗llarini bilasiz? 
4. Hayot sug‗urtasining yangi turlarini rivojlantirishga to‗sqinlik qilayotgan 
faktorlarni sanab o‗ting. 
5. Aholi sug‗urta madaniyatining pastligiga sabab nima? 


101 
8-BOB. HAYOT SUG„URTASIDA TARIF STAVKALARI 
8.1. Sug„urta tarifi tushunchasi, sug„urta mahsulotini
tarifikatsiya qilish
Hayot sug‗urta turlari bo‗yicha tarif stavkalarini aniqlash va ularning 
qo‗llanilishi shartlarini belgilash sug‗urta mahsulotini tarifikatsiya qilish deb 
nomlanadi. Tarifikatsiyaning asosiy bosqichlari sifatida 
tarifikatsiya tizimini
shakllantirish va 
tarif stavkalarini
hisoblashni keltirish mumkin. Ma‘lumki, 
sug‗urta tarifining tarkibiy qismi bo‗lgan netto-stavka sug‗urtalovchi uchun 
sug‗urtalangan ob‘ektning sug‗urta hodisasiga uchrash ehtimolligini hisobga 
oluvchi sug‗urta qoplamasi to‗lanishining matematik kutilishini ifodalaydi. Mazkur 
kattalikka quyidagi omillar o‗z ta‘sirini o‗tkazadi: 
- shartnoma bo‗yicha sug‗urta hodisasining yuz berish ehtimolligi; 
- sug‗urta hodisasining kutilayotgan og‗irligi (bunda sug‗urta qoplamasining 
kutilayotgan hajmining sug‗urta summasiga nisbati nazarda tutiladi).
Umumiy tartibda barcha tarifikatsiya tizimlarida sug‗urtalanayotgan 
ob‘ektlar bir nechta guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh uchun bazaviy tarif 
stavkasi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari sug‗urtalovchi aks ettirishni lozim 
topgan barcha risk omillarining ro‗yxati keltiriladi. Har bir omilning sug‗urta 
ob‘ektida mavjudligi tarifni hisoblashda maxsus koeffitsientlar orqali hisobga 
olinishi belgilanadi. Koieffitsientlarning bir qancha turlari bo‗lib, ular 
ko‗paytiruvchi, qo‗shiluvchi yoki boshqa shakllarga ega bo‗lishi mumkin. Kerakli 
bo‗lgan koeffitsientni tanlash tarifikatsiya tizimini yaratishda sug‗urta turining 
xarakteridan kelib chiqib sug‗urtalovchi tomonidan tanlanadi. Hozirgi kunda 
mamlakatimiz sug‗urtalovchilari tomonidan o‗tgan yillar davomida sug‗urta 
hodisalarining yuz berishi bo‗yicha yetarlli darajada ma‘lumot to‗planganligi 
shubhasiz. Yuqoridagilardan kelib chiqib, sug‗urtalovchilar tomonidan tarif 
siyosatini amalga oshirishda tarifikatsiya tizimi risk omillarining guruhlari 
bo‗yicha ishlab chiqish taklif etiladi. 


102 
Shaxsiy sug‗urtada tarifni klasslarga ajratishda muhim me‘zonlar sifatida 
quyidagilar hisoblanadi: 
1) 
Yoshi.
Sug‗urta shartnomasini tuzishda sug‗urtalanuvchilarning yoshidan 
kelib chiqib tabaqalashtiriladi. 
2) 
Jinsi.
Sug‗urta qoplamalari statistikasiga ko‗ra qoplamalar hajmi 
sug‗urtalanuvchining jinsiga nisbatan farqlanadi. Sog‗liqni sug‗urtalashda 
ayollarga nisbatan tarif stavkalarining yuqoriroq darajalari qo‗llansa, hayot 
sug‗urtasida erkaklar uchun balandroq stavkalar qo‗llaniladi. 
3) 
Kasb-kori
. Ushbu faktorning tarif stavkalariga ta‘siri kasbning xavflilik 
darajasidan va kasb kasalliklarining yuz berish ehtimolligidan kelib chiqadi. 
4)
Tamaki mahsulotlarini qabul qilishi
. Ma‘lumki, chyokish insonning 
kasallanishi va vafot etishini tezlashtiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi. Shundan 
kelib chiqib, chekuvchilarga nisbatan yuqoriroq tarif stavkalari qo‗llaniladi. 
5) 
Geografik faktor
. Kasallanish va vafot etishga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
faktorlardan muhimi geografik joylashuv hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan 
holda tarif stavkalarini tabaqalashtirishda geografik faktor e‘tiborga olinadi. 
6) 
Ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar
. Vafot etish va kasallanish turli ijtimoiy-
iqtisodiy guruhlar uchun farqlanadi. Shuning uchun shaxsiy sug‗urtaning ba‘zi 
turlari uchun ushbu faktor muhim hisoblanadi. 
7) 
Sug‘urta mahsulotlari dizaynining o‘ziga xosliklari
. Sug‗urta 
shartnomalarini shakllantirish, birinchi o‗rinda sug‗urta javobgarligining hajmi 
sug‗urta summasiga, qoplama hajmiga va sug‗urta mukofoti hajmiga ta‘sir 
ko‗rsatadi.
Sug‗urtalovchi tarif tizimini yaratishdan tashqari tarif siyosatini olib borishi 
ham uning iqtisodiy holatiga o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. Masalan, noto‗g‗ri olib 
borilgan tarif siyosati risklarning antiseleksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. 
Risklar antiseleksiyasi bu kompaniya uchun noqulay bo‗lgan risklarning qabul 
qilinishi hisoblanadi. Kompaniya uchun noqulay risklarga xaqiqatdagi yuz berish 
ehtimoli sug‗urta tarifida nazarada tutilgan ehtimollikdan baland risklarni kiritish 


103 
mumkin. Risklar anitiseleksiyasini vujudga kelishini quyidagi misol orqali ham 
ko‗rish mumkin.
Sug‗urta tashkiloti sug‗urta tariflarini hisoblashda tarifikatsiya tizimini 
qanchalik samarali amalga oshirsa, uning shallantirgan sug‗urta zahiralari 
shunchalik majburiyatlariga muvofiq bo‗ladi. Tarifikatsiya tizimini ishlab 
chiqishda sug‗urtalanuvchilarni risklar bo‗yicha guruhlash va risklar 
antiseleksiyasi kabi yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olish katta ahamiyatga 
ega.
Sug‗urta tashkilotlarining tarif siyosatini tartibga solishda bir qancha usullar 
qo‗llaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 
- tarifni talab va taklif asosida tartibga solinishi; 
- tarifni davlat tomonidan tartibga solinishi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug‗urta 
xizmatining ham bahosi, ya‘ni sug‗urta tarifi talab va taklif asosida paydo bo‗ladi 
hamda bu baho o‗zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug‗urta 
tushumlarining miqdori sug‗urta to‗lovlari va sug‗urta tashkilotlari xarajatlari 
miqdoriga teng bo‗lishi sug‗urta bahosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday 
sharoitda sug‗urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko‗p hollarda 
sug‗urta bozoridagi keskin raqobat, sug‗urta tashkilotlarining potensial mijozlarni 
jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi.
Chet mamlakatlarda, sug‗urtalovchilar sug‗urta faoliyatidan zarar ko‗rganda, 
bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.Sug‗urta tarifining 
yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug‗urta 
xizmatining ma‘lum bir turiga yetarlli darajada talab mavjud bo‗lganda, sug‗urta 
tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lyokin, 
vaqt o‗tishi bilan bozorda sug‗urta xizmati ko‗rsatish turlarining ko‗payishi bilan, 
o‗z-o‗zidan tarif stavkalari kamayadi. 


104 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə