O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


Ikki xil sug‘urta mablag‘iga ega bo‘lgan qo‘shma sug‘urta



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

Ikki xil sug‘urta mablag‘iga ega bo‘lgan qo‘shma sug‘urta. 
Ikkala sug‗urta qo‗shilmasi – foydada ishtirok etish qo‗shma sug‗urtasi va 
tezkor sug‗urtaning kamayib boruvchi mablag‗i ushbu shartnomani tashkil qiladi. 
Vafot etish holatida sug‗urtachi ikkala mablag‗dan eng yukori 
ko‗rsatkichini: asosiy sug‗urta mablag‗iga bonuslar qo‗shilgan mablag‗ni yoki 
vafot etish holatida kafillangan sugurta mablaglarini tulaydi. Shartnomada qayd 
kilingan muddat o‗tib qolganida, asosiy sug‗urta mablag‗i va qo‗shilgan bonuslar 
to‗lab beriladi. 
Egik hayot qo‘shma sug‘urtasi. 
Sug‗urta shartnomasini muddatdan oldin bekor kilish holatini va sotib 
olishning arzon narxga tushib qolishini oldini olish uchun mo‗ljalllangan. Katta 
mablag‗ga birorta ham shartnoma imzolanmaydi. O‗rtacha sugurta mablag‗iga ega 
bo‗lgan bir necha shartnomalar tuziladi. Ushbu shartnomalarning yig‗ilmasi butun 
ko‗rinishda talab qilingan sug‗urta qoplamasiga barobar bo‗ladi. Sug‗urtaning 
foydasi muddat bilan to‗lab boriladi. 
Imzolangan shartnomalarning hammasi uchun foydani to‗lay olmasligiga 
sabab, sotib olingan narx hisobida bir qism polislar yo‗q qilinadi ( yoki sug‗urta 
mablagini 10 yil muddat o‗tgandan so‗ng olinadi ); qolgan shartnomalar esa o‗z 
faoliyatini davom ettiradi.Boshqa odatiy sug‗urtalardan farki shuki, egik hayot 
qo‗shma sug‗urtasi kayd qilingan muddat poyoniga ega emas. 
Ular quyidagicha tuzilgan bo‗ladi: 
Sug‗urtalanuvchi shaxs shartnomani bekor qilib, arzon narx evaziga sug‗urta 
shartnomasini sotib olgandan ko‗ra, sug‗urtaning foydasini kutib turgani afzaldir. 
 
6.4. Sug„urta shartnomasini qayta sotib olish 
Qayta sotib olish summasi - sug‗urta qiluvchi sug‗urtalovchiga biror bir 
sabab bilan shartnomani bekor qilganda to‗lab berishi kerak bo‗lgan summa. U 


88 
o‗zida muddatdan ilgari bekor qilingan uzoq muddatli hayot sug‗urta shartnomasi 
bo‗yicha yig‗ilib borgan mukofotlar zahirasini aks ettiradi. Har bir shartnoma 
bo‗yicha to‗lanadigan mukofotlar kapitalizatsiya qilinadi va matematik zahira 
hisoblab boriladi. 2-3 yildan keyin sug‗urtalovchi shartnomani belgilangan 
muddatdan oldin bekor qilib, to‗lagan sug‗urta mukofotlarining bir qismini 
qaytarishni talab qilish huquqiga egadir.
Sotib olish qiymati shartnoma shartlari bilan oldindan kelishib qo‗yiladi va u 
mukofotlar to‗langan muddat, mukofot hajmi va yillik bonuslarga bog‗liq. Sotib 
olish qiymati har doim shartnoma muddati tugaganda yoki sug‗urta hodisasi 
yuzaga kelganda to‗lanib beriladigan summadan kam bo‗ladi. Sug‗urta 
kompaniyasi sotib olish qiymatini aniqlayotganda o‗zining ustama xarajatlari va 
agentlarga beradigan komission summani ushlab qoladi. Odatda polisda uni har xil 
vaqtlar uchun bekor qilishda to‗lanadigan belgilangan kafolatlangan qayta sotib 
olish qiymati ko‗rsatiladi.
Sug‗urta shartnomasi bo‗yicha hisoblangan matematik zahira summasini 
talab qilib olishga huquq beradigan boshqa quyidagi operatsiyalar ham mavjud: 
-
Sessiya
. Sug‗urtalovchi shartnomani boshqa shaxsga hadya qilish yoki 
sotish orqali o‗tkazishi mumkin. Bunday hollarda yig‗ilib borilgan matematik 
zahira summasi boshqa shaxsga o‗tadi va sug‗urta shartnomasi tugatilmaydi. 
-
Sug‘urta shartnomasi ostida bo‘nak yoki ssud. 
Sug‗urtalovchi sug‗urta 
qiluvchidan sotib olish qiymatining 90 foizgacha summani sug‗urta mukofotlarini 
shartnomani tugatmasdan to‗lab borish sharti bilan olishi mumkin. Agar 
sug‗urtalovchi avans summasini kelishilgan foiz to‗lovlari bilan qaytarsa, sug‗urta 
summasi qayta tiklanadi va shartnoma muddati tugganda yoki talab qilinganda 
to‗lab beriladi. Agar avans summasi foiz to‗lovlari bilan qaytarilmasa, sug‗urta 
summasi shu summaga qisqartiriladi yoki sug‗urta shartnomasi sug‗urta 
kompaniyasi tomonidan bekor qilinadi.
-
Polisni garovga berish. 
Ko‗pincha sug‗urta polisi ssuda bergan sug‗urta 
kompaniyasiga garov o‗rnida berilishi mumkin.
 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə