O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə31/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Marketing 08972

Bozorni tadqiq qilish yo’nalishlari va sig’imini aniqlash metodikasi

Kompaniyalar, firmalar, korxonalar tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni ko’zlab, bozorni marketing nuqtai nazaridan o’rganish o’z oldiga maqsad qilib qo’yadilar. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi ishlab chiqarish va undan chiqadigan tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshishi kerak. Boshqarishning ma’muriy- buyruqbozlik va tovarlarning markaziy ta’minoti sharoitida bozorni o’rganish mohiyati o’z ma’nosini yo’qotadi.


Erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar keng bozor izlanishlari orqali o’z mahsulotlarini sotishni ta’minlaydi, uning natijalaridan ishlab chiqarish va sotish dasturi tuzishda asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bozorni o’rganish potentsial iste’molchilar ehtiyojlarini, ularning tovarlarga bo’lgan talablarini, talab motivini aniqlashga imkoniyat beradi, bu narsalar esa korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda katta rol o’ynaydi. Xaridorlarning iste’mol qilish texnologiyasini, ishlab chiqaruvchi tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyalarini tahlil qilish, kelajakdagi ehtiyojni prognozlash va bozorga yangi turdagi mahsulot taklif qilish imkoniyatii beradi. Bu tadbirlar sotish hajmini ortishiga va bozorning katta ulushiga egalik qilishiga yordam beradi.
Bozor tadqiqotining asosiy usuli - bozorni segmentlash asosida tizimli tahlil qilishdir. Marketing qarorlarini qabul qilishda kerakli samara va istalgan natijaga erishishda ahamiyatlidir. Bozorni o’rganish natijasida ikki xil axborot olinadi: miqdoriy - bozor sig’imi, bozorda firmaning ishi va uning raqobatchilari haqida va sifat xarakteridagi axborot - bozor strukturasi; sotilayotgan mahsulotning ehtiyojlarga, alohida iste’molchilar o’lchamlariga mos kelish darajasi; ularning sifat, turlariga qo’yiladigan talablari; iste’molchilar foydalanadigan moddiy resurslar haqida. Tadqiqot o’rganish samaradorligini ta’minlash bir qator tadbirlarni amalga oshirish: talab qilinadigan axborotlarni aniqlashda muhimligini baholash; axborot yig’ish manbalarini va tahlil usullarini tanlash; axborotni yig’ish va tahlil qilish, takomillashtirish yo’llarini izlash; izlanish va uning natijalarining samaradorligini nazorat qilishdan iborat bo’ladi.
Axborotlarning ob’ektivligi va aniqligi marketing samaradorligini aniqlaydi. Shuning uchun ham mashhur firmalar barcha mamlakat va bozorlarda axborot tizimlari tashkil qilishadi. Bu o’rinda Yaponiya firmasi «Mitsubisi»ning axborotlar tarmog’ini misol qilsak, u 14 ming mutaxassisga ega bo’lgan 120 dan ortiq chet el va 60 yapon idoralaridan iboratdir.
Marketing tamoyili asosida ishlovchi etakchi firmalarning (kompaniyalarning) tajribasi shuni ko’rsatadi-ki, tadqiqot - ishlarining samaradorligi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha olib borilganda oshadi:

  • bozor sig’imini aniqlash, bozor «ovqat» (ozig’i) ini topish;

  • xaridorlar amaliyotini, motivlarini, ularning hulq-atvorlarini tahlil qilish;

  • sotishning umumiy holatlarini tahlil qilish va uni prognozlash;

  • raqobatchilar strategiyasi va taktikasini o’rganish;

  • bozordagi raqobatning o’zini tahlil qilish.

Bozor o’lchamlapini aniqlash, firma o’zining har bir tovari uchun bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga yordam beradi. Bu tovar assortimenti va sotish dasturini rejalashtirishda qo’l keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, alohida tovarlar bozori kuchsiz raqobatning mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin bu narsa firma raqobatchilari faoliyatini o’rganishni keragi yo’q degani emasdir.
Tadqiqotlar quyidagi hollarda zarurdir:

  • mamlakat bozorida tovarlarni sotuvchi kompaniyalarni faoliyatini o’rganish uchun;

  • ishlab chiqarishni talabga ega bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishga o’zgartirish;

  • yangi mahsulot, boshqarishning yangi metodlariga o’tish bilan raqobatchilar kurashining kuchayish ehtimoli uchun;

  • tashqi bozordagi raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish maqsadida.

Marketing faoliyatining muhim ob’ekti - firma uchun yangi bozorlarni aniqlashdir. Alohida tovarlar va tovar guruhlari, alohida regionlar va mamlakatlar, ichki va tashqi bozorlar, kapital, ish kuchi, kimmatbaho qog’ozlar, xaridorlar va sotuvchilar bozorlari mavjud. Ular ichidan eng muhimi tashqi va ichki bozorlardir. Ichki bozor-bir mamlakat chegarasidagi tovar muomalasini o’z ichiga olsa, tashqi bozor-milliy davlat chegaralari ortidagi tovar muomalasi yig’indisidir. Ichki bozor ishtirokchilari mahalliy va chet el firmalari, korxona va tashkilotlari bo’lsa, tashqi bozor ishtirokchilari alohida mamlakatlar milliy chegarasidan tashqariga qiladigan tovar muomalasida ishtirok etadigan korxona, firmalardir, ya’ni bu bozor ma’lum bir mamlakatga nisbatangina tashqi hisoblanadi. Ichki va tashqi bozorlarning rivojlanish darajasi ular kon’yukturasi va sig’imiga bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, kon’yuktura bu - ma’lum davrdagi vaqt darajasi sharoitidagi talab va taklif nisbatidir.
Bozor kon’yukturasini va uning istiqbollarini etarlicha hisobga olmaslik, korxonalar uchun inqiroz, zarar, sinishga olib kelishi mymkin. Etarlicha miqdordagi buyurtmaning yo’qligi sababli «Konkord» dasturi bo’yicha samolyot ishlab chiqarish to’xtab qoldi, bundagi ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik ishlari uchun 2,5 mlrd. dollardan ko’p mablag’ sarflangan. Bozor kon’yukturasi bir-biri bilan uzviy o’zaro aloqadorlikda bo’lgan va unga bir vaqtda ta’sir qiluvchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik omillarga bog’liq bo’ladi, bu omillar kon’yunkturani to’ldirishi, kuchaytirishi yoki aksincha, susaytirishi mumkin. Bozor kon’yunkturasiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish, ilmiy-texnika taraqqiyoti, kapital va ishlab chiqarishning markazlashuvi, inflyatsiya, iqtisodning harbiylashuvi orqali ta’sir o’tkazish mumkin.
Omillarning bir qismi doimiy emas, shuning uchun kon’yukturaga epizodik ta’sir o’tkazadi. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
-ijtimoiy omillar, jumladan, ish tashlash, baykotlar, tabiiy ofatlar, beqaror siyosiy holatlar va boshqalar. Ma’lum bozorlar shartlari va hususiyatlariga bog’liq ravishda kon’yuktura hosil qiluvchi omillar soni o’zgaradi. Ularning kon’yukturaga o’tkazadigan ta’sir kuchi ham o’zgaruvchandir. Birgina omil turli xil sharoitlar va vaqt oralig’ida ma’lum bozorga va uning alohida sektorlariga turlicha ta’sir qiladi.
Mana shu sababdan kon’yukturani o’rganish faqatgina muhim va kerakli bo’lmay, balki murakkab hamdir. Bu ish turli usullarda o’z kuchlari bilan vositasi ixtisoslashgan firma va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyat natijalari mos keluvchi davrdagi kon’yunktura holati sifatida rasmiylashtiriladi. Kon’yuktura holatining kompleks tavsifnomasi unda o’z aksini topadi, asosiy yo’nalishlar, prognoz va uning rivojlanishi ta’kidlanadi. Kon’yukturani tadqiq qilish bozorning tovar bilan to’yinishi iqtisodiy samaradorligini hisoblash bilan yakunlanishi kerak. Bozorning turidan qat’iy nazar, iqtisodiy samaradorlik natijalar va xarajatlar nisbati bilan aniqlanadi.
Ichki bozor sig’imini hisoblashda boshqa omillar ham hisobga olinadi: to’lov qobiliyatiga ega talab, yil boshidagi tovar zaxiralari qoldig’i, tovarlar bozorining umuman (raqobatchilar tovarlari bilan ham) to’yinganligi, kishi boshiga o’rtacha iste’mol, korxonalar, tashkilotlar ehtiyojlari.
Milliy iqtisodiyot ayrim tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyalarini, ularning texnik va texnologik rivojlanish darajasi tashqi firma davlat va tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarini ham, shuningdek e’tiborga olish kerak. Muammoni nisbatan keng, har tomonlama va kompleks o’rganish kerak.
Firma o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, o’z tovarlarining bozordagi ulushini ortishiga harakat qilishi kerak, bu narsa shu bozordagi etakchilikka erishishning asosiy omilidir. Lekin bunda bozordagi ulushning ortishi bilan korxonalar ola-digan foyda o’rtasida uzviy aloqadorlik qonuniyati mavjud. Bu masalani amalga oshirish uchun bahoning pasayishi, tovar sifati-ning ortishi, yangi tovarlarni ishlab chiqish va joriy qilish, rek-lamani kengaytirish va umuman firma
«imidji»ni oshirishga yo’naltirilgan marketing faoliyatini kuchaytirish kerak.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə