O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/292
tarix04.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#82564
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   292
7-sinf Òzbekiston tarixi kitobi

Qozizoda Rumiy, 
G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug‘bek 
va uning 
shogirdi 
Alouddin Ali Qushchi
lar turli fanlardan dars 
berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni 
Shamsiddin 
Muhammad Xavofiy 
o‘qigan, darsda tolibi ilmlardan to‘qson 
nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay’at (astronomiya)dan 
darsni 
Qozizoda Rumiy 
bergan. Madrasada kamida 15–16 yil 
tahsil ko‘rib, uning dasturi bo‘yicha fanlarni to‘la o‘zlashtirgan 
va imtihonlarda o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga 
sanad 
(shahodatnoma) yozib berilgan.
O‘sha davrda Samarqandda Ulug‘bek madrasasidan tashqari 
Xonim, Qutbiddin Sadr va Muhammad Sadr madrasalari ham 
mavjud edi.  
Madrasa va xonaqoh tinglovchilari fanning turli sohalaridan 
ko‘pgina kitoblarni tahlil qilar edilar. Amir Temur va uning 
avlodlari saroylarida ko‘hna dunyo va o‘rta asrning noyob 
asar lari saqlanib kelayotgan boy kutubxonalari bor edi. Samar-
qandda Amir Temur va Ulug‘bekning, Hirotda Shohrux, Boy-
sung‘ur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning boy kutub-
xonalari ziyo tarqatish bilan mashg‘ul edi.
1
. Temur va Temuriylar davrida madrasa qanday vazifani bajar-
gan?

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə