O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


  Hayot sug‘urtasining "Shaffofligi"



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

 


89 
Hayot sug‘urtasining "Shaffofligi" 
Hayot sug‗urtasining shaffoflik prinsipi sug‗urtalovchi sug‗urta 
shartnomasini tuzayotgan vaqtda yoki uning amal qilish muddati davomida 
sug‗urta kompaniyasidan uning faoliyati va sug‗urta operatsiyalari haqida hamma 
ma‘lumotni talab qilib olish huquqiga ega ekanligini ko‗rsatadi.
Bu prinsip birinchilardan bo‗lib 1980-yillarda Buyuk Britaniyada olib 
kiritilgan bo‗lib, unda sug‗urtalovchiga taqdim etiladigan ma‘lumotlarni berish 
tartibi ko‗rsatiladi. Evropa sug‗urta tushunchasida 
shaffoflik 
sug‗urta qiluvchi 
sug‗urtalovchiga shartnoma tuzish vaqtida yoki uni tuzib bo‗lgandan keyin hamma 
kerakli ma‘lumotni etkazib berishga majburligini anglatadi. Bu ma‘lumotlar:
-
sug‗urta kompaniyasining bosh ofisi va shartnoma tuzayotgan agentligi 
rekvizitlari va huquqiy shakli haqida ma‘lumot; 
-
sug‗urta shartlari, shu jumladan, har bir kafolatlari va qo‗shimcha shartlari, 
shartnoma muddatlari, mukofot to‗lash shartlari, bonus hisoblash shartlari, polisni 
qayta sotib olish qiymatini aniqlash qoidalari, har bir kafolatlar bo‗yicha mukofot 
hisob-kitoblar haqida ma‘lumot; 
-
mijozga beriladigan shartnomani o‗ylab ko‗rish uchun beriladigan kunlar 
soni haqida ma‘lumot. Agar shu kunlar oralig‗ida shartnoma bekor qilinsa 
to‗langan summa to‗liq qaytariladi; 
-
har bir polis turi bo‗licha soliqqa tortish haqida ma‘lumot; 
-
sug‗urta shartnoma;lari bo‗yicha arz qilish va ishni sudda ko‗rib chiqish 
tartibi haqida ma‘lumot; 
-
polis shartlarining o‗zgarishi yoki shu polis turi bo‗yicha qonunchilikdagi 
o‗zgarishlar haqida ma‘lumot. 
 
Nazorat savollari: 
1. Hayot sug‗urtasi shartnomalarining shaxsiy sug‗urta shartnomalariga 
o‗xshash va farqli jixatlari. 
2. Hayot sug‗urtasida sug‗urtalanuvchi shartnomaning amal qilishi 
davomida naf oluvchini o‗zgartirish huquqiga egami? 


90 
3. Shaxsiy sug‗urta shartnomasini tuzishda sug‗urta qildiruvchi bilan 
sug‗urtalovchi o‗rtasida qanday shartlar to‗g‗risida kelishuvga erishilishi lozim? 
4. Shartnoma tuzish usullariga ko‗ra hayot sug‗urtasi nechta turga bo‗linadi? 
5. Ikkita sug‗urta summali hayot sug‗urtasida sug‗urta to‗lovlarining 
o‗zgarish grafigini tushuntiring. 
6. Hayot sug‗urtasida tezkor sug‗urta shartnomalari va ularning turlariga 
tavsif bering. 
7. Hayot sug‗urtasida umrbod sug‗urta shartnomalarini tavsiflang. 
8. Hayot sug‗urtasining shaffoflik prinsipi nimalardan iborat? 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə