O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasi bo„yicha boshqa turdagi sug„urta polislari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

 
11.4. Hayot sug„urtasi bo„yicha boshqa turdagi sug„urta polislari 
Yuqorida aytib o‗tilgan shartnomalarning uchta asosiy turidan tashqari
maxsus xususiyatlarga ega bo‗lgan va qo‗llanadigan shartnomalar ham ishlab 
chiqilgan. 


147 
Ulushli polislar
, qolgan umrni sug‗urta qildirish polislari, umrbod polislar 
yoki muddatli polislar sifatida foydalanilishi mumkin. 
Hayotni sug‘urta qildirish bo‘yicha universal polislar
oddiy ulushli umrbod 
polislar 
rivojlanishining 
natijasi 
hisoblanadi. 
Amalda 
ular 
mutlaq 
moslashuvchanlikni ta‘minlash uchun turli qo‗shimcha xususiyatlar bilan standart 
ulushli umrbod polislarni ifodalaydi. Asosiy g‗oya shundan iboartki, sug‗urta 
qildiruvchi u istagan narsani, u istagan paytda to‗laydi va unga yoqqan narsani 
imkoniyatlar (opsiyalar) ro‗yxatidan tanlab oladi. Barcha to‗langan mukofotlar 
tanlab olingan fondda (trastda) ulush xarid qilish uchun foydalaniladi va tanlangan 
opsiyalar qiymati har oy mos keluvchi ulushlarni sotish yo‗li bilan to‗lab boriladi. 
Opsiyalar ro‗yxati odatda quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
-
o‗lim holati bo‗yicha to‗lovlar; 
-
mos keluvchi indekslar, masalan, iste‘mol narxlari indeksini qo‗llagan 
holda o‗lim holati bo‗yicha to‗lovlarni avtomatik qayta hisob-kitob qilish uchun 
har yillik indeksatsiya; 
-
sug‗urtaga qabul qilish majburiyligi
-
mehnatga layoqatsizlik davrida mukofot to‗lashdan ozod etilish; 
-
muntazam daromad; 
-
mkofot to‗lovlarini, masalan, ishsizlik davrida to‗xtatib turish imkoniyati; 
-
nogironlik bo‗yicha to‗lovlar; 
-
kasallik holatida to‗lovlar; 
-
tibbiy xarajatlarni qoplash uchun to‗lovlar; 
-
ko‗ngisiz hodisa oqibatidagi o‗im holati bo‗yicha to‗lovlar; 
-
polisga boshqa shaxsni qo‗shish imkoniyati, masalan, nikoh qurgandan 
so‗ng; 
-
jiddiy kasalliklar holatidagi to‗lovlar. 
Opsiyalar birdaniga tanlanishi yoki keyinroq qo‗shilishi ham mumkin. 
Shartli tanlanadigan polislar. 
Bu polislar ular bo‗yicha to‗lovlar kelishib olingan shartlarni bajarish sharti 
bilan sug‗urta qildiruvchining o‗lim holati amalga oshiriladigan shartnomalar turini 


148 
ifodalaydi. Odatda bunday shartlar quyidagilar bo‗lishi mumkin: uchinchi shaxs 
hayotligida sug‗urta qildiruvchining o‗limi (kontr-hayot). Masalan, agar er sug‗urta 
qildirgan, xotin esa kontrsug‗urta qildiruvchi sifatida ko‗rsatilgan bo‗lsa, polis 
bo‗yicha to‗lov faqatgina er xotinidan oldin o‗lgan hollarda amalga oshiriladi. 
Sug‗urta mukofoti sug‗urta qildiruvchi va kontrsug‗urta qildiruvchining yoshi, 
jinsi va salomatligiga bog‗liq bo‗ladi. 
Polislar boshqa kelishib olingan shartlarni qoplash uchun tuzilishi mumkin 
bo‗lib, sug‗urta mukofoti polisda belgilangan shartlarni tanlashga bog‗liq bo‗ladi. 
Qo‘shimchalar kiritilgan polislar. 
Hayotni sug‗urta qildirish bo‗yicha ko‗plab kompaniyalar sug‗urta 
qildiruvchining istagi bilan standart polislarga kiritilishi mumkin bo‗lgan 
qo‗shimchalardan foydalanadi. Odatda qo‗shimchalar faqat umrbod polislar yoki 
qolgan umrni sug‗urta qildirish polislariga taqdim etiladi. 
Bu qo‗shimchalarning barchasi sug‗urta mukofotining ortishiga olib keladi 
va ularni kiritish imkoniyati bu xizmatlarni taqdim etuvchi sug‗urta 
kompaniyasining anderrayteri tomonidan aniqlanadi. Eng tarqalgan qo‗shimchalar 
quyidagilar hisoblanadi: 
-
sug‗urta mukofoti to‗lashdanozod etish;
-
sug‗urta qildiruvchi jarohat yoki kasallik tufayli o‗zining kasbiy 
majburiyatlari yoki mashg‗ulotlarini bajarish layoqatiga ega bo‗lmasa, u sug‗urta 
mukofotlari to‗lashdan ozod etiladi; 
-
nogironlik bo‗yicha to‗lovlar; 
-
sug‗urta summasi xuddi o‗lim holatida bo‗lgani kabi, nogironlikda ham 
to‗lanadi; 
-
ko‗ngilsiz hodisa bo‗yicha ikki karra to‗lovlar. Agar sug‗urta qildiruvchi 
ko‗ngilsiz hodisa oqibatida halok bo‗lsa, o‗lim holati bo‗yicha sug‗urta summasi 
miqdoridagi qo‗shimcha to‗lov amalga oshiriladi; 
-
o‗sib boradigan sug‗urta qoplami; 
-
sug‗urta qildiruvchiga sug‗urta qoplamini belgilangan vaqtda belgilangan 
summaga oshirish imkonini beradi; 


149 
-
jiddiy kasalliklarga qarshi sug‗urta qoplami.
Agar tibbiy tashxis belgilangan kasalliklar mavjud ekanligini ko‗rsatsa, yoki 
vrachlar xulosasiga ko‗ra polis bo‗yicha to‗lov amalga oshiriladi. 
Hozirgi vaqtda ―fond boshqarilishi‖ degan qarash paydo bo‗ldi. Bunda 
boshqaruvchi har bir muddatda mablag‗larni foydali va kafilli omonatlarga 
quyilishini hal qiladi. Ko‗plab sug‗urta kompaniyalari o‗z mijozlariga qo‗shimcha 
to‗lov evaziga investitsion sarmoya polislarini bir fonddan ikkinchi fondga 
o‗tkazish imkoniyatlarini taqdim qiladi. Fondlar yunit ko‗rsatkichlarini har kun, 
har hafta, har oy o‗zgartirib turadi. Yunitlarning ikkala narxi moliya nashrlarida 
chop etiladi.
Masalan: 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə