P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


  Yuksak  nerv  faoliyatining  asosiy  qonuniyatlari



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   551
2 5463028049224140945

3.  Yuksak  nerv  faoliyatining  asosiy  qonuniyatlari

Yuksak nerv faoliyatining asosiy jarayonlari qo‘zg‘alish va tormozlanishdir. 

Bu jarayonlar betartib (xaotik ravishda)  ro‘y bermay,  ma’lum sabablar bilan 

yuzaga chiqadi,  nerv faoliyatining muayyan qonunlariga bo'ysunadi.



Qo‘zg‘alish

Bosh  miya  po'stida  qo'zg'alish  bo'lgandagina  shartli  reflekslar  hosil 

bo'ladi.

Yuqorida aytilganidek,  shartli refleks birdaniga hosil bo'lmaydi, balki 

shartli qo'zg'ovchining shartsiz qo'zg'ovchilar bilan bir necha marta birga 

takrorlanishi  natijasida  hosil  bo'ladi.  Lekin  bunda,  shartsiz  qo'zg'ovchi 

bilan  shartli  qo'zg'ovchining  birgalikdagi  ta’siridan  hosil  bo'lgan  nerv 

qo'zg'alishi  darrov  miya  po'stining  qandaydir  biron  markaziga joylash- 

may,  balki  katta yarim sharlarga  irradiatsiyalanadi,  ya’ni  tarqaladi,  yoyi- 

ladi.  Chunonchi,  itda  muayyan  balandlikdagi tovushga,  masalan,  do  to­

vushiga  (ya’ni  1024  tebranishda)  shartli  refleks  hosil  qilina boshlaganda, 

dastlab  bu  tovushning  o'zigina emas,  balki  har qanday balandlikdagi  to- 

vush  ham  itning  og'zidan  so'lak chiqaraveradi.  Demak,  bu  yerda  shartli 

qo'zg'ovchiga javoban  faqat  eshituv  markazining  biron  muayyan  nuqta- 

sida  bog'lanish  hosil  bo'libgina  qolmaydi:  bu yerda  miyaning shu  qismi- 

dan  tashqaridagi  yarim  sharlar sohasida  ham  bog'lanishlar hosil  bo'ladi. 

Qo'zg'alishning  tarqalishi  (irradiatsiyasi)  shartli  reflekslarning  umumiy- 

lashuviga  (generalizatsiyasiga)  olib  keladi.  I.  P.  Pavlov ta’limotiga ko'ra, 

yoyilish  (irradiatsiya)  jarayoni,  ayni  shuni  ko'rsatadiki,  ayrim  funksiya- 

laming  markazlari  miya  po'stining muayyan  qismlarida turgan  emas, bu 

markazlar bir-biridan  aniq  chegara bilan  ajralgan  emas.

Nerv  jarayonlarining  irradiatsiyasi  va  konsentratsiyasi  shartli 

qo'zg'ovchining  takrorlanish  soniga  bog'liq  bo'lishdan  tashqari,  yana 

qo'zg'ovchining  kuchiga  ham  bog'liq.  Sezgi,  idrok va tasawurlarimizdan 

ba’zi birlarini awal boshda  noaniq va mujmal bo'lishi kabi hodisalaming 

sababi  qo'zg'alishning  irradiatsiyasidir.  Qo'zg'alishning  konsentratsiyasi 

sezgi,  idrok va tasawurlarimizni aniq va ravshan qiladigan  mexanizmdir.

Tormozlanish

Tormozlanish  qo'zg'alish jarayonining  aksi  bo'lgan jarayondir.  Tor­

mozlanish jarayonlari  ham  qo'zg'alish jarayonlari  singari,  irradiatsiya va 

konsentratsiya  qonunlariga  bo'ysunadi.  Buning  ma’nosi  shuki,  tormoz­

lanish jarayoni yarim  sharlaming bir necha qismiga va  hatto butun  miya 

po'stiga yoyilishi yoki bosh miya po'stining qandaydir birontagina qismi­

ga turishi  (konsentratsiyalanishi)  mumkin.

l.P.  Pavlov  tormozlanish jarayonini  shartsiz  va  shartli  tormozlanish 

deb  ikkiga  ajratadi.





Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə