145
Sug‗urta summasi kafolatlangan bo‗lib, qo‗shimcha ravishda bonuslar to‗lanadi.
Agarda polis muddatning oxiriga qadar amal qiladigan bo‗lsa, bonuslar sug‗urta
qildiruvchi shartnomaning amal qilish davri davomida o‗ladigan hollardan yuqori
bo‗ladi, chunki bonuslar ko‗proq vaqt to‗planib keladi.
Umrbod polislar bo‗yicha bo‗lgani kabi, be urda ham to‗lov
aniq hajmini
oldindan aytib bo‗lmaydi, chunki uning qachon ro‗y berishi ma‘lum emas, demak,
to‗plangan bonuslar hajmi noma‘lum.
To‗lanadigan qo‗shimcha bonuslar tufayli sug‗urta mukofotlari sug‗urta
summasi bir xil bo‗lgan qolgan umrni sug‗urta qildirish bo‗yicha daromadsiz
polislardan ko‗ra yuqori.
Qolgan umrni sug‗urta qildirish daromadli polislari ko‗plab jamg‗arib
boriladigan sxemalarda asosiy element hisoblanadi va uy xarid qilish bitimlarida
keng foydalaniladi, chunki ular ta‘minot taqdim etadi (zayom
polisning amal
qilishi yakun topadigan sana kelganda yoki sug‗urta qildiruvchi o‗lgan holda
qaytariladi), bonuslar esa qo‗shimcha jamg‗arma elementini ifodalaydi.
Qolgan umrni sug‘urta qildirish arzon polislari
.
Qolgan umrni sug‗urta qildirish arzon polislari qolgan umrni sug‗urta
qildirish daromadli polisining engillashtirilgan variantidir. Unda qolgan umrni
sug‗urta qildirish daromadli polisi bilan sug‗urta summasi kamayib boradigan
muddatli sug‗urta jihatlari uyg‗unlashadi.
Qolgan umrni sug‗urta qildirish arzon polislarida bo‗lgani kabi,
ikkita
sug‗urta summasi bo‗ladi. O‗lim holatida sug‗urta to‗lovi summasi ikkita
summadan kattasi sifatida aniqlanadi:
-
bonuslar miqdoriga ko‗paytirilgan bazaviy summa;
-
o‗lim holatiga kafolatlangan summa.
Polisning amal qilish muddati yakun topadigan sana yetib kelishida
to‗lanadigan summa shartnomaning amal qilish davrida hisoblab chiqilgan barcha
bonuslar miqdoriga oshirilgan bazaviy summa sifatida aniqlanadi. Bunday polislar
uy xarid qilishda ssudani ta‘minlashning arzon usuli sifatida paydo bo‗lgan, bunda
o‗lim holatiga kafolatlangan summa olingan qarz miqdoriga teng qilib belgilangan.
146
Qolgan umrni sug‗urta qildirishning arzon polislari rivoji sifatida qolgan
umrni sug‗urta qildirishning boshlang‗ich to‗lovlar kichik va mukofot o‗sib
boradigan polislari paydo bo‗lgan. Amalda bu asta-syokinlik bilan to‗liq mukofot
darajasigacha o‗sib boradigan shartnomaning amal qilish muddati boshida mukofot
miqdori kichikligi bilan tavsiflanadigan qolgan umrni sug‗urta qildirishning arzon
polisidir.
Qolgan umrni sug‗urta qildirishning «moslashuvchan» polislari. Polislarning
ushbu turi qolgan umrni sug‗urta qildirishning an‘anaviy
polislari kamchiliklari
(polisning amal qilish muddati yakun topadigan sana qayd qilib qo‗yilishi va
qaytariladigan summa kichikligi) o‗rnini to‗diradi va shartnomaning amal qila
boshlagan paytdan boshlab o‗n yil o‗tgach istalgan payt hech kanday jarima
to‗lamasdan bekor qilinishi mumkin bo‗ladi. Qaytarib beriladigan summa odatda
to‗liq hajmda yoki qisman, polis amal qilish muddati yakun topadigan vaqtdagidan
ertaroq vaqtdagi kabi kafolatlanadi.
Polislar odatda qolgan umrni sug‗urta qildirishning daromadli polislari kabi
uzoq muddatga, masalan 25 yilga yoki 65 yoshga etishga tuziladi.
Sof qolgan umrni sug‘urta qildirish.
«Sof» qolgan umrni sug‗urta qildirish polisi hayot bo‗yicha
hech qanday
sug‗urta qoplami taqdim etmaydi. Bu kelishilgan muddatda sug‗urta qildiruvchiga
sug‗urta summasi to‗ash bo‗yicha oddiy shartnoma hisoblanadi, xolos. Agar
sug‗urta qildiruvchi polisning amal qilish muddati yakun topgunga qadar o‗ladigan
bo‗lsa, hech qanday to‗lov amalga oshirilmaydi, garchi ayrim kompaniyalar bu
holatda sug‗urta muokoftini qaytarib bersada.
Bu polslarning kamdan-kam
uchraydigan turi hisoblanadi, chunki investitsiyalar uchun kapital kiritishning
ushbu usulining o‗rnini bemalol to‗liq bosa oladigan ko‗plab yo‗nalishlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: