O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Umrbod sug„urta bo„yicha asosiy sug„urta polislar



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

11.2. Umrbod sug„urta bo„yicha asosiy sug„urta polislar 
Umrbod polislarni ikkita asosiy jihat ajratib turadi: 
-
polis bo‗yicha sug‗urta summasi sug‗urta qildiruvchi shaxs o‗lganidan 
so‗ng to‗lanadi; 
-
sug‗urta mukofotlari muddatli sug‗urta holatidan ko‗ra yuqori bo‗ladi, 
chunki da‘vo albatta o‗ringa ega bo‗ladi. 
Bu doimiy polislar bo‗lib, yakunlanish muddati bilan chegaralanmaydi va 
ushbu polis bo‗yicha baribir pul to‗lanishi sababli u ssuda uchun durustgina 
ta‘minot bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Umrbod polislarning bir necha xil turlari 
mavjud. 
Daromadsiz umrbod polislar. 
Daromadsiz umrbod polislar uchun quyidagilar xosdir: 
-
amal qilish muddati davomida sug‗urta mukofotlari to‗lab borilishi; 
-
qayd qilib qo‗yilgan sug‗urta summasi. 
Ayrim polislarda 80 yoki 85 yoshdan keyin sug‗urta mukofotlari to‗lash 
ko‗zda tutilmaydi, lyokin agar bunday polisni shu yoshda xarid qilinadigan bo‗lsa, 
sug‗urta mukofotlari ancha unchalik yuqori bo‗lmaydi, chunki ular qisqa vaqt 
davomida to‗lanish ehtimoli katta. 
Daromadli umrbod polislar 
Polislarning ushbu turi daromadsiz umrbod polislarga o‗xshab ketadi va 
faqatgina polisda kelishib olingan va sug‗urta qildiruvchi o‗lganida to‗lanadigan 
qo‗shimcha bonuslar bilan farq qiladi. Sug‗urta mukofotlari shartnoma amal 
qiladigan butun muddat davomida to‗lanishi yoki u 80-85 yoshga etganda 
to‗xtatilishi mumkin. 
Arzon umrbod polislar
Polislarning ushbu turida o‗lim holatida kafolatlangan sug‗urta summasi, 
lyokin polisning amal qilish davri davomida bonuslar hisobiga yildan-yilga o‗sib 
boradigan va nihoyat, belgilangan paytga kelib kafolatlangan sug‗urta summasiga 
etadigan va undan ortib ham ketib ketadigan bazaviy sug‗urta summasi kichikroq 
bo‗lishini ko‗zda tutadi. O‗lim holatida sug‗urta to‗lovi o‗lim ro‗y bergan paytga 


144 
kelib to‗plangan katta summadan kelib chiqib belgilanadi. Sug‗urta mukofotlari 
oddiy daromadli umrbod polislar bo‗yicha sug‗urta mkofotidan kam.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə