O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasi shartnomalarining turlari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

6.3. Hayot sug„urtasi shartnomalarining turlari 
Hayot sug‗urtasi shartnomalarining asosiy turlari boshqalaridan ko‗ra 
muhim mezonlar va xususiyatlarini (komponentlarini) ochib berib, turli xil hayot 
sug‗urtasi shartnomalarining yo‗nalishlarini aniqlab olib, sug‗urta bozorida ko‗p 
ishlatiladigan sug‗urta shartnomalari majmualarini yaratish mumkin. Hayot 
sug‗urtasi amaliyotida sug‗urta polislarining muhim ahamiyatga ega bo‗lgan uchta 
bazaviy turini ajratish mumkin. Bular bir biridan yuqorida ko‗rsatilgan mezonlar 
bo‗yicha farq qiladi:
 
-
tezkor hayot sug‗urtasi - aniq muddatga vafot etishdan sug‗urta qilish. 
Sug‗urta kompaniyasi sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan mukofotni sug‗urta 
hodisasi qachon yuz berishidan qat‘iy nazar, shartnoma muddatida yuzaga kelgan 
bo‗lsa to‗lab berishi shart; 
-
umrbod hayot sug‗urtasi - shaxs hayotini umrining oxirigacha shartnoma 
tuzilgan vaqtdan boshlab sug‗urta qilishi tushuniladi. Sug‗urta kompaniyasi 
sug‗urta shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab sug‗urta hodisasi yuzaga kelganda 
sug‗urta summasini to‗lab berishga majburdir;
-
aralash hayot sug‗urtasi - shaxsni ma‘lum muddatga ham o‗lim ham qolgan 
umrini sug‗urta qilish hisoblanadi. Sug‗urta kompaniyasi shartnoma amal qilib 
turgan muddatda o‗lim hodisasi yuz berganda yoki shartnoma muddati tugagan 
vaqtda sug‗urtalanuvchi hayot bo‗lsa shartnomada ko‗rsatib o‗tilgan sug‗urta 
summasini to‗lab berishi shart.
Yana alohida guruh asosida quyidagi shartnomalarni ham ko‗rishimiz 
mumkin: 
-
pensiya sug‗urtasi shartnomalari; 
-
annuitet yoki renta hayot sug‗urtasi. 


82 
Faqat qolgan umrini sug‗urta qilish shartnomalari yo‗qligi haqida qonuniy 
savol paydo bo‗lishi mumkin. Bunda sug‗urta kompaniyasi sug‗urtalanuvchiga 
agar u shartnoma muddati davomida vafot etmasa shartnomada ko‗rsatilgan 
summani to‗lab berishi kerak, agar teskarisi bo‗lsa sug‗urta mukofoti o‗zida qoladi. 
Bunday shartnoma sug‗urtalovchi uchun unchalik foydali emas, chunki agar 
sug‗urtalangan shaxs vafot etsa yig‗ilgan sug‗urta summasi na o‗ziga va na uning 
me‘rosxo‗riga tegadi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə