O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

Umrbod sug‘urta shartnomalari 
1. 
Qati’y belgilangan summada umrbod sug‘urta.
Sug‗urtalovchi shartnoma 
tuzilgan kundan boshlab umrining oxirigacha teng taqsimlangan mukofotlarni 
to‗lab boradi va u vafot etgan holda shartnomada belgilangan summa to‗lab 
beriladi. Bu doimiy va oxirgi muddatsiz polis bo‗lib, uning muddati sug‗urta 
hodisasi yuzaga kelganda yoki shartnoma bekor qilinganda tugaydi. Da‘volar ko‗p 
bo‗lsa ham, bunday sharnomalar sug‗urta mukofotlari tezkor sug‗urta 
mukofotlaridan ancha ko‗pdir. Bunday turdagi sug‗urta shartnomalarida 
mukofotlar nafaqat umrbod sug‗urta to‗lovlaridan bo‗lishi mumkin, balki bir 
martalik (faqat shartnoma tuzilayotgan vaqtda to‗lanadi) yoki vaqtinchalik (aniq 
bir yoshga etgunga qadar yoki pensiyaga chiqquncha to‗lanadi) to‗lovlar to‗lash 
sharti bilan tuzilishi ham mumkin.
Umrbod sug‗urta shunchaki riskdan kafolatni beribgina qolmay, 
jamg‗armalar yaratish mexanizmini tashkil etish imkoniniyam beradi. Mijozlarni 
o‗ziga jalb qiladigan joyi shundaki, hayot sug‗urta shartnomalari sug‗urta 
himoyasini berish bilan birga moliyaviy mahsulotiniyam taqdim etadi, ya‘ni 
sug‗urtalovchi investitsiya qilish imkoniga ega bo‗ladi.


84 
2. 
Sug‘urta kompaniyasi foydasiga sherik bo‘lish bilan umrbod sug‘urta.
Sug‗urtalovchi bir martalik yoki doimiy sug‗urta mukofotini shartnomada 
belgilangan muddat ichida to‗lab boradi. Sug‗urta hodisasi yuzaga kelganda 
sug‗urta kompaniyasi sug‗urta summasi bilan birga, hisoblangan sug‗urta 
bonuslarini ham to‗lab beradi.
3. 
Ikkita sug‘urta summali hayot sug‘urtasi .
Bunday turdagi sug‗urta 
polislari sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan summadan kam bo‗lmagan sug‗urta 
qoplamalarini kafolatlaydi. Shartnomada o‗lim holati kuzatilganda to‗lab 
beriladigan sug‗urta summasi va har yili qo‗shilib ko‗payib boradigan sug‗urta 
bonuslari belgilab ko‗rsatiladi. Sug‗urta hodisasi yuzaga kelganda o‗sha ikkita 
summaning qaysi biri katta bo‗lsa, o‗shanisi to‗lab beriladi (1- rasm).
4. 
Hayot sug‘urtasining investitsion polislari. 
Foydaga sherik bo‗lishdan 
tashqari sug‗urta kompaniyalari mijozlariga sug‗urta summasi ma‘lum bir 
investitsiya operatsiyasiga qo‗yiladigan polislarni taklif etishdi. Sug‗urta 
kompaniyalari sug‗urtalovchilardan yig‗ib olgan sug‗urta mukofoti summalarni 
maxsus investitsion fondlarga joylashtirish majburiyatini o‗zlariga oladilar. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə